Boydadaev Murotbek Boydada o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qurilishda qo‘llash uchun kompozision yog‘och-plastikli, plitali materiallar olishning samarali texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi, 05.09.05 – Qurilish materiallari va buyumlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/T1264.
Ilmiy rahbarlar: Negmatov Soyibjon Sodiqovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK huzuridagi DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kasimov Erkin Kosimovich, texnika fanlari doktori, professor; Negmatova Komila Soyibjonovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kimyoviy modifikatsiyalangan polimer bog‘lovchilar va to‘ldiruvchi sifatida bir yillik o‘simlik g‘o‘zapoya poyasi asosidan turli maqsadlarda qo‘llash uchun kompozision yog‘och-plastik konstruksion plitali materiallarni olishning samarali texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
g‘o‘za poyasidan to‘ldiruvchi sifatida foydalanib va modifikatsiyalangan polimer bog‘lovchilar asosida birinchi marotaba kompozision yog‘och-plastik plita materiallarini ishlab chiqarishning chiqindisiz texnologiyasi ishlab chiqilgan;
yuqori fizik-mexanik va ekspluatatsion xossalarga ega bo‘lgan kompozision yog‘och-plastik plita materiallarni olishda presslashning optimal texnologik rejimi aniqlangan;
fizik-kimyoviy modifikatsiyalash yo‘li bilan polimer bog‘lovchilar strukturasini o‘zgartirish orqali kompozision yog‘och-plastik plita materiallarning fizik-mexanik xossalarini oshirish imkoniyati nazariy jihatdan asoslangan;
epixlorogidrin, benzil xlorid, polivinilxlorid va gossipol smolalari kabi modifikatorlar ishtirokida KF-MT rusumli mochevinaformaldegid smolasining qotish jarayoni hamda modifikatsiyalash sharoitlari va modifikatorlarning optimal nisbatlari aniqlangan;
modifikatsiyalangan polimer bog‘lovchilar va g‘o‘za poyasidan to‘ldiruvchi sifatida foydalanib, kompozision yog‘och-plastik plita materiallarni olishda presslash jarayonining ilmiy-uslubiy va texnologik tamoyillari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
G‘o‘zapoyadan olingan to‘ldiruvchilardan foydalanib kompozision yog‘och-plastik plitalar ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kompozision yog‘och-plastik plitalar ishlab chiqarish maqbul texnologiyasi «PROSPER ALL» MChJ ishlab chiqarish bazasida joriy etilgan ("O‘zsanoatqurilishmateriallari" O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2020 yil 14 iyuldagi 05/15-2322-son ma’lumotnomasi). Natijada presslash texnologik jarayonini maqbullashtirish imkonini bergan;
olingan kompozision yog‘och-plastik plitalardan «AZIMUT-MIG» MChJ qurilish tashkilotida foydalanilgan ("O‘zsanoatqurilishmateriallari" O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2020 yil 14 iyuldagi 05/15-2322-son ma’lumotnomasi). Natijada qurilish korxonalarida g‘o‘zapoyadan olingan kompozision yog‘och-plastik plitalarini ishlatish imkonini bergan.