Rahimov G‘ulom Yuldashovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zarafshon vohasi sharoitida urug‘lik lavlagini etishtirishning ilmiy asoslari”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Qx248.
Ilmiy rahbar: Botirov Xidir Fayzievich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand  davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05.30.12.2019.Qx/B.42.01.
Rasmiy opponentlar Tellyaev Rixsivoy Shamaxamadovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Rabbimov Abdulla Rabbimovich, qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Zarafshon vohasi sharoitida xashaki lavlagining O‘zbekiston-83 navi urug‘larini ekib, yangi urug‘lik hosili etishtirishda  ekish muddati, me’yori va tup sonining urug‘lik hosildorli- giga ta’sirini aniqlash va ishlab chiqarishga tavsiya berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Zarafshon vohasining tuproq-iqlim sharoitida davlat reestriga kiritilgan O‘zbekiston-83 xashaki lavlagi navini ko‘chatsiz, urug‘idan turli muddat va me’yorlarda etishtirishning o‘simlik tup soniga ta’sirchanligi asosida yuqori urug‘ hosili etishtirishni ta’minlaydigan nav agrotexnikasi takomillashtirilgan; 
ekish muddati, me’yori va tup sonini maqbullashtirilishi natijasida eng yuqori urug‘ hosili olish hamda samaradorlik ko‘rsatkichlarini ta’minlaydigan tavsiyalar ishlab chiqilgan;
o‘rganilgan omillar ta’sirida xashaki lavlagining o‘sishi, rivojlanishi, meva va urug‘larning shakllanishi, o‘simlik massasi, hosil strukturasi baholangan va urug‘ hosildorligini oshirish mumkinligi isbotlangan;
urug‘lik lavlagini qisqa muddatda, urug‘idan resurstejamkor usulda ekish muddati, me’yori, maqbul tup sonida etishtirish agrotexnikasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Zarafshon vohasi sharoitida urug‘lik lavlagini urug‘idan ekib resurstejamkor yuqori va sifatli urug‘lik hosili etishtirish agrotexnikasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida: 
fermer xo‘jaliklariga qo‘llanma sifatida, «Xashaki lavlagidan ko‘chatsiz usulda urug‘ olish samaradorligi» bo‘yicha tavsiyanoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 25-noyabrdagi №02/02-3868-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma xashaki lavlagi etishtiruvchi va uning urug‘chiligi bilan shug‘ullanuvchi ko‘p tarmoqli fermer va chorvachilik xo‘jaliklarida qo‘llanma sifatida foydalanilmoqda;   
Zarafshon vohasining sug‘oriladigan o‘tloqi-bo‘z tuproqlari sharoitida xashaki lavlagi urug‘ini urug‘lik etishtirish uchun ekishning eng maqbul muddati, ya’ni, sentyabr` oyining birinchi o‘n kunligi davrida, 1 metr qator orasiga 20 dona ishlab chiqilgan va joriy etilgan  (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 25 noyabrdagi №02/02-3868-son ma’lumotnomasi). Bu me’yorda ekilganda o‘simliklar noqulay iqlim sharoitida 90,0-91,0% saqlanishi, urug‘liklarni 16-23 kunga erta etilishi, hosilning o‘rtacha 6,3-8,5 s/ga ortishi kuzatilgan va iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari 114,0 foizni tashkil etgan;  
resurstejamkor ko‘chatsiz, urug‘idan ekib yangi urug‘lik olish agrotexnikasi Navoiy viloyatining Xatirchi tumanidagi “Bahriddin ota” fermer xo‘jaligida 5 gektar, Jizzax viloyati G‘allaorol tumani “Abbos Doniyorovich” fermer xo‘jaligida 4 gektar, Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani “Sardorbek, Akram, Abdug‘ani” fermer ho‘jaligida 6 gektar, Tayloq tumani “Sabzavot-poliz ekinlari va kartoshkachilik ITI ning tajriba stansiyasida 8 gektar, jami 23 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 25 noyabrdagi №02/02-3868-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida fermer xo‘jaliklarida xashaki lavlagi urug‘lari ko‘chatsiz usulda etishtirilganda qo‘l mehnati va sarf-harajatlar 2-3 hissaga qisqargan va 26,4-27,5 s/ga urug‘ hosili olishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish