Rasulova Umida Yo‘ldosh qizining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «XX asr o‘zbek qissachiligi (poetik izlanishlar va taraqqiyot tamoyillari)», 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 2017.2.DSc/Fil/63.
Ilmiy maslahatchi: Karimov Bahodir Nurmetovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Normatov Umarali, filologiya fanlari doktori, professor; Yakubov Islamjon Axmedjanovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Sabirdinov Akbarali G‘afurovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: XX asr o‘zbek qissalarining shakllanishi jarayonidagi poetik izlanishlar, taraqqiyot tamoyillarini ko‘rsatib berishdan, xususan, qissa janriga oid bir guruh asarlarni adabiy jarayon kontekstida kuzatib, inson taqdiri, uning jamiyat bilan munosabati, olamu odam haqidagi konsepsiyasini ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XX asr o‘zbek qissachiligida yangi tipdagi obrazlar sistemasi, yangicha tasvir va bayon uslubi, syujet va kompozisiya qurilishidagi yangilanishlar dalillangan;
qissaning tarixiy, zamonaviy, biografik, hujjatli, satirik, fantastik kabi turlari hamda poetik ifoda usuli yangilangani asarning struktur-semiotik jihatlarini yoritish orqali ilmiy isbotlangan;
o‘zbek qissachiligida botiniy fojia va mag‘lubiyatda shaxsning ma’naviy kamoloti hamda zafari badiiy tajassum topganligi ochib berilgan;
modern qissalar poetikasida umuminsoniy g‘oyalar talqini yetakchiligi, ulardagi yangi poetik izlanishlar va janrdagi taraqqiyot tamoyillari yoritilgan;
XX asr qissalaridagi yangi uslub, yangi qahramon, ramziy timsollar talqini qiyosiy-tipologik usulda o‘rganilishi ilmiy-nazariy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
XX asr o‘zbek qissachiligi (poetik izlanishlar va taraqqiyot tamoyillari) masalasiga doir olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida:
xalq qissalaridagi ijtimoiy, madaniy sharoit, mumtoz asarlardagi obrazlar tizimida badiiy, falsafiy xususiyat, sharqona madaniyatni anglashda qahramon e’tiqodining o‘rni kabi ilmiy xulosalardan “F1-02 raqamli “Adabiyotshunoslik tarixining fundamental tadqiqi” (2012-2016) mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 16 iyundagi 89-03-2088-son ma’lumotnomasi). Natijada milliy, ma’naviy merosning tarkibiy qismi bo‘lgan xalq va mumtoz qissalarning adabiyotimiz tarixidagi o‘rni yoritilishiga asos bo‘lgan;
qissa janrining shakllanish jarayoni, turkiy xalqlar adabiyotidagi obrazlar tipologiyasi, shaxs ma’naviy, estetik mohiyatining jahon adabiyotidagi talqini, tarixiy va zamonaviy asarlardagi badiiy obrazning poetik xususiyati, qissalar tasnifi keltirilgan ilmiy xulosalardan FA-F1-G040 raqamli “O‘zbek adabiyoti qiyosiy adabiyotshunoslik aspektida: tipologiya va adabiy ta’sir” (2012-2016) mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 16 iyundagi 3-1255-1237-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek qissachiligida botiniy fojia va mag‘lubiyatda shaxsning ma’naviy kamoloti hamda zafari badiiy tajassum topganligiga doir nazariy xulosalar bilan boyitish imkonini bergan;
yangi uslub, yangi qahramon, ramziy timsollar talqini, tasvir usuli yaxlit monografik planda tadqiq etilgan ilmiy materiallardan A-1-118 raqamli ”Navoiy obrazining tasvir va talqinlariga oid o‘quv qo‘llanmasini tayyorlash va nashr etish” (2015-2017) mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 16 iyundagi 89-03-2088-son ma’lumotnomasi). Natijada yangi qahramon, timsollarning qissa poetikasida qo‘llanishi bo‘yicha aniq xulosaga kelish imkoni yaratilgan;
qissalarda qahramon mohiyati borasidagi ilmiy xulosalardan A-1-61 raqamli “Ko‘rish imkoniyati cheklangan talabalar uchun tilshunoslik fanlari bo‘yicha audiokitob ta’minotini yaratish” (2014-2016) mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 16 iyundagi 89-03-2088-son ma’lumotnomasi). Natijada til va adabiyot fanini o‘qitishning samarasi oshirilgan;
hozirgi qissalarda qahramon va davr munosabati, poetikadagi o‘zgarishlar xususidagi materiallardan “O‘zbekiston” telekanalida “Assalom, O‘zbekiston”, “Tilga e’tibor” ko‘rsatuvlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2020 yil 24 fevraldagi 102-9895-sonli ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuvlarning sifati oshib, zamonaviy qissalarning milliy ma’naviyatimizni boyitishdagi o‘rnini ko‘rsatishga erishilgan;
nosirlar badiiy mahorati, asar strukturasidagi an’anaviy hamda modern tasvirlar borasidagi muayyan tushunchalar singdirilgan ilmiy ma’ruzalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Nasr ijodiy kengashining yillik va istiqbolli rejalari doirasida 2016, 2019 yillardagi hisobot yig‘ilishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2020 yil 20 fevraldagi 01-03/292-son ma’lumotnomasi). Natijada modern qissalar poetikasidagi umuminsoniy g‘oyalar talqin etilib, ulardagi yangi poetik izlanishlar va janrdagi taraqqiyot tamoyillari belgilangan;
turkiy xalqlarning boy tarixi, umuminsoniy fazilat talqiniga doir xulosalar O‘zbekiston qozoq milliy madaniy markazida adabiy aloqalarni mustahkamlashga tatbiq etilgan (O‘zbekiston qozoq milliy madaniy markazining 2020 yil 10 mart ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek va qozoq xalqlarining ikki tomonlama madaniy, ilmiy munosabatlarini chuqurlashtirishga erishish imkoni yaratilgan;
qissa janri genezisi, takomili, poetikasidagi yangilanish, asar struktur, semiotik xususiyati ko‘rsatilib, turkiy xalqlar madaniyati, an’analari uyg‘unligi borasidagi ma’lumotlardan Turkiya Otaturk universiteti o‘zbek adabiyoti mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarda zarur bilim, malaka, va ko‘nikmalarni shakllantirish hamda takomillashtirish uchun foydalanilgan (Otaturk universitetining 2020 yil 28 fevraldagi ma’lumotnomasi). Natijada Otaturk universitetida “Adabiy jarayon”, “Hozirgi o‘zbek qissalari” kabi kurslar yuzasidan darslar tashkil qilish, sohaga oid qo‘llanma va uslubiy ko‘rsatmani ishlab chiqish bilan bog‘liq ishlar takomillashtirish imkonini bergan.