Qobilov Aziz Muxtorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Buxoro viloyati Qora-qir ko‘lidagi fitoplankton hamda makrofitlarni o‘rganish va ularni baliqchilikda qo‘llash biotexnologiyasi», 03.00.12 – Biotexnologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/B221.
Ilmiy rahbar: Bo‘riev Sulaymon Bo‘rievich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.V.72.02.
Rasmiy opponentlar: Alimjanova Xolisxon Alimjanovna, biologiya fanlari doktori, professor; Toxirov Baxtiyor Baxshilloevich,m biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qora-qir ko‘lining al`goflorasi va yuksak suv o‘simliklarining yetakchi turlarini aniqlash hamda istiqbolli turlaridan baliqchilikda foydalanishning biotexnologik usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qora-qir ko‘lida al`gofloraning 4 bo‘lim, 9 sinf, 19 tartib, 26 oila, 35 turkumiga mansub 139 turi, yuksak suv o‘simliklarining 16 ta oila, 24 turkumga mansub 34 ta turi aniqlangan;
Qora-qir ko‘lining gidrokimyoviy tarkibi va uning mavsumiy o‘zgaruvchanligi aniqlangan;
Shlorella vulgaris va Lemna minor larning al`gologik toza hujayrasi ajratib olingan va uni laboratoriya sharoitida suvlarni organo-mineral moddalardan tozalash darajalari asoslangan;
Shlorella vulgaris va Lemna minor larning turli oziqa muhitlarida ko‘payish va biomassa hosil qilish xususiyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro viloyati Qora-qir ko‘lidagi fitoplankton hamda makrofitlarni o‘rganish va ularni baliqchilikda qo‘llash biotexnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Shlorella vulgaris va Lemna minor ni samarador ko‘paytirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Buxoro viloyati baliqchilikka ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaliklari amaliyotiga joriy etilgan (“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasining 2020 yil 12 fevraldagi 08/163-son ma’lumotnomasi). Natijada, baliqchilik havzalarida o‘txo‘r baliqlar mahsuldorligi oshiruvchi zaruriy miqdordagi biomassa olish imkonini bergan;
ko‘llarni samarador baliqlashtirishda muntazam ravishda o‘tkazilib turilishi lozim bo‘lgan baliq turlari va me’yorlari bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Buxoro viloyati baliqchilikka ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaliklari amaliyotiga joriy etilgan (“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasining 2020 yil 12 fevraldagi 08/163-son ma’lumotnomasi). Natijada, baliqchilik havzalarida baliq mahsuldorligini gektariga 1,5–2 barobarga oshirish imkonini bergan;
Qora-qir ko‘lidagi kamayib ketayotgan fitoplankton organizmlar, ularni muhofaza qilish va ko‘paytirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Buxoro viloyati bo‘limi amaliyotiga joriy etilgan (Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2020 yil 19 fevraldagi 03-02/8-423-son ma’lumotnomasi). Natijada fitoplanktonlar hisobiga gektariga 4–5 dan 6–7 kg gacha ko‘p baliq olish imkonini bergan.