Umirov Nurbek Norbutaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyolar asosida neft` yoqilg‘ilarining fizik-kimyoviy xossalarini rostlovchi modifikatorlar olish texnologiyasi va amaliyotda qo‘llash», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/T1770. 
Ilmiy rahbar: Nurqulov Fayzulla Nurmuminovich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Muxiddinov Bahodir Faxriddinovich, kimyo fanlari doktori, professor; Tojiev Panji Jovlievich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: benzin va dizel` yoqilg‘ilarining sifat ko‘rsatkichlarini har tomonlama yaxshilaydigan tarkibida kislorod va azot saqlovchi ko‘p funksional modifikatorlar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy xomashyolar asosida, benzinning oktan sonini oshiruvchi OP-10, OP-11, OP-12, OP-13, OP-14 va dizel yoqilg‘isining setan sonini oshiruvchi UNDj-20 markali organik modifikatorlar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
mahalliy xomashyolar asosida sintez qilingan, oktan sonini oshiruvchi OP-10, OP-11, OP-12, OP-13, OP-14 va setan sonini oshiruvchi UNDj-20 organik modifikatorlarning oktan va setan sonini oshirish mexanizmi va ularning sinergetik ta’siri aniqlangan;
olingan alkilperoksid funksional guruhini tutgan modifikatorlar asosidagi OP-13 va OP-14 kompozisiyalarining o‘zaro sinergetik ta’siri avtomobil yoqilg‘isidagi oktan va dizel yoqilg‘isidagi setan sonini oshiruvchi qo‘shimchalar konsentratsiyalarining 10% dan 2% gacha kamayishi aniqlangan;
tarkibida kislorod va azot saqlagan ko‘p funksionalli A-18 va UNDj–20 modifikatorlari metall konstruksiyalarning korroziyaga barqarorligini 10–12% gacha oshirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy xomashyolar asosida  neft` yoqilg‘ilarini fizik-kimyoviy xossalarini rostlovchi modifikatorlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sintez qilingan Alan, A-18, UNDj-20 modifikatorlari «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJda metall konstruksiyalari va qo‘rilmalarida korroziyaga qarshi ingibitor sifatida ishlab chiqarishga joriy qilingan («Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJning 2019 yil 22 maydagi 705/GK-19-05-son ma’lumotnomasi). Natijada, Alan, A-18, UNDj-20 organik modifikatorlari gaz kondensatining 0,5% li H2SO4, N2S, CO2 va ammiakli suv muhitlarida St20 markali po‘lat konstuksiyalarining korroziyaga qarshi samaradorligini oshirish imkonini bergan;
tarkibida kislorod va azot saqlagan modifikatorlar olish texnologiyasi «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJda amaliyotga joriy qilingan («Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJning 2019 yil 22 maydagi 705/GK-19-05-son ma’lumotnomasi). Natijada, olingan modifikatorlardan foydalanib, neft`-gazni qayta ishlash zavodlari metall konstruksiya va qurilmalarining ekspluatatsion muddatlarini 10–12%ga uzaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish