Mamajonov Muxammadjon Yusubjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Antroponimlar diskurs relevanti sifatida», 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2PhD/Fil.1030.
Ilmiy rahbar: Muminov Sidiqjon Mirsobirovich filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Uluqov Nosirjon Muhammadalievich, filologiya fanlari doktori, professor; Pardaev Azamat Baxronovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: o‘zbekona muloqotda qo‘llaniladigan antroponimlarning diskurs relevanti sifatidagi uslubiy-funksional, semantik hamda kommunikativ xususiyatlarini tadqiq etishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mavzuning ilmiy-nazariy asoslari diskurs, diskurs komponentlari va relevant tushunchalari asosida yoritilgan;
o‘zbek tilidagi antroponimlarning diskurs relevanti sifatida namoyon bo‘luvchi aksiologik, affektiv, vokativ, volyutativ, deyktik, semiotik, shuningdek, atash, farqlash, emotsional-ekspressiv singari qator uslubiy-funksional va assotsiativ jihatlari yoritilgan;
antroponimlarga xos milliy, diniy, falsafiy, etnik, magik va ijodiy motivatsiyalar, shuningdek, antroponimik indikatorlarga xos semantik va funksional jihatlar tizimli dalillangan;
antroponimlarning badiiy diskurs relevanti sifatida kinoya effekti,  yumoristik ruh, salbiy sub’ektiv baho munosabati, personaj nom antinomiyasi, allyuziv nom, onomastik metafora, intertekstuallik, mazmunning ixchamligi va serqatlamliligi, tashbeh va qiyos, o‘xshatish etaloni, tajnis, ishtiqoq, assotsiativlik, ekspressivlik, “so‘zlovchi nom” va ramziylikni ifodalovchi vosita sifatida 20 dan ziyod funksional-uslubiy xususiyatlari aniqlangan va dalillangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Antroponimlarning diskurs relevanti sifati bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida:
antroponimlarning yuzaga kelish sabablari, unga yondosh hodisalar, nutqda qo‘llanishi yuzasidan berilgan takliflardan 2013-2014 yillarda bajarilgan I-2013-57-raqamli “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishning muvofiqlashtirish qo‘mitasi Farg‘ona viloyat hududiy innovatsiya faoliyati va texnologiyalar transferi” fundamental ilmiy-tadqiqot loyihasining “Ijtimoiy ekologiya muammolari” yo‘nalishida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 15 iyundagi 89-03-2057-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ijtimoiy ekologiya muammolari doirasida antroponimlarning yuzaga kelish sabablari aniqlangan va unga yondosh hodisalardan farqlangan, nutqda to‘g‘ri qo‘llanishi yuzasidan ma’lum samaraga erishish imkonini yaratgan;
muloqot jarayonida, dialogik nutqda, badiiy diskursda qo‘llangan antroponimlarning ilmiy-tadqiqot natijalaridan 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi OT-F1-100 raqamli “Imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy-madaniy faoliyatining badiiy-ijodiyot vositalari asosida nazariy va amaliy takomillashuvi” nomli fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 15 iyundagi 89-03-2057-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyiha doirasida “Shaxs va qadriyat” nomli monografiyada qo‘llanilgan kishi ismlari(antroponimlar)ning lingvistik tabiatini muvofiqlashtirishga erishilgan;
antroponimlarning diskurs relevanti sifatidagi materiallaridan  “O’zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik” dasturida hamda "Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon” eshittirishlarining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan. (“O’zbekiston” teleradiokanalining 2020 yil 7 iyuldagi O’z-RK-17/75-conli ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilarning antroponimlar nomlovchilar sirasida o‘ziga xos xususiyatlarini namoyon etishi, ism qo‘yish odobi va madaniyati haqida atroflicha ma’lumotlarga ega bo‘lishlarida muhim ahamiyat kasb etgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish