Tuychibaeva Nodira Miratalievnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Farmakorezistent tutqanoq kechishi, shakllanishining klinik-neyrofiziologik va molekulyar-genetik jihatlari», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tib85.
Ilmiy rahbar: Raximbaeva Gul`nara Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Alikulova Nigora Abdukadirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Chutko Leonid Semenovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Muxamedov Rustam Sultanovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: farmakorezistent tutqanoqning klinik-neyrofiziologik va molekulyar-genetik xususiyatlarini o‘rganish hamda farmakorezistent tutqanoqning prognostik biomarkerlarini aniqlash, davolashni optimallashtirish algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tutqanoq kasalligi farmokosensitiv va farmokorezistent kechgan o‘zbek millatiga mansub donorlar orasida R450 (CYP2C19 *2 va CYP2C19 *3ning A/C geni; SYP2C9, CYP3A) sitoxrom izfermentlarining polimorfizm genlari va R (1236 T/C va MDR1ning 3435 T/C geni) glikoprotein transportyor genlari genotipik variantlarining uchrash chastotasi va populyasion xususiyatlari aniqlangan;
ilk bor tutqanoq bilan og‘rigan bemorlarda TQVga bo‘lgan individual farmakologik javobning farmakokinetik va farmakogenetik parametrlari o‘rtasidagi korrelyasion o‘zaro bog‘liqlik aniqlangan xamda “sekin” va “tez” metabolizatorlarning genotiplari differensiyalangan;
boshlang‘ich terapiya sifatida ikkinchi darajali dorilarni qo‘llagan holda farmakorezistent tutqanoq bilan kasallangan bemorlarni havf guruhlari bo‘yicha personalizatsiyalangan stratifikatsiya ketma-ketligi ishlab chiqilgan;
tutqanoqni farmakorezistent kechishini shakllanishida epileptogenezning patogenetik xususiyatlarini belgilash imkonini beruvchi, tutqanoqning biologik markerlarini (klinik, neyrofiziologik, neyrovizual va boshqalar) aniqlashda integral differensial yondashuv takomillashtirigan;
aniqlangan farmakorezistentlikning tashxisiy va erta prognostik biomarkerlari asosida terapevtik, jarrohlik va al`ternativ (ketogenik parhez) davolanish usullari uchun nomzod-bemorlarni tanlab olish ketma-ketligi taklif qilingan;
tutqanoq bilan og‘rigan bemorlar menejmentiga personallashgan yondashuvning samaradorligini oshirishga qaratilgan tutqanoqning farmakorezistent kechishining og‘irlik darajasini, mul`tifaktorligini baholovchi matematik model taklif qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Farmakorezistent tutqanoqni davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Tutqanoqni farmakorezistent kechishini tashxislash algoritmi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 19 iyundagi 8n-d/145-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma farmakorezistent tutqanoqli bemorlarda klinik-patogenetik taxlilning zamonaviy holatini yaxshilash imkonini bergan;
«Tutqanoqda uyquni buzilishi. Klinik-diagnostik tamoyillari» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 19 iyundagi 8n-d/145-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma farmakorezistent tutqanoqli bemorlarda klinik-patogenetik tahlilning zamonaviy holatini yaxshilash imkonini bergan;
farmakorezistent tutqanoq kechishi, shakllanishining klinik-neyrofiziologik va molekulyar-genetik jihatlarini aniqlashga qaratilgan tadqiqot tizimli tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan 1-sonli shahar klinik shifoxonasi, Respublika «Ona va bola skrining» markazi, shuningdek, Samarqand shahridagi «INNOVA» ko‘p tarmoqli diagnostika klinikasi amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 13 iyuldagi 8n-z/78-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy etilishi tutqanoq tashxisini erta aniqlashga, diffirensiyalangan yondashuv xisobiga o‘tkaziladigan terapiya samaradorligini oshirishga, differensial va personalizatsiyalangan terapiyani takomillashtirishga imkon bergan.