Babaxanova Madina Avazovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Samarali anikorrozion kompozision materiallar va ular asosida koplamalar yaratish», 02.00.07 –Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.RhD/T627.
Ilmiy rahbarlar: Negmatova Komila Soyibjonovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupbekov Axmadjon Xakimovich, kimyo fanlari doktori, professor; Adilov Ravshan Irkinovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli ishlab chiqarish sohalarida qo‘llash uchun mahalliy qatlamsimon kremnezem to‘ldiruvchilar bilan to‘ldirilgan furfuril spirti olish bosqichidagi kublar ostidagi qoldiqning epoksid smolasi bilan olingan antikorrozion qoplamaning samarali tarkibini  ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
samarali antikorrozion kompozision qoplama hosil qilish uchun   epoksid smolasini ishlab chiqarish chiqindisi bilan almashtirish mumkinligi ilmiy asoslangan;
furfuril spirti sintezi jarayonidagi qoldiq bilan epoksid smolasi asosida antikorrozion himoyalovchi kompozisiyalardan metal yuzasini korrozidan himoyalovchi qoplamalar ishlab chiqilgan;
har bir ingredientning qoplamaning fizik-mexanik va ekspluatatsion xossalariga ta’siri aniqlangan;
ishlab chiqilgan qoplamaning shakllanishida «tarkib-struktura-xossa»ning korrelyasion bog‘liqligi aniqlangan;
antikorrozion kompozision materiallar va ular asosidagi ko‘p funksiyalarga mo‘ljallangan qoplamaning optimal tarkibi yaratilgan;
matematik modellashtirish usuli bilan kompozisiyaning optimal tarkibi tanlangan;
polimer tarkibini na faqat mustaxkamlik kriteriyasigacha, balki kimyoviy chidamlikni oshirish yo‘li bilan ham optimallashtirish zarurligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qatlamli kremnezem to‘ldiruvchilar qo‘llash bilan antikorrozion kompozision polimer qoplamalar ishlab chiqarish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
 mexanofaollashtirilgan ingredientlar bilan ishlab chiqilgan antikorrozion kompozision qoplamalar olishdagi ilmiy natijalardan 10-16 raqamli «Mahalliy xomashyo asosida kislotabardosh materiallar texnologiyasini ishlab chiqish» loyihasida kislotabardosh antikorrozion qoplamalar olishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 26 iyundagi 1-10/8-585-son ma’lumotnomasi). Natijada yangi kislotabardosh antikorrozion qoplama olishning texnologik reglamentini ishlab chiqish imkonini bergan;
«Agressiv va abraziv muhitda ishlovchi turli xil mashinalarning metall kontruksiyalari va qismlarini korroziyadan himoyalash uchun mo‘ljallangan emirilishga-zarbaga-korroziyaga chidamli kompozision polimer qoplamalarni olish va surtish uchun tajriba – ishlab chiqarish texnologik reglament»ga «Uzkabel» AJ QK bilan o‘rnatilgan tartibda kelishilgan (15.10.2019 y.) holda o‘zgartirishlar kiritilgan (OPR – 35 – 2019 – XTKM). («Uzeltexsanoat» Assotsiatsiyasining  2020 yil 11 iyundagi 01-04-1/1123-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy xomashyo va sanoat chiqindilari asosida antikorrozion qoplamalar olish imkonini bergan;
«Antikorrozion kompozision polimer qoplama»ga Tashkilot standarti (Ts 25239446-01:2019) ishlab chiqilgan va «O‘zstandart» agentligida 16.09.2019 yil 112/0010420 raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Natijada agressiv muhitda ishlovchi asbob-uskunalarni korroziyadan saqlovchi qoplama sifatida qo‘llanilish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish