Xoldarova Irodaxon Valijonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek tilidagi generonimlarning lingvopragmatik tadqiqi», 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fil650.
Ilmiy rahbar: Iskandarova Sharifa Madalievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Nabieva Dilora Abduhamidovna filologiya fanlari doktori, professor; Sobirov Abdulhay Shukurovich filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: o‘zbek tili generonimlarini semantik tadqiq qilish asosida bu leksemalarning leksik makrosistemadagi o‘rnini belgilash, ularning nutqda qo‘llanilishi hamda o‘zbek milliy madaniyatiga xos lingvopragmatik xususiyatlarini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilidagi nasl, avlod, bo‘g‘in; tug‘ilish, yuzaga kelish, paydo bo‘lish; yuzaga keltirish ma’nolari bilan bog‘liq «yaralish» semali generonimlarning muayyan paradigmaga birlashish asoslari va invariant-variant munosabatlari aniqlangan;
generonimlar bilan sintagmatik munosabatga kirishuvchi tug‘moq, qo‘zilamoq, qulunlamoq, tuxum ochmoq, ko‘paymoq singari birliklarning mazmuniy belgilari orqali ularning valentliklari ochib berilgan;
«yaralish» semali homilador, bo‘g‘oz, tug‘ilmoq, bola, ona, sut kabi birliklarning assotsiativ va antisemik munosabatlari yoritilgan;
generonimlarning pragmatik xususiyatlari badiiy va ilmiy uslublardagi o‘rni orqali ko‘rsatib berilgan;
generonimlarning evfemizmlar, iboralar, maqollar va topishmoqlar bilan munosabati ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek tilidagi generonimlarning lingvopragmatik tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
ilmiy-tadqiqot ishidagi umumxalq tili materiallari, xalq maqollari, topishmoqlariga xos so‘zlardan foydalanishga oid nazariy qarashlar, amaliy tavsiyalar va ilmiy xulosalardan 2011-2012 yillarda bajarilgan I-2011-13-4 raqamli «Tarbiyachilarni pedagogik faoliyatga tayyorlash» nomli innovasion loyiha doirasida tayyorlangan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 15 iyundagi 89-03-2054-son ma’lumotnomasi). Natijada tarbiyaviy ish texnologiyasini yaratish, ta’lim-tarbiya jarayonidagi innovasion usullarni samarali yo‘lga qo‘yishda so‘zlardan to‘g‘ri foydalanishga erishilgan, zaruriy o‘rinlarda ularning o‘zbekcha muqobiliga almashtirishda foydalanish imkoni yaratilgan;
o‘zbek tilidagi generonimlarning lingvopragmatik tahliliga doir nazariy qarashlar, amaliy tavsiyalardan 2015-2017 yillarda bajarilgan A-1-099 raqamli «O‘zbekistonning barqaror strategik taraqqiyotida fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish va ma’naviy-axloqiy xavfsizligini ta’minlash konsepsiyalarining ahamiyati» nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 15 iyundagi 89-03-2054-son ma’lumotnomasi). Natijada iboralar, maqollar va evfemik vositalardan o‘rinli foydalanishga erishilgan.
Dissertasiya ishi natijalaridan Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining 2018-2019 yillarda «Ochiq muloqot», «Dolzarb mavzu», «Zamondosh», «Qadriyat», «Ma’naviyat – qalb ko‘zgusi», «Kun mavzusi», «Farg‘ona – 24» ko‘rsatuvlarida keng foydalanilgan (Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining 2020 yil 10 iyuldagi 228-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuv uchun tayyorlangan materiallarning ta’sirchanligi, rang-barangligi ortgan, mazmunan mukammallashgan, ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan.