Shaxidova Dilbar Nematovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Poliakrilonitril asosidagi yangi anionitlarning fizik-kimyoviy xossalari», 02.00.04 – Fizik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/K36. 
Ilmiy rahbar: Gafurova Dilfuza Anvarovna, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03
Rasmiy opponentlar: Ro‘zimurodov Olim Narbekovich, kimyo fanlari doktori, dotsent; Trobov Xamza Tursunovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: poliakrilonitril asosida anionit, polikompleksonlar olinishi va xossalarining fizik-kimyoviy jihatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor polietilenpoliamin va dixloretan bilan poliakrilonitril tolasini ketma-ket modifikatsiyalab tarkibida kuchli asos guruhlari tutgan anionitlar olishning kinetik parametrlari aniqlangan va maqbul sharoitlari topilgan;
ilk bor polietilenpoliamin bilan modifikatsiyalangan poliakrilonitril tolasining amin guruhlarini monoxlor sirka kislota bilan o‘zaro ta’sirlashishining kinetik jihatlari aniqlangan;
PAN ni PEPA bilan modifikatsiyalash jarayonida aylanish darajasi ortishi bilan polimerni ustki molekulyar tuzilishi o‘zgarishi, ya’ni kristall xolatdan amorf xolatga o‘tishi isbotlangan;
anionitlarga xrom (VI) va polikompleksonlarga mis (II) ionlari yutilishining kinetik hamda termodinamik parametrlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Poliakrilonitril asosidagi yangi ionitlarning fizik-kimyoviy xossalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tolasimon sorbentlar yordamida ishlab chiqilgan sorbsion-spektroskopik usul «Muborak gaznu qayta ishlash zavodi» MChJda amaliyotga joriy qilingan («Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJning 2019 yil 2 apreldagi 281SK-04/40-son ma’lumotnomasi). Natijada atrof muhit ob’ektlari va texnologik materiallarida kobal`t va nikel` ionlarini tezkor aniqlash imkonini bergan;
sintez qilingan anionit «MAXAM-CHIRCHIQ» AJda gazlarni tozalashda qo‘llanadigan metildietanolaminni ishlatish vaqtida tarkibida hosil bo‘lgan ifloslantiruvchi termik barqaror tuzlarning miqdorini kamaytirish uchun joriy etilgan («MAXAM-CHIRCHIQ» AJning 2019 yil 2 iyuldagi 19-55/31-son ma’lumotnomasi). Natijada metildietanolamin tarkibidagi termik barqaror tuzlar miqdorini kerakli darajada kamaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish