Ergasheva Maxsuda Pulatovnaning
fan doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda xotin-qizlar faolligini yuksaltirishda jamoatchilik fikrining o‘rni va roli», 22.00.02 – Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi sotsiologiyasi (sotsiologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Sots4.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/30.12.2019.S.23.02.
Ilmiy rahbar: Xolbekov Abdug‘ani Jumanazarovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Umarov Absalom Adilovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor; Saifnazarov Ismoil, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda xotin-qizlarning faolligini yuksaltirish jarayonida jamoatchilik fikrining shakllanishi mexanizmlarini asoslab berish va tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamoatchilik fikrining zamonaviy faol ayol ijtimoiy portretini tavsiflovchi parametrlariga (yuqori aqliy salohiyatli, o‘z kasbining ustasi, yuqori ma’lumot va maxsus tayyorgarlik egasi, oilaparvar, yuksak ma’naviy fazilatlar sohibasi) pozitiv ta’sir etishi asoslangan;
ommaviy axborot vositalarida faol xotin-qizlarning zamonamiz qahramonlari sifatidagi pozitiv imidjini shakllantirish - ayollarning o‘zini-o‘zi self-assesment tarzida baholashi va faolligini oshirishning kafolati ekanligi isbotlangan;
yangi O‘zbekistonni barpo etish jarayonida xotin-qizlarning nafaqat ijtimoiy e’tibor markazida faoliyat yurituvchi kasb egalari (ilm-fan, ta’lim, axborot texnologiyalari, boshqaruv) balki, ishlab chiqarish va turmush tarzi bilan bog‘liq turli sotsial qatlamlar vakillari ishini jamiyatda muhim ijtimoiy qimmatga ega bo‘lgan pozitiv faoliyat sifatida anglash bo‘yicha jamoatchilik fikrini shakllantirish zarurati asoslangan;
besh muhim tashabbusning tarkibiy qismi bo‘lgan xotin-qizlarning zarur hayotiy muammolarini (bandlik, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish, sog‘ligini mustahkamlash va b.) hal etishga xizmat qiladigan eksperimental markazlar, zamonaviy servis va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari (kovorking markazlari, biznes va konsal`ting xizmatlari, sport inshootlari, maishiy xizmat ko‘rsatish komplekslari va b.) faoliyatiga ayollarning mehnat sub’ektlari sifatida kengroq jalb etilishini rag‘batlantirish bo‘yicha jamoatchilik fikrini shakllantirish ularda hayotdan rozilik va bunyodkorlikka intilish tuyg‘ularini kuchaytirishi aniqlangan;
rahbarlik lavozimlari, xususan, davlat boshqaruvi hamda o‘zini o‘zi boshqaruv sohalari uchun ayol kadrlar zahirasini shakllantirish, ayollarning real sotsial mavqeini yaxshilashni monitoring qilish, statistik va sotsiologik xizmatlarni yo‘lga qo‘yish orqali tashkil etish zarurligi ko‘rsatib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekistonda xotin-qizlar faolligini yuksaltirishda jamoatchilik fikrining o‘rni va roli jamoatchilik fikrining zamonaviy faol ayol ijtimoiy portretini tavsiflovchi parametrlariga (yuqori aqliy salohiyatli, o‘z kasbining ustasi, yuqori ma’lumot va maxsus tayyorgarlik egasi, oilaparvar, yuksak ma’naviy fazilatlar sohibasi) pozitiv ta’sir etishiga oid xulosalardan “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi tomonidan “O‘zbekiston xotin-qizlari: o‘zini ijtimoiy his qilish va ijtimoiy kayfiyat” mavzusidagi sotsiologik tadqiqot so‘rovnomasini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazining 2019 yil 21 iyundagi 01-16/244-son ma’lumotnomasi). Bu xotin-qizlar faolligini yuksaltirish muammolarini hal etishning nazariy va empirik jihatlarini o‘rganishga xizmat qilgan;
