Klichev Zafar Safarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qizilqum zavod tipidagi sur qorako‘l qo‘ylari mahsuldorligini oshirishning ilmiy-amaliy asoslarini takomillashtirish», 06.02.03 – Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Qx219.
Ilmiy rahbar: Boboqulov Nasillo Asadovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/30.12.2019.Qx.75.01.
Rasmiy opponentlar Xolmirzaev Do‘stmuxammad Xolmirzaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Tursunov Xayrullo Sharofiddinovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qizilqum regionida yaratilgan sur rangli qorako‘l qo‘ylarining yangi Qarnabcho‘l iqlim sharoitida biologik, mahsuldorlik va irsiy xususiyatlarini shu zonada azaldan urchitiladigan qora rangli qorako‘l qo‘ylari ko‘rsatkichlari bilan qiyoslab o‘rganish asosida, sur qo‘ylar salohiyatidan foydalanishning samarali yo‘llarini aniqlash orqali ularning mahsuldorligini oshirishning ilmiy - amaliy asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qarnabcho‘l ekologik sharoitida “Qizilqum” zavod tipidagi sur qorako‘l qo‘ylarining mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini oshirishning ilmiy-amaliy asoslari takomillashtirilgan;
sur qorako‘l qo‘ylari va ular avlodlarining o‘sish, rivojlanish dinamikasi parametrlari aniqlangan;
qizilqum zavod tipidagi sur qorako‘l qo‘ylarining konstitusional xususiyatlariga ilmiy asoslangan holda tavsif berilgan;
sur qorako‘l qo‘ylar avlodlarida muhim barra – teri belgilarining namoyon bo‘lish xususiyatlari va darajalari aniqlangan hamda ulardan samarali foydalanish usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qizilqum zavod tipidagi sur qorako‘l qo‘ylari mahsuldorligini oshirishning ilmiy-amaliy asoslarini takomillashtirish yo‘nalishida Qarnabcho‘l sharoitida olib borilgan tadqiqotlar natijasida:
yangi ekologik sharoitda “Qizilqum” zavod tipidagi sur qo‘ylarning seleksion ko‘rsatkichlarini o‘rganish asosida ularning mahsuldorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan echimlar Samarqand viloyati, Nurobod tumani “Saxoba ota qorako‘l nasl” MChJda joriy etilgan (“Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining 2020 yil 07 iyuldagi 02/23-980 son ma’lumotnomasi). Natijada qo‘ylarning irsiy salohiyati takomillashtirilib, bir dona qorako‘l terisini sotish narxi 10,2 ming so‘mga, rentabellik darajasi 24,5 foizga oshgan;
yangi ekologik sharoitda qo‘ylar barra-teri ko‘rsatkichlarining naslga berilish darajalaridan foydalanish usuli Samarqand viloyati Nurobod tumani “Tutli qorako‘l zamini” MChJda joriy etilgan (“Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining 2020 yil 07 iyuldagi 02/23-980 son ma’lumotnomasi). Natijada avlodlarda qimmatli seleksion belgilarning namoyon bo‘lishi 10-15 foizga yaxshilanib, 1 dona qorako‘l terisini sotish narxi 9,8 ming so‘mga, rentabellik darajasi esa 20,2 foizga oshgan;
yangi ekologik sharoitda sur rangli qorako‘l qo‘zilarining o‘sish va rivojlanishini o‘rganish asosida ularning ushbu salohiyatidan samarali foydalanish usuli Samarqand viloyati, Paxtachi tumani “Qarnab ota” MChJda joriy etilgan (“Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining 2020 yil 07 iyuldagi 02/23-980 son ma’lumotnomasi). Natijada qo‘ylar tirik vaznining 3-5 kg, 1 bosh qo‘ydan olinadigan daromadning 50-70 ming so‘mga, rentabellik darajasining 22,0 foizga ortishi kuzatilgan.