Ikromov Nozim Muzrapovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qadimgi Baqtriya kaviyligi», 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tar462.
Ilmiy rahbar: Shaydullaev Shopo‘lat Bozorovich, tarix fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019. Tar.78.02
Rasmiy opponentlar: Eshov Bahodir Jo‘raevich, tarix fanlari doktori, professor; Abdullaev O‘tkir Ismailovich, tarix fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qadimgi Baqtriya davlatida kechgan tarixiy va madaniy jarayonlarni hamda uning Markaziy Osiyo xalqlari madaniy hayotida, etnik tarixida tutgan o‘rnini yozma va arxeologik manbalar asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk Kaviylar mamlakati Sharqiy Eron va Qadimgi Baqtriya hududlarida shakllanganligi asoslangan;
“Avesto”da keltirilgan “sastar” va “daxiyu” atamalari arxeologik va yozma manbalar qiyosiy tahlili asosida sug‘orilish rayoni va dehqonchilik o‘lkasi  sifatida e’tirof etilib, ularning Baqtriyadagi joylari lokalizatsiya qilib berilgan; 
Qadimgi Baqtriyani Kaviy titulidagi hukmdorlar boshqarganligi hamda bu uyushma Baqtriya Kaviyligi daxiyularning o‘zaro konfederatsiyasi natijasida shakllanganligi asoslab berilgan;
Qadimgi Baqtriyani Ahamoniylar davlatiga qo‘shib olinishi va uni satraplikka aylantirilishi natijasida Kaviy tituli davlat boshqaruvida boshqa qo‘llanilmaganligi ko‘rsatib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qadimgi Baqtriya kaviyligiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Qadimgi Baqtriya davlatining ma’muriy tuzilishi “Avesto”da uchraydigan sastar, daxiyupatidan iborat ekanligi, boshqaruvda daxiyular daxiyupatisi - “Kaviy” atamalari qo‘llanilganligi haqidagi ma’lumotlar Termiz arxeologiya muzeyi bronza va ilk temir davri ekspozisiyalarini shakllantirishda va ilmiy tavsiflashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2020 yil 18 iyundagi 01-12-10-2302-son ma’lumotnomasi). O‘zbekiston tarixi, shu jumladan, Qadimgi Baqtriyaning bronza va ilk temir davriga oid ushbu ma’lumotlar tashrif buyuruvchilarda qadimgi ajdodlarimizning tarixi va diniy qarashlari bo‘yicha bilimlarni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi;
Ilk Kaviylar mamlakati Sharqiy Eron va Qadimgi Baqtriya hududlarida shakllanganligi asoslanib, Qadimgi Baqtriyani Kaviy titulidagi hukmdorlar boshqarganligi hamda bu uyushma Baqtriya Kaviyligi daxiyularning o‘zaro konfederatsiyasi natijasida shakllanganligi asoslab berilganligi, mahalliy Kaviy tipidagi davlatlar va Kaviy tituli Ahamoniylarning bosqini va ularning davlat boshqaruvi – satrapliklarning kirib kelishi natijasida boshqaruvda qo‘llanilmaganligi haqidagi ma’lumotlar “O’zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2020 yil 20 fevraldagi 02-10-401-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalari tomoshabinlarga ilk davlatchilik tarixi, qadimgi Baqtriya davlati boshqaruv tizimi haqida yangi ma’lumotlar berishi bilan birga, yoshlarimiz ongiga milliy g‘urur, milliy iftixor, Vatanga sadoqat tuyg‘ularini singdirishda xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish