Kadirova Xalima Buvabaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi: «Qoraqalpoq xalqining milliy identiklik xususiyatlari»): 22.00.02 – «Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi sotsiologiyasi» (sotsiologiya fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Sots18. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/30.12.2018.S.23.02.
Ilmiy rahbar: Kalanov Komil Kulaxmatovich, sotsiologiya fanlari nomzodi, professor. 
Rasmiy opponentlar: Matibaev Taspolat Baltabaevich, sotsiologiya fanlari doktori, professor; Kamalova Xatira Sabirovna, sotsiologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jamiyatning yangilanishida qoraqalpoq xalqining milliy identikligining ijtimoiy xususiyatlarini asoslab berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Qoraqalpoq xalqi identikligining milliy, diniy, fuqarolik xususiyatlari, o‘zgarishlari va o‘zlikni anglash fenomenida jadal yuz berayotgan transformatsiyalashuv jarayonlari milliy qadriyatlarning tiklanishi va mustahkamlanishi, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularining yuksalishi negizida amalga oshirilayotganligi asoslangan;
Qoraqalpoq milliy identikligining turli qardosh xalqlar bilan hamjihatlikda kechayotgan etnomadaniy takomillashuv tendensiyasining ijtimoiy mohiyati milliy adabiyot, san’at, xalq fol`klori, shaharsozlikda aks etayotganligi, qoraqalpoq xarakterining etnomadaniy qiyofasi milliy yaxlitlik kasb etayotganligi sotsiologik tadqiqot natijalari orqali ochib berilgan;
Qoraqalpoqlarning Sharq xalqlariga xos bo‘lgan milliy va umuminsoniy qadriyatlarini o‘zida jamlagan «jamoaviylik», «keksalarga hurmat», «bolajonlik», «oilaviy munosabatlarda axloqiy fazilatlar ustuvorligi», «milliy merosga hurmat», «milliy g‘urur va iftixor an’analariga sodiqlik» fazilatlari qardosh xalqlar (o‘zbeklar, qozoqlar, turkmanlar va b.) bilan o‘zaro madaniy integratsiyalashuvi kontekstida yuz berib kelayotgani asoslangan;
zamonaviy qoraqalpoq xalqi identikligining ilm-fan, madaniyat, san’at, ijtimoiy hamda ekologik sohalardagi evolyusiyasi inson kapitalini rivojlantirish negizida amalga oshayotganligi, Qoraqalpog‘istonda ilmiy-ma’rifiy markazlar, universitetlar, turli ilmiy-tadqiqot institutlari barpo etilishi, industrlashuv tendensiyasining kuchayishi, sanoat korxonalari faoliyatining raqamli iqtisodiyot asoslariga ko‘chirilishi tarzida yuz berayotganligi asoslanib, ushbu jarayonlar xalq tafakkur tarzi, mentaliteti, xulq-atvoridagi pozitiv o‘zgarishlarni ta’minlayotganligi ochib berilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida amalga oshirilayotgan «lokal», «mintaqaviy» va «global» o‘zgarishlar qoraqalpoq tili, madaniyati, etnik yaxlitligi va milliy identikligini assimilyasiyalashuv asosida emas, balki qoraqalpoq xalqi etnomadaniy yaxlitligining mustahkamlanishi negizida yuz berayotgani jamoatchilik fikri natijalari orqali asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Qoraqalpoq xalqi identikligining milliy, diniy, fuqarolik xususiyatlari, o‘zgarishlari va o‘zlikni anglash fenomenida jadal yuz berayotgan transformatsiyalashuv jarayonlari milliy qadriyatlarning tiklanishi va mustahkamlanishi, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularining yuksalishi negizida amalga oshirilayotganligi «Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan o‘tkazilgan «Milliy o‘zlik» va «O‘zbekiston umumiy uyimiz» nomli sotsiologik tadqiqotlarda foydalanilgan («Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2019 yil 1 martdagi 01-16/74-son ma’lumotnomasi). Bu milliy identiklik xususiyatlarining turmush tarzi, dunyoqarash, milliy tafakkur, mentalitet va milliy qadriyatlarga ta’sirini asoslash imkoniyatini bergan; 
Qoraqalpoq milliy identikligining turli qardosh xalqlar bilan hamjihatlikda kechayotgan etnomadaniy takomillashuv tendensiyasining ijtimoiy mohiyati milliy adabiyot, san’at, xalq fol`klori, shaharsozlikda aks etayotganligi qoraqalpoq xarakterining etnomadaniy qiyofasi milliy yaxlitlik kasb etayotganligi aks etgan sotsiologik tadqiqot natijalaridan «Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan o‘tkazilgan «O‘zbekiston umumiy uyimiz» nomli sotsiologik tadqiqotda foydalanilgan («Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2019 yil 1 martdagi 01-16/74-son ma’lumotnomasi). Mazkur so‘rovnoma natijalari qoraqalpoq xalqining milliy, fuqarolik, diniy identikligini milliy adabiyot, xalq fol`klori, san’at, shaharsozlik omillari orqali ilmiy asoslab berishga xizmat qilgan; 
Qoraqalpoqlarning Sharq xalqlariga xos bo‘lgan milliy va umuminsoniy qadriyatlarini o‘zida jamlagan «jamoaviylik», «keksalarga hurmat», «bolajonlik», «oilaviy munosabatlarda axloqiy fazilatlar ustuvorligi», «milliy merosga hurmat», «milliy g‘urur va iftixor an’analariga sodiqlik» fazilatlari qardosh xalqlar (o‘zbeklar, qozoqlar, turkmanlar va b.) bilan o‘zaro madaniy integratsiyalashuvi kontekstida yuz berib kelayotgan jihatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 15 noyabrdagi PF-5876-son Farmonining 2-ilovasida belgilangan bandlar ijrosini ta’minlashga qaratilgan 2019-2021 yillarda Millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasining “Jamiyatda ko‘p millatli katta oila tuyg‘usini, respublikada istiqomat qilayotganlarni tarbiyalash, fuqarolarning teng huquqligini ta’minlash, ularning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik” III.3.11,3.17-bandi ijrosini ta’minlashda  foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2019 yil 18 martdagi 01-09-394-son buyrug‘i). Bu qoraqalpoq milliy identikligining etnomadaniy jihatlari dinamikasidagi milliy va umuminsoniy qadriyatlarni ilmiy asoslab berish imkonini bergan;
zamonaviy qoraqalpoq xalqi identikligining ilm-fan, madaniyat, san’at, ijtimoiy hamda ekologik sohalardagi evolyusiyasi inson kapitalini rivojlantirish negizida amalga oshayotganligi Qoraqalpog‘istonda ilmiy-ma’rifiy markazlar, universitetlar, turli ilmiy-tadqiqot institutlari barpo etilishi industrlashuv tendensiyasining kuchayishi, sanoat korxonalari faoliyatining ilmiy asoslarga ko‘chirilishi tarzida yuz berayotganligi asoslanib, ushbu jarayonlar xalq tafakkur tarzi, mentaliteti, xulq-atvoridagi pozitiv o‘zgarishlarni ta’minlayotganligi hamda ularning o‘zgarishi tendensiyalaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan 2019 yil 1 fevralda tasdiqlangan ish rejasining 1.2,2.10-bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2019 yil 2 avgustdagi 2-02/1524-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi turli xil davra suhbatlari, seminar va targ‘ibot-tashviqot ishlarida hududga innovatsion faol ishlanmalarni jalb etishga qaratilgan loyihalarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida amalga oshirilayotgan «lokal», «mintaqaviy» va «global» o‘zgarishlar qoraqalpoq tili, madaniyati, etnik yaxlitligi va milliy identikligini assimilyasiyalashuv asosida emas, balki qoraqalpoq xalqi etnomadaniy yaxlitligining mustahkamlanishi negizida yuz berayotgani jamoatchilik fikrini natijalari orqali asoslab berilgani Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining «Milliy g‘oya va mafkuraviy tadqiqotlarni tashkil qilish» bo‘limida 2016 – 2018 yillarda amalga oshirilgan amaliy tadqiqotlar davlat grantlari loyihasi doirasida: A 1-071 shifrli «Murakkab va tahlikali zamonning ma’naviy tahdidlarga qarshi mafkuraviy kurash vositalari kompleksini ishlab chiqish va joriy qilish» mavzusidagi davlat grantini amalga oshirishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 9 oktyabrdagi 02-09-1366-son ma’lumotnomasi). Mazkur grant loyihasida «identiklik» va «milliy identiklik» tushunchalarini sotsiologik anglashning lokal, mintaqaviy va global xususiyatlari yuzasidan chiqarilgan xulosalar milliy g‘urur va ajdodlar merosidan faxrlanish tuyg‘ularini yuksaltirish, aholi o‘rtasida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish