Pirniyazov Qudrat Qadambaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Askorbat xitozan Bombyx mori sintezi, xossalari va qo‘llanishi», 02.00.06 – Yuqori molekulyar birikmalar (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/K194.
Ilmiy rahbar: Rashidova Sayyora Sharafovna, kimyo fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.K/FM/T.36.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamediev Muxtar Ganievich, kimyo fanlari doktori, professor; Rafikov Adxam Salimovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Bioorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: askorbat xitozan Bombyx mori sintezi, reaksiya kinetikasi, tuzilishi va biologik faolligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Bombyx mori xitozani va askorbin kislotasi asosida suvda eruvchan askorbat xitozan namunalari sintez qilingan, fizik va fizik-kimyoviy tadqiqot usullari yordamida kinetik va struktura xarakteristikalari aniqlangan;
askorbat xitozanning xossalari xitozanning molekulyar tuzilishi, konsentratsiyasi, reaksiyaning rN muhiti, ta’sirlashish vaqtiga bog‘liqligi aniqlangan; 
ilk bor askorbat xitozanning molekulyar modeli HyperChem 8.0 dasturi asosida modellashtirilgan;
ilk bor askorbat xitozan olishning optimal sharoitlari aniqlangan va uning qishloq xo‘jalik o‘simliklarining o‘sishini jadallashtiruvchi hamda patogen zamburug‘ va bakterialarga qarshi kurashuvchi preparat sifatida biologik faollikga ega ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Askorbat xitozan sintezi va uning asosida biologik faol preparat olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
askorbat xitozan preparati bilan qishloq xo‘jalik ekinlari g‘o‘za, bug‘doy va soya urug‘larini ekishdan oldin ishlov berishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 3 iyuldagi 02/021-2018-son ma’lumotnomasi). Natijada qishloq xo‘jalik ekinlarining bir tekisda unib chiqishiga, o‘sishiga, rivojlanishiga va yuqori hosil olishga erishish hamda amaliyotga joriy qilish imkonini bergan;
askorbat xitozan preparati “O‘zbekiston-5” va “O‘zbekiston-6” navli ipak qurtlarini va ularning ozuqalarini ishlov berishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik uyushmasining 2020 yil 23 iyuldagi 2-1/1449-son ma’lumotnomasi). Natijada ipak qurtining yashovchanligini, hosildorligini oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish