Aliev Botirjon Toxirjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Paxta chiqindilari tarkibidagi yigiruvga yaroqli tolalarni ajratib olish qurilmasini takomillashtirish”, 05.06.02 – To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berishixtisosligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/T1019.
Ilmiy rahbar: Muradov Rustam Muradovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muxandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muxandislik texnologiya instituti,PhD.03/30.12.2019.T.66.01.
Rasmiy opponentlar:Jumaniyozov Qadam Jumaniyazovich, texnika fanlari doktori, professor; Obidov Azamat Azamatovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi texnologik jarayonda tolali chiqindilar tarkibiga o‘tib ketgan yigiriluvchan tolalarni regeneratsiya qilish hisobiga mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta chiqindilari tarkibi va undan yigiruvga yaroqli tolalarni ajratib olish jarayonlari tahlili asosida arra garniturali baraban va ta’minlash valigi juftligi negizidagi regeneratsiya qurilmasi konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
paxta chiqindilari tarkibidan yigiriluvchan tolalarni ajratib olish jarayonida ishchi organlar va tolali material harakati qonuniyatlarini hisobga olgan holda  qurilma ishchi parametrlari aniqlangan;
tolali material va iflosliklarning arra garniturali baraban bilan pichoqlar orasidagi harakati traektoriyasiga ko‘ra, baraban va pichoqlar o‘rtasidagi o‘lchamlar aniqlangan;
rejali eksperimentlar natijalariga asoslanib, arra garniturali baraban bilan pichoqlar orasidagi masofani hamda chyotkali barabanning ratsional aylanishlar soni aniqlangan;
kirish lentasi, ta’minlovchi valik va igna garniturali baraban va qo‘zg‘almas pichoqlar oralig‘ida yigiruvga yaroqli tolalarni ajratib olish imkoniyatidan kelib chiqib, ratsional texnologik va konstruksion parametrlarga ega bo‘lgan regenerator konstruksiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Paxta chiqindilari tarkibidagi yigiruvga yaroqli tolalarni ajratuvchi qurilma konstruksiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
paxta chiqindilari tarkibidagi yigiruvga yaroqli tolalarni ajratuvchi qurilma «O‘zpaxtasanoat» AJ tasarrufidagi korxonalarda, jumladan, Namangan viloyatining «Kosonsoy paxta tozalash» AJda ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat”AJning 2020 yil 9 iyundagi 03-18/1772-son ma’lumotnomasi). Natijada, paxta tozalash korxonasida chiqqan ulyuk chiqindilari tarkibidagi yigiruvga yaroqli tolalar miqdori 70 foizdan 20  foizgakamaygan; 
paxta chiqindilari tarkibidagi yigiruvga yaroqli tolalarni ajratuvchi qurilma ratsional parametrlari «O‘zpaxtasanoat» AJ tasarrufidagi korxonalarda, jumladan, Namangan viloyatining «Kosonsoy paxta tozalash» AJda ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat”AJning 2020 yil 9 iyundagi 03-18/1772-son ma’lumotnomasi). Natijada, paxta tolasi miqdori 7,67% ga ko‘payishi ta’minlangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish