Raxmonov Umid Azamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tuxum yo‘nalishidagi tovuqlar gipovitaminozlarining profilaktikasini takomillashtirish», 16.00.01 – Hayvonlar kasalliklari diagnostikasi, terapiyasi va xirurgiyasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.(PhD)/V16.
Ilmiy rahbar: Norboev Qurbon Norboevich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand veterinariya medisinasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand veterinariya medisinasi instituti, DSc.06/30.12.2019.V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Eshburiev Baxtiyor Mamatqulovich, veterinariya fanlari doktori; Mamatov Shavkat Sodiqovich, veterinariya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tuxum yo‘nalishidagi tovuqlarda gipovitaminozlarning etiologiyasi, simptomatikasi, mahsuldorlik ko‘rsatkichlari, qon va tuxum tarkibining morfobiokimyoviy o‘zgarishlarini o‘rganish, samaradorligi yuqori bo‘lgan guruhli profilaktika usulini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Respublikamizning parrandachilik xo‘jaliklarida parvarishlanayotgan tuxum yo‘nalishidagi Lomann Braun-Klassik zotli tovuqlarda gipovitaminozlarning tarqalishi, iqtisodiy zarari, sabablari, simptomlari, qon va tuxum tarkibining biokimyoviy o‘zgarishlari aniqlangan;
tovuqlarda gipovitaminozlar qondagi gemoglobin, glyukoza, umumiy oqsil, tokoferol, retinol, umumiy kal`siy, anorganik fosfor miqdorlarining hamda tuxum sarig‘idagi A vitamini va karotinoidlar miqdorining kamayishi bilan kechishi tajribalarda isbotlangan;
tovuqlarda gipovitaminozlar organizm tabiiy rezistentligining (bakterisid, lizotsim, fagotsitar faollik) pasayishi bilan xarakterlanishi tajribalarda tasdiqlangan;
tovuqlarda gipovitaminozlarning oldini olish uchun ratsion tarkibining har 1 kg hisobiga 1 g vitaprem (vitaminlar), 1 g vitaprem (minerallar), 12 g monokal`siyfosfat va 1 g probiotik (Vio - 3S) qo‘shib tayyorlangan granula holatidagi boyitilgan omuxta em ishlab chiqilib amaliyotga joriy etilgan;
boyitilgan granula holatidagi omuxta emning tovuqlar gipovitaminozlariga qarshi profilaktik xususiyatga ega ekanligi, qon va tuxumning morfobiokimyoviy ko‘rsatkichlarini me’yorlashtirishi hamda tuxum mahsuldorligini 18-20% ga, tuxum vaznini o‘rtacha 7-8 g ga oshirishi tajribalarda isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tuxum yo‘nalishdagi tovuqlar gipovitaminozlarining profilaktikasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
«Tuxum yo‘nalishidagi tovuqlarda gipovitaminozlarning diagnostikasi va profilaktikasi bo‘yicha tavsiyalar» ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (Veterinariya va Chorvachilikni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining 2020 yil 10 martdagi №02/23-121-son ma’lumotnomasi). Natijada tuxum yo‘nalishidagi tovuqlarda gipovitaminozlarning oldini olishda 90-95% samaradorlikga erishilgan;
tovuqlarda gipovitaminozlarning oldini olish uchun vitamin va minerallar bilan balanslashtirilgan granula shaklidagi boyitilgan omuxta em ishlab chiqilib, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlaridagi parrandachilik fermer xo‘jaliklariga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 10 martdagi №02/23-121-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida tuxum yo‘nalishidagi tovuqlarda modda almashinuvi jarayonlarining me’yorida kechishi, tana vaznining o‘rtacha 19,6% ga, tuxum mahsuldorligining o‘rtacha 18-20% ga yuqori bo‘lishiga erishilgan;
ishlab chiqilgan ushbu profilaktik majmuani parrandachilik xo‘jaliklarida tovuqlar gipovitaminozlarining oldini olishda joriy etilishining iqtisodiy samaradorligi yuqori bo‘lib, (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 10 martdagi №02/23-121-son ma’lumotnomasi) sarflangan 1 so‘m xarajat hisobiga iqtisodiy samara 6,5 so‘mni tashkil etgan.