Mirxojaev Mirjamol Mirkarimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Belgilangan bikrlikdagi yangi tarkibli qotirma matolarni ilmiy asoslash”, 05.06.02 – «To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish» ixtisosligi (texnika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T790.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ulug‘bek To‘lanboevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.66.01.
Rasmiy opponentlar: Axunbabaev Oxunjon Abdurahmanovich, texnika fanlari doktori, professor; Nabidjanova Nargiza Nasimjanovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi to‘qima o‘rilishini hamda tolaviy tarkibini o‘zgartirish asosida yangi tarkibli qotirma mato assortementini yaratish va  qotirma  matoning bikrligini aniqlashning ob’ektiv usulini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tabiiy paxta tolasi asosidagi qotirma mato tuzilishini tadqiq qilish yo‘li bilan egilishdagi bikrlikni belgilovchi omillar aniqlangan;
qotirma mato egilishdagi bikrligini aniqlovchi asosiy omillar o‘zgartirilganda mato xususiyati o‘zgarishini hisobga olgan holda iplarning egilishga, cho‘zilishiga qarshiligini baholash usuli ishlab chiqilgan;
kostyumbop mato uchun xom ashyo xossalarining qotirma mato yopishqoqligiga ta’siri tadqiq etilganda, yuqori darajadagi yopishqoqlik xususiyatini ta’minlovchi mato tarkibi ishlab chiqilgan;
matolarning egilishida o‘zgaruvchi omillarni maqsadli boshqarish yo‘li bilan matoning egilishdagi bikrligini aniqlashning yangi usuli yaratilgan;
mato tarkibi va o‘rilish usullari maqsadli boshqarilganda, uning xususiyatlari o‘zgarishini hisobga olgan holda yangi tarkibli qotirma mato va uni ishlab chiqarish texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
To‘qima tolaviy tarkibini o‘zgartirish hisobiga  belgilangan bikrlikka ega bo‘lgan yangi assortimentdagi  qotirma mato yaratish bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra:
qotirma mato iplarining egilishga, cho‘zilishiga qarshiligini baholash hamda egilishdagi bikrligini aniqlashning yangi usullari va kostyumbop mato uchun yuqori darajadagi yopishqoqlik xususiyatini ta’minlovchi mato tarkibi “O‘ZTO‘QIMAChILIKSANOAT” uyushmasiga qarashli korxonalarda, xususan, Namangan shahridagi “DUBLIRIN” MChJ korxonasida joriy qilingan (“O‘ZTO‘QIMAChILIKSANOAT” uyushmasining 2020 yil 25 fevraldagi 04/18-622-son ma’lumotnomasi). Natijada, import o‘rnini bosuvchi, amaldagi qotirma matolarga nisbatan egilishga bikrligi 55–65% yuqori bo‘lgan qotirma mato olish imkoniyati yaratilgan;  
yangi tarkibli qotirma mato va uni ishlab chiqarish texnologiyasi “O‘ZTO‘QIMAChILIKSANOAT” uyushmasiga  qarashli korxonalarda, xususan, Namangan shahridagi “Natural fabriks Tekstil” xususiy korxonasida joriy qilingan (“O‘ZTO‘QIMAChILIKSANOAT” uyushmasining 2020 yil 25 fevraldagi 04/18-622-son ma’lumotnomasi). Natijada, 100 metr qotirma matoga ip sarfini 450,0 grammdan 425,6 grammga, 1 metr matoga arqoq sarfini 2,26 grammdan 2,016 grammga, 1 m2 to‘qima og‘irligini 4,5 grammdan 4,256 grammga kamaytirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish