Usmonov Vosid Muxammadievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Xo‘jalik shartnomalarini tuzish va rasmiylashtirishning huquqiy asoslarini takomillashtirish”, 12.00.03 - “Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro huquq” (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1PhD/Yu243.
Ilmiy rahbar: Oqyulov Omonboy, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, DSc.32/30.12.2019.Yu.74.01.
Rasmiy opponentlar: Muxammadiev Ayub Abduraxmonovich, yuridik fanlar doktori,  dotsent; Mehmonov Qambariddin Miradxamovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori  (RhD). 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qo‘mitasi Bojxona instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi xo‘jalik shartnomalarini tuzish va rasmiylashtirish bilan bog‘liq huquqiy muammolarni nazariy jihatdan o‘rganish, xo‘jalik shartnomalarini tuzish va rasmiylashtirishni amalga oshirishning huquqiy mexanizmini ishlab chiqish, ushbu sohada huquqni qo‘llash amaliyotini tahlil etish, bu boradagi tegishli qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektr energiyasi bir vaqtning o‘zida ishlab chiqarilishi va iste’mol qilinishi bilan tavsiflanadigan alohida tovar turi sifatida, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va energiya qurilmalari shu tashkilot tarmog‘iga bevosita ulangan iste’molchi o‘rtasida tuzilgan elektr ta’minoti shartnomasi asosida etkazib berilishiga doir takliflar ishlab chiqilgan;
elektr ta’minotining namunaviy shartnomasi «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan ishlab chiqilib,  Byuro, «O‘zenergoinspeksiya» hamda O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanishi asoslangan;
subiste’molchilar iste’molchilar bilan elektr ta’minoti shartnomasini hududiy elektr tarmoqlari korxonalari roziligiga asosan tuzishi, subiste’molchilarga o‘z tarmoqlari orqali elektr energiyasini etkazib beruvchi iste’molchilar subiste’molchilarning elektr energiyasi iste’molini hisobga olgan holda, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan elektr energiyasining umumiy (jami) miqdori bo‘yicha elektr ta’minoti shartnomasini tuzishi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Xo‘jalik shartnomalarini tuzish va rasmiylashtirishning huquqiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
elektr energiyasi bir vaqtning o‘zida ishlab chiqarilishi va iste’mol qilinishi bilan tavsiflanadigan alohida tovar turi sifatida, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va energiya qurilmalari shu tashkilot tarmog‘iga bevosita ulangan iste’molchi o‘rtasida tuzilgan elektr ta’minoti shartnomasi asosida etkazib berilishiga doir takliflar Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi 22-son Qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari”ning 18-bandida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 25 fevraldagi 12-18-4-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi xo‘jalik shartnomasi narsasi (predmeti)ni aniqlashga, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va iste’molchi o‘rtasida shartnoma tuzish orqali munosabatlarni samarali huquqiy tartibga solishga xizmat qilgan;
elektr ta’minotining namunaviy shartnomasi «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan ishlab chiqilishi va Byuro, «O‘zenergoinspeksiya» hamda O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanishiga doir takliflar Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi 22-son Qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari”ning 19-bandida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 25 fevraldagi 12-18-4-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi xo‘jalik shartnomasi namunaviy shaklini ishlab chiqish orqali huquqiy tartibga solishga xizmat qilgan;
elektr ta’minoti shartnomasi 2 nusxada tuzilishi, bir nusxasi iste’molchiga taqdim etilishi, ikkinchisi esa hududiy elektr tarmoqlari korxonasida qolishiga doir takliflar Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi 22-son Qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari”ning 20, 21-bandlarida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 25 fevraldagi 12-18-4-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi xo‘jalik shartnomasini tuzish, va iste’molchiga taqdim etish orqali uning huquqlarini ta’minlashga xizmat qilgan;
subiste’molchilar iste’molchilar bilan elektr ta’minoti shartnomasini hududiy elektr tarmoqlari korxonalari roziligiga asosan tuzishi, subiste’molchilarga o‘z tarmoqlari orqali elektr energiyasini etkazib beruvchi iste’molchilar subiste’molchilarning elektr energiyasi iste’molini hisobga olgan holda, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan elektr energiyasining umumiy (jami) miqdori bo‘yicha elektr ta’minoti shartnomasini tuzishga doir takliflar Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi 22-son Qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari”ning 22-bandida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 25 fevraldagi 12-18-4-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi subiste’molchilar va elektr ta’minoti tashkilotlari o‘rtasidagi munosabatlarni samarali huquqiy tartibga solishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish