Sharipov Xayrullo Nu’monjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Paxta tolasini chigitdan ajratish jarayonini takomillashtirish”, 05.06.02 – To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish(texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/T937.
Ilmiy rahbar: Axmedxodjaev Xamid Tursunovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik texnologiya instituti,PhD.30.05.2018.T.66.01.
Rasmiy opponentlar:Muxamadiev Davlat Mustofoevich, texnika fanlari doktori, professor; Burxanov Axmadjon Burxonovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi arrali jin ishchi kamerasini takomillashtirish orqali jinlash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
arrali jin ishchi kamerasidan paxta chigiti chiqib ketishi osonlashishini hisobga olgan holda botiq ishchi yuzaga ega bo‘lgan kolosnik konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
toladan ajralgan chigitlarning kolosnik ishchi yuzasi bo‘ylab harakatini tahlil qilish yo‘li bilan botiq profilning ishchi kameradan chigitning chiqish tezligiga ta’siri aniqlangan;
toladan ajralgan chigitlarning kolosnik ishchi yuzasi botiq profili bo‘ylab harakatini tahlil qilish orqali botiq yuza kengligi va chuqurligi o‘lchamlari aniqlangan;
arrali jin kolosnigi botiq yuzasining ratsional o‘lchamlari rejali eksperimentlar natijalarini tahlil qilish orqali aniqlangan;
botiq profilli kolosnik konstruktiv va texnologik parametrlari tadqiqotlari natijalari asosida foydali modelga Respublika patenti olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jinlangan chigitlarni ishchi kameradan chiqishini tezlashtirish va tola ajratish jarayoni samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
jin mashinasi uchun kolosnik yaratish bo‘yicha Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan («Jinning mashinasi uchun kolosnik», № FAP 00808 -2013 y.). Natijada, arrali jin ishchi kamerasida tolasi ajratilgan chigitlarningyanadatezroq chiqishi jinlash unumdorligini oshirish imkonini bergan;
botiq ishchi profilga ega bo‘lgan kolosnik o‘rnatilganarrali jin ishchi kamerasi «O‘zpaxtasanoat» AJ tizimidagi korxonalarda, jumladan, «Kosonsoy paxta tozalash» AJda joriy etilgan («O‘zpaxtasanoat» AJning 2020 yil 30 iyuldagi 03-18/2052-son ma’lumotnomasi). Natijada,chigitlarning ishchi kameradan chiqib ketishi birlik vaqtda 34 %ga ortishi evaziga jin ish unumdorligini 12-14%ga oshirishga erishilgan;
arrali jin botiq ishchi profilga ega bo‘lgan kolosnik ratsional parametrlari«O‘zpaxtasanoat» AJ tizimidagi «Kosonsoy paxta tozalash» AJda joriy etilgan («O‘zpaxtasanoat» AJning 2020 yil 30iyuldagi 03-18/2052-son ma’lumotnomasi). Natijada, ish unumdorligini 0,8–1,0 kg/arra soatga oshirish, toladagi nuqsonlar va iflos aralashmalar massaviy ulushini 0,3-0,5%ga, chigitning mexanik shikastlanganligini 0,3%ga kamaytirish imkonipaydo bo‘lgan.