Yadgarova Dilnoza Baxtiyarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kal`siyli soda olishda absorbsiyalash texnologik jarayonini adaptiv-noqat’iy rostlash tizimi», 05.01.08–Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T746.
Ilmiy maslahatchi: Siddikov Isomiddin Xakimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Yusupbekov Azizbek Nodirbekovich, texnika fanlari doktori, professor; Sapaev Mamatkarim, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi intellektual boshqarish usullarini qo‘llagan holda kal`sinatsiyalangan soda olishda absorbsiyalash jarayonining adaptiv-noqat’iy rostlash tizimini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ammoniylashgan eritmani absorbsiyalash jarayonining neyro-noqat’iy texnologiya asosida dinamik modeli ishlab chiqilgan;
adaptiv xususiyatga ega bo‘lgan noqat’iy-mantiq xulosalashning maydonlar farqi usuliga asoslangan  tezkor algoritmi ishlab chiqilgan;
maydonni farqlash usulidan foydalanib, yumshoq arifmetik operatsiyalarga asoslangan adaptiv neyro-noqat’iy tizimining o‘qitish algoritmi ishlab chiqilgan;
absorbsiyalash kolonnasining texnologik parametrlarini aprior noaniqlik sharoitida adaptiv ko‘p bog‘liqli neyro-noqat’iy avtomatik rostlash tizimi sintez qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kal`sinatsiyalangan soda olishda absorbsiyalash jarayonini adaptiv-noqat’iy boshqarish sistemasini sintezi bo‘yicha olingan natijalar asosida: absorbsiyalash jarayonini avtomatik boshqarishning adaptiv tizimini tadqiq qilishning neyro-noqat’iy modeli va algoritmlari «Qo‘ng‘irot soda zavodi» MChJda joriy qilingan(«O‘ZKIMYoSANOAT» AJning 2020 yil 4 avgustdagi 24-3199-son ma’lumotnomasi). Natijada, kal`sinatsiyalangan soda asosini tashkil etuvchi ammoniylashgan eritmalarning sifati oshgan;
ob’ekt xususiyatlari va noma’lum g‘alayonlarga adaptatsiyali boshqarish tizimining neyro-tarmoqli rostlagichini sintez qilish algoritmlari «Qo‘ng‘irot soda zavodi» MChJda joriy qilingan(«O‘ZKIMYoSANOAT» AJning 2020 yil 4 avgustdagi 24-3199-son ma’lumotnomasi). Natijada, absorbsiyalash kolonnasining texnologik agregatlari ish rejimi barqarorligi ta’minlangan;
neyro-noqat’iy modellarga asoslangan chiqish va boshqarish parametrlarini o‘lchash bo‘yicha absorbsiyalash jarayonining nazoratsiz parametrlarini qayta tiklash algoritmi «Qo‘ng‘irot soda zavodi» MChJda joriy qilingan(«O‘ZKIMYoSANOAT» AJning 2020 yil  4 avgustdagi 24-3199-son ma’lumotnomasi). Natijada, ob’ekt va tashqi ta’sirlar parametrlarini aniqlashning samaradorligi oshgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish