Tajiboev Ma’rufjon Mamatojievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud hal qiluv qarorlarining nazariy va amaliy masalalari», 12.00.04–«Fuqarolik protsessual huquqi. Xo‘jalik protsessual huquqi. Hakamlik jarayoni va mediatsiya» (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.Phd/Yu352.
Ilmiy rahbar: Mamasiddiqov Muzaffarjon Musajonovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Sud`yalar oliy kengashi huzuridagi Sud`yalar oliy maktabi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqa mi: O‘zbekiston Respublikasi Sud`yalar oliy kengashi huzuridagi Sud`yalar oliy maktabi, PhD.37/27.02.2020.Yu.107.01.
Rasmiy opponentlar: Egamberidiev Eminjon, yuridik fanl ar doktori, professor; Avezov Kosim Safarovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fuqarolik ishlari bo‘yicha sud hal qiluv qarorlarining nazariy va amaliy jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sirtdan ish yuritish instituti orqali nizolarni hal etishning protsessual mexanizmini qo‘llash tartibi tahlil qilindi va bu bilan bog‘liq xorijiy davlatlar qonunchilik tajribasi asosida tegishli tarzda xabardor qilingan javobgar sud majlisiga takroran kelmasa, sud da’vogarning fikridan qat’i nazar, ishni sirtdan ish yuritish tartibida ko‘rishining maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan;
sudning hal qiluv qarorlarini rasmiylashtirish amaliyoti va bu bilan bog‘liq xorijiy davlatlar tajribasi asosida ushbu jarayonni soddalashtirishni huquqiy tartibga solish usuli hamda tartibi tahlil qilingan va sudning hal qiluv qarori kirish, asoslantiruvchi va xulosa qismlaridan iborat bo‘lishi asoslantirilgan;
hal qiluv qarorlari nizoli ishni mazmunan hal qilishga qaratilgan sud tartib-taomillarini yakunlovchi sud hujjati hisoblanishi, u faqatgina birinchi instansiya sudi tomonidan chiqarilishi, yuqori instansiya sudining hujjatlari o‘z nomi bilan ham ajralib turishi va ular tomonidan chiqariladigan hujjatlarni qaror tarzida nomlash maqsadga muvofiqligidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasining FPKga yuqori instansiya sudlarining vakolatlari tahlil qilinib, ular tomonidan yangi hal qiluv qarori chiqarish vakolatini berish yuzasidan xulosalar asoslab berilgan;
qonuniy kuchga kirgan sudning hal qiluv qaroriga ijro hujjati maqomini berish asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Fuqarolik sud ishlarini yuritishda sudning hal qiluv qarorlarini nazariy va amaliy masalalarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tegishli tarzda xabardor qilingan javobgar sud majlisiga takroran kelmasa, sud da’vogarning fikridan qat’i nazar, ishni sirtdan ish yuritish tartibida ko‘rishi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 281-moddasi ikkinchi qismiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sud`yalar oliy kengashining 2020 yil 9 iyuldagi 265-20-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi sirtdan ish yuritish instituti orqali nizolarni hal etishning protsessual mexanizmini qo‘llash, da’vogarlarning buzilgan huquq va qonuniy manfaatlarini sudlar tomonidan samarali himoya qilish imkonini bergan;
asoslantirilgan hal qiluv qarorini tayyorlashni kechiktirish istisno hollarda, o‘ta murakkab ishlar bo‘yicha besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatga yo‘l qo‘yilishi, bunday hollarda hal qiluv qarorining faqatgina kirish va xulosa qismlari tayyorlanishi, hal qiluv qarorining xulosa qismi ish muhokamasi tamomlangan sud majlisining o‘zida sud`ya tomonidan imzolanishi, o‘qib eshittirilishi va ishga qo‘shib qo‘yilishi haqida ishlab chiqilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019 yil 24 mayda qabul qilingan 12-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 5-bandida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining 2020 yil 29 maydagi 16943-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinganligi sud hal qiluv qarorlarini rasmiylashtirishni soddalashtirishga, sud`yalar ish hajmining maqbullashtirilishiga, fuqarolarning vaqti va mablag‘i tejalishiga, sud hujjatlarining esa tezkorligi va ta’sirchanligini oshirishga xizmat qilgan;
sudlarning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorlari, yopiq sud majlisida qabul qilinganlardan tashqari, sudning rasmiy veb-saytida faqatgina taraflarning roziligi asosida yoki shaxssizlantirilgan holda e’lon qilinishi mumkinligi haqidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019 yil 24 mayda qabul qilingan 12-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 26-bandiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining 2020 yil 29 maydagi 16943-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinganligi sud hal qiluv qarorining ochiqligini ta’minlash bilan bir qatorda shaxsiy huquqlarni himoya qilishga erishilgan.