Muminov Sherzod Xolmirzaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bozor mexanizmlari asosida suv xo‘jaligi tizimini moliyalashtirish metodologiyasini takomillashtirish”. 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Iqt244.
Ilmiy maslahatchi: Burxanov Aktam Usmanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik; Olimjonov Odil Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Toshmurodova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bozor mexanizmlari asosida suv xo‘jaligi tizimini moliyalashtirish metodologiyasini takomillashti¬rish¬ bo‘yicha taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suv xo‘jaligi tashkilotining me’yoriy ekspluatatsiya xarajatlari, foydasi, sug‘orish tizimlarining foydali ish koeffisienti va iqtisodiyot tarmoqlarida ishlatilayotgan suv hajmi ko‘rsatkichlari asosida suv tarifi miqdorini aniqlash usuli takomillashtirilgan;
erlarning tuproq bonitet balli va undan kelib chiquvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining me’yoriy foydasi, suv iste’molchisining suv olish bosh nuqtasiga nisbatan joylashuvi, suvning minerallashuv darajasi ko‘rsatkichlari asosida sug‘orish suvini etkazib berish xizmati uchun to‘lov miqdorini aniqlash uslublari ishlab chiqilgan;
suv xo‘jaligi tashkilotlarining ekspluatatsiya xarajatlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar mahalliy byudjetlari va tumanlar byudjetlari mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish tizimiga o‘tish orqali respubliki byudjeti xarajatlari yukini kamaytirish va optimallashtirish taklif etilgan;
suv xo‘jaligi tashkilotlarining sug‘orish suvini etkazib berish xarajatlarini suv iste’molchilari tomonidan qoplash tartibini joriy etish asosida xo‘jalik hisobidagi tuman Suv xo‘jaligi bo‘limlarini tashkil etish tavsiya etilgan;
suv iste’molchilariga haqiqatda olgan suv hajmining ekinlarni sug‘orish me’yoriga nisbatan ishlatilganlik darajasiga qarab, sug‘orish suvini etkazib berish xizmati uchun to‘lovning bir qismini qoplash bo‘yicha subsidiya ajratish mexanizmi taklif etilgan;
agrosanoat klasterlari hududida joylashgan suv xo‘jaligi tashkiloti balansidagi suv xo‘jaligi aktivlarini konsessiya shartnomasi asosida moliyalashtirish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik mexanizmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bozor mexanizmlari asosida suv xo‘jaligi tizimini moliyalashtirish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
suv xo‘jaligi ekspluatatsiya tashkilotining suv tarifi va unga ta’sir etuvchi asosiy omillardan kelib chiqqan holda sug‘orish suvini etkazib berish xizmati uchun to‘lov miqdorini aniqlash bo‘yicha metodologik yondashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 oktyabrdagi “Suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4486-son Qarorining 1-bo‘lim, a-bandi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6024-son Farmonining 1-ilovasi, 5-bobi, 5.7-bandida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 17 iyuldagi 06/11-01-10/10-92-son hamda Sirdaryo-So‘x ITHBning 2020 yil 29 maydagi 02/589-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklifni amaliyotga tadbiq etish natijasida Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida faoliyat yuritayotgan 308 ta qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchi sub’ektlar va 3,5 ming gektar maydonda dehqonchilik qilayotgan tomorqa xo‘jaliklari kesimida sug‘orish suvini etkazib berish xizmati uchun to‘lov miqdorini belgilash va baholash imkoni tug‘ilgan;
suv xo‘jaligi tashkilotlarining ekspluatatsiya xarajatlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar mahalliy byudjetlari va tumanlar byudjetlari mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish tizimiga o‘tish orqali respublika byudjeti xarajatlari yukini kamaytirish va optimallashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi PQ-4086-son Qarorining 34-bo‘limi, v-bandida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 17 iyuldagi 06/11-01-10/10-92-son hamda Sirdaryo-So‘x ITHBning 2020 yil 29 maydagi 02/589-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklifni amaliyotga tadbiq etish natijasida 2019 yilda Farg‘ona viloyati bo‘yicha jami 43 477,0 mln. so‘m suv xo‘jaligi tashkilotlarining ekspuluatatsiya xarajatlari viloyat mahalliy byudjeti va tumanlar byudjetlari mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan hamda 2019 yil respublika bo‘yicha 3 trln. so‘mga yaqin suv xo‘jaligi tashkilotlarining ekspuluatatsiya xarajatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar mahalliy byudjetlari va tumanlar byudjetlari mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan;
suv xo‘jaligi ekspluatatsiya tashkilotlarining sug‘orish suvini etkazib berish xarajatlarini suv iste’molchilari tomonidan qoplash tartibini joriy etish asosida xo‘jalik hisobidagi tuman Suv xo‘jaligi bo‘limlarini tashkil etish tavsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 iyundagi «Qishloq xo‘jaligida er va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5742-son Farmonining 1-ilovasi, 2-bandi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 oktyabrdagi “Suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4486-son Qarorining 1-bo‘lim, a-bandida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 17 iyuldagi 06/11-01-10/10-92-son hamda Sirdaryo-So‘x ITHBning 2020 yil 29 maydagi 02/589-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklifni amaliyotga tadbiq etish natijasida respublika suv xo‘jaligi tashkilotlari ekspluatatsiya xarajatlarining 85 foizdan ortig‘i suv iste’molchilari tomonidan qoplanishi iqtisodiy asoslangan hamda Toshloq tuman irrigatsiya bo‘limi ekspluatatsiya xarajatlari to‘liq, shuningdek, Sirdaryo-So‘x ITHB huzuridagi Melioratsiya ekspedisiyasining 133,8 mln. so‘m yoki 2,9% hamda Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasining 1 115,0 mln. so‘m yoki 0,65% ekspluatatsiya xarajatlari suv iste’molchilari tomonidan moliyalashtirilib, pirovardida, jami 2 666,6 mln. so‘m miqdorda, shundan 1 248,8 mln. so‘m viloyat mahalliy byudjeti va 1 417,8 mln. so‘m tuman byudjeti mablag‘larini tejash imkonini bergan;
suv iste’molchilariga haqiqatda olgan suv hajmini ekinlarni sug‘orish me’yoriga nisbatan ishlatganlik darajasiga qarab sug‘orish suvini etkazib berish xizmati uchun to‘lovning bir qismini qoplash bo‘yicha subsidiya ajratish mexanizmi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 iyundagi «Qishloq xo‘jaligida er va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5742-son Farmonining 1-ilovsi, 2-bandida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 17 iyuldagi 06/11-01-10/10-92-son ma’lumotnomasi, Sirdaryo-So‘x ITHBning 2020 yil 29 maydagi 02/589-son dalolatnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga tadbiq etish natijasida respublika bo‘yicha qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish uchun ishlatiladigan suvning o‘rtacha 2 marta va undan ortiq darajada tejalishi iqtisodiy asoslangan hamda Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida faoliyat yuritayotgan 308 ta qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchi sub’ektlarda paxta etishtirish bo‘yicha haqiqatda ishlatilgan suv hajmi ekinlarni sug‘orish me’yoriga nisbatan 20%dan ortiq, meva etishtirish bo‘yicha – 40%gacha va sabzavot etishtirish bo‘yicha – 30%dan ortiq tejash imkoniyatini yaratgan;
agrosanoat klasterlari hududidagi suv xo‘jaligi tashkiloti balansidagi suv xo‘jaligi aktivlarini konsessiya shartnomasi asosida moliyalashtirish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik mexanizmi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 oktyabrdagi “Suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4486-son Qarorining 1-bo‘lim, b-bandi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6024-son Farmonining 1-ilovasi, 5-bobi, 5.8-bandida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 17 iyuldagi 06/11-01-10/10-92-son ma’lumotnomasi, Sirdaryo-So‘x ITHBning 2020 yil 29 maydagi 02/589-son dalolatnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga tadbiq etish natijasida respublika suv xo‘jaligi tashkilotlari ekspluatatsiya xarajatlari kamida 15 foizga qisqargan, 2019 yilda 845,1 mln. so‘mlik Farg‘ona viloyati mahalliy byudjeti mablag‘lari tejalgan va Sirdaryo-So‘x ITHB huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi hamda Melioratsiya ekspedisiyasi ekspluatatsiya xarajatlari 15,8 foizga qisqargan.