Obidov Azamat Erkinjonovichning
falsa fadoktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pedagog kadrlarni malakasini oshirish jarayonlarini vebinar texnologiyasi asosida takomillashtirish”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped96.
Ilmiy rahbar: Begimkulov Uzokboy Shoimkulovich,pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Bosh ilmiy-metodik markaz.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped 48.01.
Rasmiy opponentlar: Turakulov Olim Xolbo‘taevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Aripov Mersaid Mirsiddiqovich,fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchitashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagog kadrlar malakasini oshirish jarayonlarini vebinar texnologiyasi asosida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
OTM pedagog kadrlariningmalaka oshirish tizimiga moslashtirilgan vebinapplatformasining ko‘rsatkichlari (ochiq kodlilik, oliy ta’lim milliy tarmog‘ida ishlash imkoniyati, foydalanuvchilar sonining cheklanmaganligi) “Ierarxiyalar tahlili” usuliga asoslangan “Mpriority” dasturiy ta’minoti orqali aniqlashtirilgan;
malaka oshirish jarayonlarini tashkil etishning integrallashganplatformasi vebinar texnologiyasi elektron ta’lim tizimlari (LMS, MOOS)hamdastandarlari (SCORM, xAPI) bilan sintezlash orqalitakomillashtirilgan;
malaka oshirish tizimida pedagog kadrlarning raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish kompetentligini rivojlantirishmetodikasi pedagogik kasbiy faoliyatni vebinar texnologiyasi asosida takomillashtirish modeli orqali takomillashtirilgan;
malaka oshirish kurslari mazmuni vebinar va undan foydalanish texnologiyasiga (real time internet-conference, desktop share, video va audio yozuvlarini translyasiya qilish) oid mavzularni kiritish orqali boyitilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Pedagog kadrlar malakasini oshirish jarayonini vebinar texnologiyasi asosida takomillashtirishga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
malaka oshirish tizimini masofaviy shaklda tashkil etishda vebinar texnologiyasidan foydalanish va pedagogik kasbiy faoliyatni vebinar texnologiyasiasosida takomillashtirish bilan bog‘liq takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 27 fevraldagi “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 103-son Qarori 1 ilovasi bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari to‘g‘risidagi Nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 11 iyuldagi 89 03 2736 son ma’lumotnomasi). Natijada,pedagog kadrlarning raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish kompetentligi oshgan;
malaka oshirish kurslari mazmuniga vebinar va undan foydalanish texnologiyasiga (real time internet-conference, desktop share, video va audio yozuvlarini translyasiya qilish) oid mavzularni kiritish bilan bog‘liq takliflar oliy ta’lim rahbar kadrlari uchunOliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 25 avgustdagi 355 sonli buyrug‘i bilan kiritilgan yangi “Oliy ta’lim sifatini ta’minlashda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” yo‘nalishi bo‘yicha qayta tayyorlash va malaka oshirish kursining o‘quv reja va dasturlari hamda o‘quv-metodik ta’minotini yaratishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 11 iyuldagi 89 03 2736 son ma’lumotnomasi). Natijada, malaka oshirish kursining o‘quv reja va dasturlari mazmuni takomillashtirilgan;
malaka oshirish jarayonlarini tashkil etishning integrallashganplatformasiga vebinar texnologiyasini joriy etishbo‘yicha takliflar va uningko‘rsatkichlari ITD 5 42 “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish muassasalarida shaxsga yo‘naltirilgan elektron mediata’lim muhitini shakllantirishning metodik tizimini yaratish” (2012 2014 yy) loyihasi mazmuniga kiritilgan va amaliyotga joriy etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 11 iyuldagi 89 03 2736 son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifati vebinar texnologiyasini joriy etish orqali oshirilgan.