Xoliqov Azamat Qaxramonovichning
fan doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarda huquqiy tafakkurni rivojlantirish texnologiyasi”, 13.00.03–Maxsus pedagogika (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Ped76.
Ilmiy rahbar: Muminova Lola Raximovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika unversiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Muxiddinova Feruza, yuridik fanlari doktori professor; Nurkel`dieva Dilbar Axmadovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Respublika xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning huquqiy tafakkurini rivojlantirish texnologiyasining metodik ta’minotini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning huquqiy tafakkurini rivojlantirish mazmuni jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning maxsus ta’limini tashkil etishga qo‘yiladigan talablarga kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish asosida aniqlashtirilgan;
ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda huquqiy fanlarni o‘qitishning metodik shartlari audio kazus va vaziyatlar tahliliga asoslangan adaptiv ta’lim muhiti (Smart learning) intensivligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning huquqiy tafakkurini rivojlantirish texnologiyasining tashkiliy-metodik komponenti huquqiy hujjatlarni tinglab tushunish va gapirishga asoslangan interfaol ta’limga (ishchan o‘yinlar) ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning huquqiy tafakkurini rivojlantirish bo‘yicha kompetensiyalar tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning huquqiy tafakkurini rivojlantirish bo‘yicha  olingan ilmiy natijalar asosida: 
ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning huquqiy tafakkurini rivojlantirish mazmuni, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning maxsus ta’limini tashkil etishga qo‘yiladigan talablarga kompetensiyaviy yondashuvni joriy etishga oid takliflardan ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari uchun “Huquqshunoslik” fani bo‘yicha Davlat ta’lim standarti va malaka talablari mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 7 iyundagi 89-03-2397-son ma’lumotnomasi). Natijada, ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida huquqshunoslik fanlarini o‘qitishda kompetensiyaviy yondashuv komponentlarini joriy etish samaradorligini oshirishga erishilgan;
ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda huquqiy fanlarni o‘qitishning metodik shartlari, audio kazus va vaziyatlar tahliliga asoslangan adaptiv ta’lim muhitini (Smart learning) intensivligini ta’minlash, ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning huquqiy tafakkurini rivojlantirishga doir amaliy tavsiyalardan ITD-1-62 raqamli “Nogiron bolalarni tarbiyalashda oila, bog‘cha, maktab va mahalla hamkorligini ta’minlashning ilmiy-metodik asoslarini yaratish”  nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 7 iyundagi 89-03-2397-son ma’lumotnomasi). Natijada, innovatsion yondashuv asosida maxsus maktablarda huquqshunoslik fanlarini o‘qitish samaradorligini oshirishga erishilgan;
o‘quvchilarning huquqiy tafakkurini rivojlantirishning metodik ta’minoti, Brayl tizimi va kompyuter texnologiyalarining uyg‘unligini ta’minlashga doir amaliy takliflardan huquqiy yo‘nalishdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar majmuasi, “Nogironlar qonun himoyasida” nomli qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ko‘zi ojizlar jamiyatining 2019 yil 26 iyundagi 1/01-462 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda ijtimoiy tarmoqlar va telefon orqali xuruj qilinadigan firibgarliklardan o‘z-o‘zini himoya qilish malakalarini rivojlantirish samaradorligi oshgan.
 
 
                                 
                                 
                                 
                                 
                                