Axmedov Ulug‘bek Baxodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oyoqning kesilish jaroxatida miyacha chuvalchangi alohida bo‘lakchalarining morfologik parametrlarini o‘rganish», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib829.
Ilmiy rahbar: Israilov Rajabboy, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Axmedova Sayyora Muxamadovna,tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Axmedov Shavkat Maxmudovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: itlarda orqa oyoq amputatsiyasidan keyin dinamikada miyacha chuvalchangi nishab, yaproq, tilcha (declive, folium, uvila) bo‘lakchalarida qayta tiklanish va o‘rin to‘ldirish jarayonlariga xos morfologik va morfometrik o‘zgarishlari xaqidagi ma’lumotlarni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
itlarda oyoq amputatsiyasidan keyin har xil davrlarda miyacha chuvalchangi nishab bo‘lagining qayta tiklanish va o‘rin to‘ldirish jarayonlariga xos morfologik va morfometrik o‘zgarishlar baholangan;
miyacha chuvalchangi yaproq bo‘lagi to‘qimasining oyoq amputatsiyasiga javoban morfologik va morfometrik o‘zgarishlar aniqlangan;
miyacha chuvalchangi tilcha bo‘lagi to‘qimasining oyoq amputatsiyasiga javoban morfologik va morfometrik o‘zgarishlarini asoslangan;
miyacha chuvalchangi nishab, yaproq va tilcha bo‘laklarida rivojlanadigan qayta tiklanish va o‘rin to‘ldirish jarayonlariga xos morfologik va morfometrik o‘zgarishlarning paydo bo‘lish davri va reparativ regeneratsiyani namoyon qiluvchi jihatlarning asl mohiyati aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oyoqning kesilish jarohatida miyacha chuvalchangi alohida bo‘lakchalarining morfologik parametrlarni baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Oyoq amputatsiyasidan so‘ng miyacha chuvalchangi tilcha (uvula) bo‘lagining morfologik va morfometrik o‘zgarishlarni o‘rganish usullari» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 6 iyuldagi 8n-d/86-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma amputatsiya operatsiyalarni boshidan kechirgan bemorlarga, asoratlari kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida zaruriy nazorat o‘rnatilishi va bemorlarning shifokorlar tomonidan berilgan tavsiyalarni to‘liq bajarishlarini ta’minlashga qaratilgan ko‘rsatmalar berish imkonini bergan;
oyoqning kesilish jarohatida miyacha chuvalchangi alohida bo‘lakchalarining morfologik parametrlarni baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Andijon davlat tibbiyot instituti shifoxonasi, Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi klinikasining amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 12 dekabrdagi 8n-d/230-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi miya chuvalchangi tilcha bo‘lakcha ganglionar, molekulyar va donador qavatlari morfometrik ko‘rsatkichlari tajriba dinamikasida sezilarli darajada, ya’ni, ganglionar qavat tajribani 21-kunida neyronlar 4,3 ta, qavat qalinligi 45,6 mkm, neyron diametri 32,4 mkm bo‘lsa, 90-kunda mos ravishda 7,3; 55,7 mkm, 51,6 mkmni tashkil qildi; molekulyar qavat mos ravishda 191,7 mkm, 75 ta, 6,6 mkm, 7,8 mkm; 90-kunda–192,7 mkm, 78ta, 8,2 mkm, 10,5 mkmni, donali qavati mos ravishda– 142,4 mkm, 4673,5ta, 8,4 mkm, 11,6 mkm, 9,4 mkm; 90-kunda – 120,4 mkm, 4122,6ta, 8,2mkm, 9,7 mkm, 6,6 mkmni tashkil qilishi bemorlarda kasalliklarning oldini olish va davolashning patogenetik usullarini ishlab chiqish imkonini bergan.