Akramov Alisher Ashuralievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tukli urug‘lik chigit dorilash uskunasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash”, 05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari(texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/T781.
Ilmiy rahbar:Djamolov Rustam Kamolidinovich, texnika fanlari nomzodi,katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik texnologiya instituti,PhD.03/30.12.2019.T.66.01.
Rasmiy opponentlar: Muxammadiev Davlat Mustafoevich, texnika fanlari doktori, professor;Obidov Avazbek Azamatovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: dorilash jarayoniga tukli chigitni bir me’yorda uzatishga asoslangan urug‘lik chigitga ishlov berish texnologiyasini ishlab chiqish asosida tukli chigitni dorilash samaradorligini oshirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta chigitining tabiiy xususiyatlari, uni ekishga tayyorlash texnologik jarayonlari tahlili va chigitning bir tekis dorilanishi shartlarini hisobga olgan holda tukli chigitni qurilmaga bir me’yorda uzatishga asoslangan dorilash texnologiyasi ishlab chiqilgan;
tukli chigitlarni bir me’yorda dorilashni ta’minlash shartidan kelib chiqib, chigit oqimiga ishchi suspenziyani bir xil bosimda uzatuvchi stabillashtirish qurilmasi yaratilgan;
vaqt birligida uzatilayotgan tukli chigitning miqdoriga mos ravishda dori suspenziyasini uzatish mexanizmi yaratilgan;
to‘liq omilli tajriba natijalaridan kelib chiqib, tukli chigit dorilagichining asosiy konstruktiv-ekspluatatsion parametrlari asoslangan;
chigit dozatori kamerasida chigit harakatiga ta’sir ko‘rsatuvchi kuchlarkattaligi, yo‘nalishlari hamda ishchi yuzalar va chigitning reaksiyasini hisobga olgan holda ratsional ish unumini ta’minlovchi chigit tarog‘idan yulduzchali silindr tishlarining chiqish balandligi aniqlangan;
dozator qiya tarnovi bo‘ylab chigit harakati dinamikasi tahlili asosidachigit oqimining zarur miqdorini ta’minlovchi tarnov og‘ish burchagining ratsional qiymati aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dorilash jarayoniga tukli chigitni bir me’yorda uzatishga asoslangan urug‘lik chigitga ishlov berish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha qilingan tadqiqotlar asosida:
urug‘lik chigitni dorilash jarayoniga suspenziya uzatish mexanizmi uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligidanfoydali modelga patent olingan(“Urug‘ dorilagichi”. FAR №00873 – 2014y.). Natijada,urug‘lik chigitning unuvchanligini 96-98% gacha oshirish ta’minlangan;
urug‘lik chigitni dorilash jarayonida suspenziya bosimini stabillashtirish qurilmasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligidanfoydali modelga patentolingan (“Ishchi suspenziya bosimini stabillashtiruvchi qurilma”. FAR №01412–2019y). Natijada, urug‘lik chigitning dorilanish to‘liqligini 91% gacha oshirishga erishilgan;
tukli urug‘lik chigit dorilash uskunasi"O‘zpaxtasanoat" AJ tasarrufidagi korxonalarda, jumladan,Qo‘shko‘pir paxta tozalash korxonasi ixtisoslashtirilgan urug‘lik chigit tayyorlash sexi texnologik jarayoniga joriy qilingan(“O‘zpaxtasanoat” AJning2019 yil 28dekabrdagi 03-16/7574-son ma’lumotnomasi).Natijada,bir tonna chigitga sarf qilinadigan suspenziya miqdorini 9-10%ga tejash,chigitning dorilanish to‘liqligi va unuvchanligini oshirishga erishilgan.