ommaviy axborot vositalarida faol xotin-qizlarning zamonamiz qahramonlari sifatidagi pozitiv imidjini shakllantirish - ayollarning o‘zini-o‘zi self-assesment tarzida baholashi va faolligini oshirishning kafolati ekanligi haqidagi xulosalardan “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi tomonidan “O‘zbekistonda xotin-qizlar faolligini yuksaltirishning ijtimoiy jihatlari” nomli sotsiologik tadqiqot so‘rovnomasini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazining 2019 yil 21 iyundagi №01-16/244-son ma’lumotnomasi). Natijada, sotsiologik so‘rovnomalarning metodologik asoslarini mustahkamlashga erishilgan;
yangi O‘zbekistonni barpo etish jarayonida xotin-qizlarning nafaqat ijtimoiy e’tibor markazida faoliyat yurituvchi kasb egalari (ilm-fan, ta’lim, axborot texnologiyalari, boshqaruv) balki, ishlab chiqarish va turmush tarzi bilan bog‘liq turli sotsial qatlamlar vakillari ishini jamiyatda muhim ijtimoiy qimmatga ega bo‘lgan pozitiv faoliyat sifatida anglash bo‘yicha jamoatchilik fikrini shakllantirish zarurati haqidagi xulosadan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda Senati Kengashining 2017 yil 16 iyunda tasdiqlangan Qo‘shma qarori loyihasini, xususan, qo‘shma qarorning 5.5-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) huzurida Ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha kengash tashkil etish”da foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha Vakili (Ombudsman)ning 2019 yil 22 fevraldagi 01-07/62-son ma’lumotnomasi). Ilmiy xulosalarning Ombudsman faoliyatiga tadbiq qilinishi jamiyatda xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini yuksaltirishga xizmat qilgan;
besh muhim tashabbusning tarkibiy qismi bo‘lgan xotin-qizlarning zarur hayotiy muammolarini (bandlik, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish, sog‘ligini mustahkamlash va b.) hal etishga xizmat qiladigan eksperimental markazlar, zamonaviy servis va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari (kovorking markazlari, biznes va konsal`ting xizmatlari, sport inshootlari, maishiy xizmat ko‘rsatish komplekslari va b.) faoliyatiga ayollarning mehnat sub’ektlari sifatida kengroq jalb etilishini rag‘batlantirish ularda hayotdan rozilik va bunyodkorlikka intilish tuyg‘ularini kuchaytirishi haqidagi xulosadan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha Vakili (Ombudsman) Kotibiyati 2018-2019 yillik ish rejasining Ayollarning mehnat va bandlik sohasidagi huquqlarini ta’minlashga qaratilgan bandini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha Vakili (Ombudsman)ning 2019 yil 22 fevraldagi №01-07/62-son ma’lumotnomasi). Bu xotin-qizlarning muhim sotsial muammolarini hal etishga va ularning ma’naviy ruhiyatini yuksaltirishga xizmat qilgan;
rahbarlik lavozimlari, xususan davlat boshqaruvi hamda o‘zini o‘zi boshqaruv sohalari uchun ayol kadrlar zahirasini shakllantirish, ayollarning real sotsial mavqeini yaxshilashni monitoring qilish, statistik va sotsiologik xizmatlarni yo‘lga qo‘yish orqali tashkil etish zarurligi haqidagi tavsiyalardan “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi tomonidan 2018-2018 yillarda xotin-qizlarning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni bo‘yicha jamoatchilik fikri natijalari asosida tayyorlangan ma’lumotnomalarda foydalanilgan (“Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazining 2019 yil 21 iyundagi №01-16/244-son ma’lumotnomasi). Natijada, Markaz tomonidan 2017, 2018 yillarda xotin-qizlarning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rnini yuksaltirish bo‘yicha tayyorlangan xulosalarning samaradorligiga erishilgan.