Esanov Azamat Shernazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Golshtin genotipli tana va g‘unajinlarni parvarishlash hamda sermahsul sigirlar podasini takomillashtirish texnologiyasi», 06.02.03 – Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2. PhD/Qx611.
Ilmiy rahbar: Dosmuxamedova Muxayyo Xusnitdinovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, PhD.05/30.12.2019.Qx.13.02.
Rasmiy opponentlar: Nosirov Ubaydulla Nosrullaevich, Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Yuldashev Alo Askarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand Veterinariya medisinasi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi naslchilik fermer xo‘jaliklarida tana va g‘unajinlarni yo‘naltirilgan texnologiyada parvarishlash, ularning sermahsul sigirlar podasini shakllantirish, mahsuldorlik genetik potensialini yuzaga chiqarish, birinchi tuqqan mahsuldorligi yuqori lider sigirlarni tanlash va podaning “nasl yadrosi” hamda ishlab chiqarish guruhlarini ta’mirlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
naslchilik fermer xo‘jaliklarini jadal rivojlantirishda sermahsul podalar shakllantirilgan, sersut mollar tanlangan hamda ularning genetik mahsuldorlik imkoniyatlari aniqlangan;
tana va g‘unajinlarni jadallashtirilgan parvarishlash texnologiyalari ishlab chiqilgan;
16-18 oylik tana va g‘unajinlarning tirik vaznini 365-385 kilogrammgacha oshirish mexanizmi takomillashtirilgan;
birinchi tuqqan turli genotipli sigirlarning 305 kunlik sut sog‘imi 3700-4200 kilogrammga etkazilib, sigirlar podasi qayta ta’mirlangan;
import o‘rnini bosadigan eksportbop g‘unajinlar va birinchi tuqqan sigirlar guruhi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Golshtin genotipli tana va g‘unajinlarni o‘sish va rivojlanishi, birinchi tuqqan sigirlarni tirik vazni, sut mahsuldorligi va sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
sigirlarni sut mahsuldorligini oshirishga qaratilgan “Qora-ola golshtin zotli qoramollarni sut mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini takomillashtirish, mollarni urchitish, tanlash va saralash hamda mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha tavsiyanoma” ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 7 iyuldagi 02/23-978-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida buzoq va tanalarni tirik vazni tegishlicha 6-24 oyligida 287,2, 300,9 va 326,5 kilogrammni, shu bilan birgalikda birinchi tuqqan sigirlarni tirik vaznini 26-28 oyligida tegishlicha: 494,5, 513,5 va 512,5 kg bo‘lishini ta’minlagan va sut mahsuldorligi mos ravishda 3217,0; 3697,0; 4173 kilogrammni tashkil etgan;
birinchi tug‘im yuqori fenotipli guruhdagi sigirlarning mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini oshirish texnologiyasi Toshkent viloyati Qibray tumanidagi “Azizjon” naslchilik fermer xo‘jaligida joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 7 iyuldagi 02/23-978-son ma’lumotnomasi). Natijada xo‘jalik sharoitida iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichi bir so‘m xarajatga 1,41-2,10 so‘mdan daromad olingan va rentabellik darajasini 64-109 foizga oshirish imkoniyati yaratilgan;
qora-ola golshtin zotli birinchi tug‘um sigirlarini sut mahsuldorligini ularning yoshiga, tirik vazniga va fe’l-atvor ko‘rsatkichlariga bog‘liqlikda ko‘paytirish texnologiyasi Ohangaron tumanidagi “Xoji-Akbar” naslchilik fermer xo‘jaligida joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 7 iyuldagi 02/23-978-son ma’lumotnomasi). Natijada laktatsiyaning dastlabki, 90 kunida olingan sut miqdori, xo‘jalik ko‘rsatkichidan 195,9 kg ortiq bo‘lgan va olingan sof foyda 2497-2603 ming so‘m, rentabellik darajasi 55,2 foizni tashkil qilgan.