Abdulxayrov Manzar Xusanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Navoiy asarlari tabdilini amalga oshirish usullari, tamoyillari va amaliy masalalari», 10.00.10 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Fil65.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Ilmiy maslahatchi: Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01. 
Rasmiy opponentlar: Muhiddinov Muslihiddin Qutbiddinovich, filologiya fanlari doktori, professor; Erkinov Aftondil Sadirxanovich, filologiya fanlari doktori; Shodmonov Nafas Namozovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Navoiy asarlari matnini eski o‘zbek yozuvidan joriy alifboga tabdil qilishning zamon talablari darajasidagi ilmiy usullari  va  nazariy-metodik prinsiplarini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
she’riy matnni nasriy bayonlash, germenevtik, gloss  va kon’ektura usullaridan o‘zbek mumtoz adabiyoti namunalarini eski o‘zbek yozuvidan hozirgi yozuvga tabdil qilishda samarali foydalanish imkoniyatlari va  ahamiyati misollar asosida dalillangan;
ijodkor asarlari matnidagi fonetik (q – g‘:  oqliq – oqlig‘, u – nol`: yurutachi – yurtachi, g – v: chugurtka – chuvurtka) va shakldoshlik (I.savt – qamchi, II.savt – tovush, I.hang – bosiqlik, II.hang – askar) xususiyatlar yoritib berilgan va ilmiy ma’lumotlar bilan to‘ldirilgan;
Navoiy asarlari matnidagi so‘zlar statistik usul vositasida mikrotahlil qilinib, ulug‘ shoir asarlari tabdilidagi  nuqson va kamchiliklar misollar bilan isbotlangan; 
shoirning barcha asarlari matnidagi tushunilishi qiyin, izohli lug‘at va asarning keyingi mukammal nashriga  to‘liq ilova qilinmagan  so‘z va iboralarning matniy ma’nolari belgilangan va ilmiy istifodaga olib kirilgan;
Navoiyning 29 asari matni tabdilini satrma-satr qayta ko‘rib chiqish asnosida matnni sharhlash va izohlash usullari ochib berilgan. Jumladan, 1) ekvivalent yo‘li bilan izohlash; 2) ma’nodosh so‘zlar orqali izohlash; 3) qisqa izohlash; 4) kengroq izohlash; 5) qomusiy izohlash; 6) zid ma’noli so‘zlar yordamida izohlash va sharhlash usullari Navoiy asarlarining joriy nashrlari asosida misollar bilan dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Navoiy asarlari matni tabdilini amalga oshirish usullari, tamoyillari va amaliy masalalari tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Navoiy asarlari matni tabdili jarayonida matnshunoslikning usullari, tamoyillari va amaliy masalalari bo‘yicha olingan natija va xulosalardan FZ-2016-0915132102 raqamli «Sharq renessansi davri allomalari va mutafakkirlari   asarlarining ilmiy-falsafiy va badiiy-lingvistik tadqiqi» (2016–2019) mavzusidagi fundamental  loyihada foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 6 iyuldagi 01/01-632-son ma’lumotnomasi). Natijada  Navoiy asarlari matni tabdilidagi muammolar hamda Navoiy qo‘lyozmalarining joriy imloga tabdili ustida olib borilgan harakatlar tahlili, ularning shoir asarlarini qayta nashr etishdagi o‘rni va badiiyati yuzasidan tahlil ishlarini amalga oshirish imkonini bergan;  
shoir asarlari matni tabdillarida uchraydigan tushunilishi qiyin, avval sharhlanmagan, shuningdek, shoir asarlari matni tabdilini amalga oshirish usullari – matnni sharhlash, germenevtik, ayniqsa, matn tabdilida qo‘llanilishi lozim bo‘lgan ilmiy usullar – gloss va kon’ektura usullari, ularning nazariy-metodik tamoyillari xususidagi ilmiy-amaliy xulosalardan ITD-1-119 raqamli «O‘zbek adabiyoti antologiyasini ingliz tiliga tarjima qilish va adabiyotlararo kommunikatsiya muammolari» (2012–2014)  mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 7 iyuldagi 89-03-2450-son ma’lumotnomasi);   Natijada «Navoiy» romanini ingliz tiliga sifatli tarjima qilishda Navoiy asarlarining joriy imlodagi tabdilida uchraydigan ko‘plab arabiy, forsiy so‘z va iboralar izohi hamda g‘azallar sharhidan  keng istifoda etish imkoni yaratilgan;
Navoiy asarlarini nashrga tayyorlash, XX asr navoiyshunosligi tarixi va Navoiy ijodida so‘z tadqiqi borasidagi nazariy xulosalardan OT-F8-151 raqamli «Adabiyot ensiklopediyasi» (2007–2011) mavzusidagi ilmiy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 7 iyuldagi 89-03-2450-son ma’lumotnomasi). Natijada «Adabiyot ensiklopediyasi» va «Adabiyotshunoslik tarixining fundamental tadqiqi»da matn nazariyasi, badiiy matn va manbalarni nashrga tayyorlash va ayrim atama hamda istilohlarning sharhida ishonchli ma’lumotlar berilishiga erishilgan;
shoir asarlari matni tabdillarini amalga oshirish usullari va qo‘lyozmalarining joriy imlodagi holati hamda matniy tafovutlar, matn va mazmun  mutanosibligi, glossariylar, nasriy bayonlar, g‘azallar sharhi kabi masalalarga oid nazariy qarashlardan  «O‘zbekiston tarixi»  telekanalida turkum ko‘rsatuvlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston teleradioka-nali» davlat unitar korxonasining 07.07.2020 yildagi 02-40-730-son ma’lumotnomasi). Natijada, teleko‘rsatuvlarning sifati oshgan, ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilib, ularning ilmiy-ommabopligini ta’minlash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish