Naurizov Toxtamis Qidirbergenovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi  himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘iston sharoitida qoramol go‘shti ishlab chiqarishni takomillashtirish», 06.02.03 – Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Qx432.
Ilmiy rahbar: Kaxarov Abdusattor, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qorako‘lchilik va cho‘l  ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/30.12.2019.Qx.75.01. 
Rasmiy opponentlar: Dosmuxamedova Muxayyo Xusniddinovna, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, dotsent; Amirov Shavkat Qo‘ziboevich, qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand veterinariya medisinasi instituti Nukus filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sof holda urchitilayotgan qora-ola va qizil cho‘l zotlari hamda golshtin zoti bilan chatishtirish natijasida olingan duragay buqachalarni o‘zining iqlimi, ekologik holati bilan boshqa viloyatlardan keskin farq qiladigan Qoraqalpog‘iston hududi sharoitida go‘sht mahsuldorligi va ushbu ko‘rsatkichlarga har xil omillarning ta’sirini aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpog‘iston sharoitida har xil zot va ularning duragaylarining genotipidan foydalanib, qoramol go‘shti ishlab chiqarishni takomillashtirishning samarali usullari ishlab chiqilgan;
har xil genotipli buqachalarning o‘sishi, rivojlanishi, ozuqani mahsulot bilan qoplash xususiyatlari va buqachalarning go‘sht mahsuldorligi potensialidan to‘liq foydalanish imkoniyatlari aniqlangan;
turli genotipli buqachalarning maqbul so‘yish yoshi hamda go‘shtning morfologik va kimyoviy tarkibi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida qoramol go‘shti ishlab chiqarishni  takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
sof zotli qora-ola va qizil cho‘l zotli sigirlardan hamda ularni golshtin zoti bilan, chatishtirishdan olingan duragay buqachalarning o‘sish, rivojlanish, bo‘rdoqilanish xususiyatlari, so‘yim ko‘rsatkichlari, go‘sht mahsuldorligi va go‘shtning sifatini yaxshilash bo‘yicha ishlab chiqilgan usullar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanidagi “Maqsud” fermer xo‘jaligida joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 08 iyuldagi 03/018-1596-son ma’lumotnomasi). Natijada buqachalarning so‘yishdan oldingi tirik vazn II va IV tajriba guruhidagi hayvonlarda 18 oyligida III guruhdagi buqachalarga nisbatan mos ravishda 33,8 va 15,6 kilogramm, 21 oyligida tegishlicha 46,4 va 23,2 kilogramm, bo‘laklangan go‘sht og‘irligi esa 18 oyligida mos ravishda 21,8 va 7,8 kilogramm, 21 oyligida 29,8 va 14,0 kilogramm ko‘p bo‘lib lahm go‘sht miqdori 18 oylikda mos ravishda 12,5 va 6,0 kilogramm; 21 oylikda 17,3 va 7,5 kilogramm yoki 1412 ming so‘mdan 1943 ming so‘mga oshirish imkoniyati paydo bo‘lgan.
qora-ola zotli qoramollardan go‘sht ishlab chiqarish va ularning mahsuldorlik xususiyatlarini yaxshilashning takomillashtirilgan texnologiyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanidagi “Xayot” fermer xo‘jaligida joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 08 iyuldagi 03/018-1596-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘rdoqilangan buqachalarning 18 oyda tirik vazni xo‘jalik sharoitida so‘qimlangan buqachalarning o‘rtacha ko‘rsatkichidan 10-15 kilogrammga yuqori bo‘lib, 1 bosh buqachadan olingan sof foyda 1098-1340 ming so‘mni tashkil etgan;
golshtinlashtirilgan birinchi bo‘g‘in qora-ola va qizil-cho‘l zotli buqachalarning 18 va 21 oyligida maqbul bo‘lgan tirik vazni hamda tashqi muhit omillariga bog‘liqlikda bo‘lgan seleksion belgilarini takomillashtirish va ularning so‘yim ko‘rsatkichlarini yaxshilash va go‘shtning sifatini oshirish texnologiyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanidagi  “Sarvar nasl chorva” qoramolchilik fermer xo‘jaligida joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 08 iyuldagi 03/018-1596-son ma’lumotnomasi). Natijada duragay buqachalardan olingan sof foyda 18 oyligida 1 bosh buqachadan mos ravishda 1291-1337 ming so‘mni, bu ko‘rsatkich 21 oyligida esa 1436-1596 ming so‘mni tashkil etgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish