Xojimurodova Madinaxon Baxromovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Bir jinsli bo‘lmagan muhitda infil`tratsiya yoki bug‘lanish va konvektiv ko‘chish ishtirokidagi chiziqsiz fil`tratsiya jarayonlarini sonli modellashtirish», 05.01.07 – Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/FM269.
Ilmiyrahbar: Aripov Mirsaid Mirsiddikovich,fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.FM.01.02.
Rasmiy opponentlar: Normurodov Chori Begalievich,fizika-matematika fanlari doktori, professor; Nazirova Elmira Shodmonovna, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zgaruvchan zichlikka ega va koeffisienti vaqtga bog‘liq bo‘lgan nochiziqli fil`tratsiya (issiqliq o‘tkazuvchanlik, diffiziya) jarayonlarining matematik modellarini analitik-sonli echish hamda sifat xossalarini aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
darajali nochiziqlikka ega bo‘lgan buziluvchan parabolik tipdagi tenglamalar bilan ifodalanuvchi fil`tratsiya va issiqlik tarqalish modellari uchun chiziqsiz ajratish usuli yordamida avtomodelva taqribiy avtomodel echimlar qurilgan; 
fil`tratsiya va issiqlik tarqalishining nochiziqli modellari uchun lokallashgan strukturalar hosil qilingan;
divergent turdagi kuchli yutilish yoki manba ta’siridagi nochiziqli fil`tratsiya va issiqlik tarqalish tenglamalariuchun Koshi masalasining global echimlari qurilgan va erkin chegaralar baholari olingan;
divergent turdagi kuchli yutilish yoki manba ta’siridagi nochiziqli fil`tratsiya masalasini sonli echish sxemasi va algoritmi qurilgan va dasturiy ta’minoti yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Darajali nochiziqlikka ega bo‘lgan buziluvchan parabolik tenglamalar bilan ifodalanuvchi chiziqsiz modellar echimlarini tadqiq etish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
infil`tratsiya ta’siridagi nochiziqli fil`tratsiya masalasining avtomodel echimlari asimptotikalaridan YoOT-Ftex-2018-149 raqamli «Matematicheskoe modelirovanie nelineynix protsessov fil`tratsii v dvuxkomponentnix sredax, opisivaemix nelineynimi granichnimi usloviyami» grant loyihasida parabolik tipdagi nochiziqli tenglamalar sistemasini sonli echishda foydalanilgan(O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 iyuldagi 89-03-2436-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi nolokal chegaraviy shartlar bilan berilgan politropik fil`tratsiya masalasi uchun iteratsion jarayon qurish va sonli natijalarni vizuallashtirish imkonini bergan;
nochiziqli sistemalar uchun yuqori echimni qurish usulidan YoOT-Ftex-2018-149 raqamli «Matematicheskoe modelirovanie nelineynix protsessov fil`tratsii v dvuxkomponentnix sredax, opisivaemix nelineynimi granichnimi usloviyami» grant loyihasida nolokal chegaraviy shartlar bilan bog‘langan nochiziqli parabolik sistemalarning global echimlarini baholashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 iyuldagi 89-03-2436-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi nolokal chegaraviy shartlar bilan berilgan politropik fil`tratsiya masalasi uchun echimlarning global bo‘lish shartlarini topishga imkon bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish