Bozorov Kamoliddin Sheralievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Irrigatsiya eroziyasiga uchragan bo‘z tuproqlar sharoitida kuzgi bug‘doy etishtirishda resurstejamkor agrotexnologiyalar samaradorligini asoslash”, 06.01.01 – Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.1.PhD/Qx175.
Ilmiy rahbar: Mo‘minov Komil Mo‘minovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand veterinariya medisinasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05.30.12.2019.Qx/B.42.01.
Rasmiy opponentlar: Salomov Shavkat Turobovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Hoshimov Ibroxim Nabievich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Samarqand viloyatining irrigatsiya eroziyasiga uchragan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida tuproqqa asosiy ishlov berishning maqbul usuli va chuqurligini o‘tkazish hamda mineral o‘g‘itlarni tabaqalashtirib qo‘llash orqali, tuproq va oziqa moddalarni yuvilishdan saqlash, kuzgi bug‘doy don hosili va sifatini oshirishni ta’minlaydigan resurstejamkor agrotexnologiyalar samaradorligini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Samarqand viloyatining irrigatsiya eroziyasiga uchragan tipik bo‘z tuproqlarning agrofizikaviy, agrokimyoviy va mikrobiologik xususiyatlariga tuproqqa asosiy ishlov berish usullari, chuqurligi va mineral o‘g‘itlar me’yorlarini tabaqalashtirib qo‘llashning ta’siri aniqlangan;
tuproqqa ishlov berish usullari, chuqurligi va mineral o‘g‘itlar me’yorlarini tabaqalashtirib qo‘llashning irrigatsiya eroziyasiga uchragan tipik bo‘z tuproqlarning unumdor qatlami va ular bilan oziqa elementlarining yuvilishini oldini olishga ta’siri aniqlangan;
irrigatsiya eroziyasiga uchragan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida kuzgi bug‘doy urug‘larining unib chiqishi, o‘sib rivojlanishi, ildiz tizimini tuproq qatlamlari bo‘yicha tarqalishi, begona o‘tlar bilan ifloslanishining kamayishi, yuqori va sifatli don hosili etishtirish uchun eng maqbul sharoitni ta’minlovchi tuproqqa ishlov berish usuli, chuqurligi va mineral o‘g‘itlarni tabaqalashtirib qo‘llashning resurstejamkor agrotexnologiyasi samaradorligi asoslangan;
kuzgi bug‘doy etishtirishda qo‘llanilgan resurstejamkor agrotexnologiyalarni iqtisodiy samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Irrigatsiya eroziyasiga uchragan bo‘z tuproqlar sharoitida kuzgi bug‘doydan yuqori va sifatli don hosili etishtirishda resurstejamkor agrotexnologiyalar samaradorligini asoslash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun «Irrigatsiya eroziyasiga uchragan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida kuzgi bug‘doy etishtirishda resurstejamkor agrotexnologiyalarni qo‘llash» bo‘yicha tavsiyanoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 21 yanvardagi 02-021-199-son ma’lumotnomasi). Bugungi kunda ushbu tavsiyalar Samarqand viloyatining irrigatsiya eroziyasiga uchragan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
tuproqqa turli usullarda, chuqurlikda ishlov berish va mineral o‘g‘itlarni tabaqalashtirib qo‘llash texnologiyalari Samarqand viloyatining Bulung‘ur (36,6ga), Jomboy (60,3 ga) va Pastdarg‘om (136,3 ga) tumanlarida, jami 233,2 gektar maydonlarda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 21 yanvardagi 02/021-199-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida tuproqlarni yuvilishi 4,67 t/ga kamayib, tuproqdagi gumus miqdori 0,002-0,003% ga, nitratli azot 3,5-4,4; harakatchan fosfor 2,8-3,6 va almashinuvchan kaliy miqdori 26-32 mg/kg ga ortishi, tuproq hajm massasini 0,03-0,05 m3/ga kamayishi, g‘ovaklikni 2,2-3,4% va suv o‘tkazuvchanligini 38-46 m3/ga yuqori bo‘lishi ta’minlangan;
irrigatsiya eroziyasiga uchragan bo‘z tuproqlar sharoitida tuproqqa kontur usulida 32-35 sm chuqurlikda ishlov berib, mineral o‘g‘itlarni dalaning tuprog‘i yuvilmagan qismida N200P140K100, kuchli yuvilganida N240P168K120 va oqova to‘plangan maydonlarda N100P70K50 kg/ga me’yorlarda tabaqalashtirib qo‘llash asosidagi resurtejamkor agrotexnologiya 48,7 gektar maydonga joriy etilgan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 21 yanvardagi 02/021-199-son ma’lumotnomasi). Natijada, kuzgi bug‘doydan eng yuqori hosildorlik 58,6-60,2 s/ga, 1909930-2005186 so‘m/ga sof foyda olishni ta’minlab, rentabellik darajasi 37,1-37,2 % ni tashkil etgan;
begona o‘tlar bilan, ayniqsa, ularning ko‘p yillik turlari bilan kam ifloslangan erlarda mineral o‘g‘itlar me’yorlarini tabaqalashtirib qo‘llash va chizel bilan 15-18 sm chuqurlikda asosiy ishlov berishning resurstejamkor texnologiyasi 184,5 gektar maydonga joriy etilgan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 21 yanvardagi 02/021-199-son ma’lumotnomasi). Natijada, kuzgi bug‘doydan eng yuqori hosildorlik 57,4-61,2 s/ga, 1908920-2006194 so‘m/ga sof foyda, rentabellik darajasi 36,3-37,1 % ni tashkil etgan. Buning natijasida suv va mineral o‘g‘itlar 25-30 % ga tejalib, har bir gektar hisobiga o‘rtacha 39,2-43,1 s/ga qo‘shimcha don hosili, 1232350-1309249 so‘m/ga sof foyda olinib, rentabellik darajasi 21,4-22,5 foizga ortgan.