Mamarajabova Zulfiya Narboevnaning
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Adabiy ta’lim jarayonida zaif eshituvchi o‘quvchilar nutqini rivojlantirish”, 13.00.03–Maxsus pedagogika(pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.DSc/Ped87.
Ilmiymaslahatchi: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Matchanov Sapo, pedagogika fanlari doktori, professor; Begmatov Abdulla Sirojiddinovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi adabiy ta’lim jarayonida zaif eshituvchi o‘quvchilar nutqini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
adabiy ta’lim jarayonida zaif eshituvchi bolalar nutqining rivojlanganlik mezonlari (badiiy asarni idrok qilish, o‘qigan asarlari haqidagi fikrlarini og‘zaki nutq vositasida bayon etish, bibliografik bilim, malakalarni egallash, kitobxonlik va adabiy-ijodiy faoliyat motivlari darajasi) pedagogik ko‘rsatkichlar asosida diagnostik va majmuaviy yondashuvlarorqali aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf zaif eshituvchi o‘quvchilar nutqini rivojlantirishning metodik ta’minoti integratsiyalashgan aloqalar (nutqni rivojlantirish, tasviriy faoliyat, atrof-olam bilan tanishuv, eshituv idrokini rivojlantirish, talaffuzga o‘rgatish) va loyihalash bosqichlari (matnlarning qiyosiy tahlili, qo‘lbola kitob nashri, fotoal`bom, ishchi daftar tayyorlash) faoliyatli-kompetensiyaviy yondashuvorqali takomillashgan;
adabiy ta’lim janrlari bo‘yicha kompetensiya qoidalari orqali innovatsion yondashuv asosida 1-5 sinf zaif eshituvchi o‘quvchilar nutqini rivojlantirishning didaktik ta’minoti ishlab chiqilgan;
kitobxonlik va adabiy-ijodiy faoliyatini shakllantirish orqali maqsadli, mazmunli, faoliyatli va baholash-natijaviy komponentlar bo‘yicha adabiy ta’lim jarayonida zaif eshituvchi o‘quvchilar nutqini rivojlantirishning korreksion-pedagogik modeli takomillashtirilgan;
adabiy ta’lim jarayonida zaif eshituvchi o‘quvchilar nutqini rivojlantirish texnologiyasi og‘zaki bayon qilish bosqichlari (tayyorlov, ta’lim beruvchi, mustaqil fikr-mulohazalar yuritish) shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv orqali takomillashgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Adabiy ta’lim jarayonida eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar nutqini rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
pedagogik ko‘rsatkichlar asosida diagnostik va majmuaviyyondashuvlarorqali aniqlashtirilgan adabiy ta’lim jarayonida zaif eshituvchi bolalar nutqining rivojlanganlik mezonlari (badiiy asarni idrok qilish, o‘qigan asarlari haqidagi fikrlarini og‘zaki nutq vositasida bayon etish, bibliografik bilim, malakalarni egallash, kitobxonlik va adabiy-ijodiy faoliyat motivlari darajasi)ga oid takliflardanITD-1-62 raqamli “Nogiron bolalarni tarbiyalashda oila, bog‘cha, maktab va mahalla hamkorligini ta’minlashning ilmiy-metodik asoslarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 iyuldagi 89-03-2433-son ma’lumotnomasi). Natijada, surdopedagog-mutaxassislar adabiy ta’lim jarayonini metodik tashkil etish hamda o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini uzluksiz oshirib borish mexanizmlari takomillashtirilgan;
integratsiyalashgan aloqalar (nutqni rivojlantirish, tasviriy faoliyat, atrof-olam bilan tanishuv, eshituv idrokini rivojlantirish, talaffuzga o‘rgatish) va loyihalash bosqichlari (matnlarni qiyosiy tahlili, qo‘lbola kitob nashri, fotoal`bom, ishchi daftar tayyorlash) faoliyatli-kompetensiyaviy yondashuv orqali takomillashgan boshlang‘ich sinf zaif eshituvchi o‘quvchilar nutqini rivojlantirishning metodik ta’minotiga oid takliflardan“Defektologiya” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Maxsus pedagogika (surdopedagogika)”, “Tabiatshunoslikni o‘qitish maxsus metodikasi” darsliklarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 4 oktyabrdagi 892-son buyrug‘i,892-005 raqamli guvohnoma hamda 2014 yil 9 iyundagi 220-son buyrug‘i, 220-008 raqamli guvohnoma). Natijada, adabiy ta’lim jarayonida badiiy so‘zni idrok etish, asar mazmunini mustaqil ijodiy bayon etish malakalari rivojlantirilgan;
adabiy ta’lim bo‘yicha kompetensiya qoidalari orqali innovatsion yondashuv asosida ishlab chiqilgan 1-5 sinf zaif eshituvchi o‘quvchilar nutqini rivojlantirishning didaktik ta’minotidan 3-sinf “Ona tili” (Xalq ta’limi vazirligi RTM Maxsus va inklyuziv ta’lim bo‘limining 2018 yil 2-sonli IMK qarori), 5-sinf “Nutq o‘stirish”, “Tabiatshunoslik” darsliklarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligi RTM Maxsus va inklyuziv ta’lim bo‘limining 2016 yil 2-sonli IMK qarori). Natijada, zaif eshituvchi o‘quvchilar nutqini rivojlantirish korreksion-pedagogik ish tizimini rivojlantirishga imkon yaratilgan;
kitobxonlik va adabiy-ijodiy faoliyatni shakllantirish orqali maqsadli, mazmunli, faoliyatli va baholash-natijaviy komponentlar bo‘yicha ishlab chiqilgan adabiy ta’lim jarayonida zaif eshituvchi o‘quvchilar nutqining rivojlantirishning korreksion-pedagogik modelidan ITD-1-61- raqamli “Defektologiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr va magistrlarni tayyorlash jarayoniga zamonaviy ta’lim modellari ta’sirini tadqiq etish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 iyuldagi 89-03-2433-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak surdopedagog-o‘qituvchilar metodik tayyorgarlik jarayonlari takomillashtirilgan;
og‘zaki bayon qilish bosqichlari (tayyorlov, ta’lim beruvchi, mustaqil fikr-mulohazalar yuritish) shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv orqali takomillashgan adabiy ta’lim jarayonida zaif eshituvchi o‘quvchilar nutqini rivojlantirish texnologiyasiga oid takliflardanITD-1-62 raqamli “Nogiron bolalarni tarbiyalashda oila, bog‘cha maktab va mahalla hamkorligini ta’minlashning ilmiy-metodik asoslarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 iyuldagi 89-03-2433-son ma’lumotnomasi). Natijada, eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar nutqini rivojlanganlik darajasini aniqlash va korreksiyalash imkoniyatlari oshgan.