Arapov Sherzod Dexkanbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Davlat tashqi siyosiy vazifalarini amalga oshirishda raqamli diplomatiyaning roli”. 23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2019.4.PhD/Ss47.
Ilmiy rahbar: Fayzullaev Alisher Omonullaevich, siyosiyfanlardoktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, DSc.11/30.12.2019.Tar/Yu/I/S/24.01.
Rasmiy opponentlar: Sultanova E’tibor Siddikovna, siyosiy fanlar doktori, professor;Xasanov Otabek Abdirashidovich, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli diplomatiya sohasida ilg‘or davlatlar tajribasiga tayangan holda O‘zbekiston Respublikasining diplomatiya sohasiga zamonaviy AKT imkoniyatlarini kengroq joriy etish, tashqi siyosiy faoliyatni innovatsion boshqaruvi jarayonida raqamli diplomatiya imkoniyatlarini tadbiq etishga doir amaliy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston raqamli diplomatiyasining shakllanish va rivojlanish bosqichlari hamda ustuvor yo‘nalishlari tizimli ravishda o‘rganildi, ushbu sohaning respublika xalqaro imijini mustahkamlashdagi o‘rni va roli ochib berildi;
Tashqi ishlar vazirligi hamda vazirlik tizimidagi tegishli idoralarda olib borilgan maqsadli o‘rganishlar natijasida milliy diplomatiyani raqamlashtirish va respublika raqamli diplomatiyasini yanada rivojlantirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar asoslab berildi;
tashqi siyosiy vazifalarni amalga oshirishda raqamli diplomatiya yo‘nalishidagi faoliyatga doir olib borilgan siyosiy tadqiqot natijalariga tayanib, Tashqi ishlar vazirligining raqamli diplomatiya sohasida salohiyatini baholash metodikasi ishlab chiqildi;
xorijiy va mahalliy tajribaning qiyosiy tahlili natijasida diplomatiyani raqamlashtirish darajasi hukumatlarning raqamli texnologiyalarni qabul qilish imkoniyati va raqamli jamiyatda shakllangan ekotizim singari omillar bilan bog‘liq ekanligi asoslab berildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Davlat tashqi siyosiy vazifalarini amalga oshirishda raqamli diplomatiyaning roli bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston raqamli diplomatiyasining shakllanish va rivojlanish bosqichlari hamda ustuvor yo‘nalishlari tizimli ravishda o‘rganildi, respublikaning xalqaro imijini mustahkamlashdagi o‘rni va roli ochib berilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi “Jahon” axborot agentligining 2018 yil 26 iyuldagi 274/18-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqotchi tomonidan ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalardan agentlikning axborot-tahlil materiallarini tayyorlash hamda xorijiy hamkorlar bilan turli darajadagi uchrashuvlar o‘tkazish jarayonida foydalanilgan.
Tashqi ishlar vazirligi hamda vazirlik tizimidagi tegishli idoralarda olib borilgan maqsadli o‘rganishlar natijasida milliy diplomatiyani raqamlashtirish va respublika raqamli diplomatiyasini yanada rivojlantirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi “Jahon” axborot agentligining 2018 yil 26 iyuldagi 274/18-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqotchining tashqi siyosiy faoliyatni axborot bilan samarali ta’minlash, maqsadli va turfa janrdagi axborot kompaniyalarini ishlab chiqish orqali axborot-tashviqot va axborot-tahliliy yo‘nalishdagi faoliyatni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarishda raqamli diplomatiya imkoniyatlaridan unumli foydalanish borasidagi taklif va tavsiyalari agentlik tomonidan sohadagi faoliyatni yo‘lga qo‘yishda inobatga olingan.
Tashqi siyosiy vazifalarni amalga oshirishda raqamli diplomatiya yo‘nalishidagi faoliyatga doir siyosiy tadqiqot natijalari asosida Tashqi ishlar vazirligining raqamli diplomatiya sohasida salohiyatini baholashning mualliflik metodikasi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2019 yil 2 avgustdagi 13/33123-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligining raqamli diplomatiya sohasida faoliyatini yanada takomillashtirish, tezkor tashqi siyosiy munosabat bildirish hamda raqamli diplomatiya bo‘yicha vazirlikning xalqaro reytingini yanada yaxshilash jarayonida foydalanilgan.
Diplomatiyani raqamlashtirish darajasi hukumatlarning raqamli texnologiyalarni qabul qilish imkoniyati va raqamli jamiyatda shakllangan ekotizim singari omillar bilan bog‘liq ekanligini tasdiqlovchi ilmiy xulosalar ishlab chiqilgan(O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2020 yil 05 fevraldagi 11-612-sonli dalolatnomasi). Natijada,tadqiqotchi tomonidan ilgari surilgan bir qator ilmiy xulosa va takliflar agentlikning Internet tarmog‘i, jumladan ijtimoiy tarmoqlar monitoringini olib borish va tahlil qilish, axborot xurujlariga tezkor munosabat bildirish hamda Internet tarmog‘ida tegishli davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga aloqador axborotlarni tarqatish bo‘yicha ishlarni tashkil etish jarayonida foydalanilgan.