Gafurov Baxtiyor Zakirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Otning segment fonostilistikasi tavsifining qiyosiy-chog‘ishtirma o‘rganilishi (rus, o‘zbek, ingliz tillari materiallari asosida)», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fil849.
Ilmiy rahbar: Qambarov Nosir Mansurovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Qosimova Nafisa Farhodovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD); Saparova Qunduz Otaboevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: rus, o‘zbek va ingliz tillaridagi otlar segment fonostilistik variantlarining o‘xshash va farqli jihatlarini qiyosiy-tipologik aspektda aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
fonostilistikaning segment (tovush va tovush birliklari) yo‘nalishi kesimida rus, o‘zbek va ingliz tillaridagi fonostilistik xususiyatlarning so‘z variantlari yasalishida unli va undosh fonemalarning o‘rin almashishi kabi umumiy va so‘z yasovchi qo‘shimchalarning ishtiroki kabi xususiy  tipologik qirralari asoslangan;
ilk bor rus, o‘zbek va ingliz tillari lug‘atlaridagi otlar segment  fonovariantlarining badiiy adabiyotda tarixiy davr, ijtimoiy mavqe, yoshdagi tafovut, psixologik jarayon kabi holatlarni ifodlashda stilistik bo‘yoq kasb etishi sifat va miqdor aspektlarda aniqlangan;
uchala tildagi otlar segment talaffuz variantlarining badiiy adabiyot va publisistikada qo‘llanishining stilistik tavsifi, qo‘llanish konteksti va nutq vaziyati ta’sirida  vazifa almashinuvi sodir bo‘lishi isbotlangan;
rus, o‘zbek va ingliz tillari lug‘atlari pometalarida keltirilgan  otlar fonovariantlarining badiiy nutq, sodda so‘zlashuv, publisistik kabi uslublarga xos talaffuz me’yorlarining neytral, sub’ektiv, kontekstual shakllanish xususiyatlari va ularning birlamchi va ikkilamchi qo‘llanish sohalari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Otning segment fonostilistikasi tavsifining qiyosiy-chog‘ishtirma o‘rganilishi bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida:
rus, o‘zbek va ingliz tillaridagi otlarning bir-biridan stilistik bo‘yoqdorligi bilan farq qiluvchi segment variantlari tasnifiga oid xulosalardan F1-XT-0-19919 raqamli “O‘zbek mifologiyasi va uning ma’rifat rivojidagi o‘rni” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 7 oktyabrdagi 89-03-3769-son ma’lumotnomasi). Natijada rus, o‘zbek va ingliz tillarida ot fonovariantlarining og‘zaki nutq va badiiy adabiyotda qo‘llanilish mohiyati, ularning o‘ziga xos stilistik bo‘g‘yoqga ega ekanligiga aniqlik kiritilgan;
so‘zning fonematik tarkibini o‘zgartirish va tovushlarni qayta tartibga solish orqali farqlanadigan otlar fonovariantlarining tahliliga oid xulosalardan D.A.Abdullaeva va Sh.X Samieva hammuallifligidagi “Rus tili (o‘qituvchilar, akademik lisey va kollej o‘quvchilari uchun)” darsligini yozishda; M.B.Fayzullaev, N.N.Roziqova va boshqalar hammuallifligida tayyorlangan “O‘zbek adabiyoti bolalar uchun (rus tili ta’lim yo‘nalishidagi maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari va talabalari uchun)” darslikni yozishda asos bo‘lib xizmat qilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 7 oktyabrdagi  89-03-3769-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy ish materiali bilan o‘quv qo‘llanmalarining illyustrativ va grammatikaga bog‘liq qismlari mazmuni boyitilgan;
tilning tipologik xususiyatlari variantlarining turlari va  o‘ziga xos xususiyatlari, rus tilining flektiv xarakterga ega bo‘lganliga va morfologik variantlarda rod kategoriyasiga tegishli variantlarning mavjudligi bilan bog‘liq xulosalardan Buxoro shahridagi “Rus madaniy markazi”da (RMM) Buxoro viloyatidagi umumta’lim maktablari, lisey va kollej o‘qituvchilari uchun “Rus tilshunosligidagi segment fonostilistikasini o‘rganishning dolzarb muammolari” (2019 yil 12 sentyabr`) mavzusida seminar o‘tkazishda fonetika va stilistika bo‘yicha ilmiy ishning nazariy asoslaridan foydalanildi (“O‘zbekiston rus madaniy markazi”ning 2019 yil 24 dekabrdagi 02-213-son ma’lumotnomasi). Natijada Buxoro viloyatidagi umumta’lim maktablari, lisey va kollej o‘qituvchilari olgan ko‘nikma va bilimlar rus tilining fonetikasi va stilistikasini o‘qitish uchun asos bo‘lib xizmat qilish imkoni yaratilagan;
rus, o‘zbek va ingliz tillari segment fonovariantlarini etimologik jihatdan qiyosiy tahlil qilish va har bir tilda milliy-konseptual va til-nutq xususiyatlarining mavjudligi tahliliga doir xulosalardan “O‘zbekiston” telekanalining “Bedorlik”, “Adabiy jarayon”, “Til va taraqqiyot” ko‘rsatuvlarini tayyorlash jarayonida, suhbat uyushtirilib, televizion dasturlarning mazmuni ot fonovariantlariga doir stilistik faktlar bilan boyitilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2019 yil 21 oktyabrdagi 04.04-2174-son ma’lumotnomasi). Natijada tomoshabinlarga tilni rivojlantirishda rus, o‘zbek va ingliz tillari otlari segment fonostilistik fonovariantlarining ahamiyati va roli to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar berish orqali ko‘rsatuvlar saviyasining oshirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish