Xashimova Saboxat Abdullaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hozirgi xitoy tilida reduplikatsiya, affiksatsiya va konversiya”, 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/Fil92.
Ilmiy maslahatchi: Sodiqov Qosimjon Pozilovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Tar.21.
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Ablat, tarix fanlari doktori; Alimova Xolida Zikrillaevna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Lutfullaeva Durdona Esonovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Hozirgi xitoy tili so‘z turkumlarida affiksatsiya, reduplikatsiya va konversiya hodisasi, ularning yasalish modellari, mazkur so‘z yasalishi vositasida hosil bo‘lgan so‘zlarning morfologik, funksional-stilistik xususiyatlarini tahlil qilish va o‘rganish, so‘z yasalishidagi imkoniyatlar, imkoniyatdagi cheklanishlarni aniq belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xitoy tili leksikasining ichki imkoniyatlar asosidagi rivojida affiksal va yarimaffiksal so‘z yasalishi, reduplikatsiya hamda konversiyaning o‘rni asoslangan;
reduplikatsiya, affiksatsiya va konversiya doirasida turli so‘z turkumiga oid so‘zlarning yasalishidagi mahsulli / mahsulsizlik, sermahsul / kammahsullikning sabab va qonuniyatlari so‘z yasalishi imkoniyati bilan bog‘liqligi isbotlangan;
hozirgi xitoy tilida suffikslarning 17 sinonimik qatori, prefikslarning esa 9 sinonimik qatori aniqlangan hamda suffiksatsiyaning mahsuldor, prefiksatsiyaning esa kammahsulligi dalillangan;
xitoy tilidagi mahsuldor yasovchi vositalar orasida ot, fe’l, sifat yasovchi yarimaffikslarning faollashuvi tilda aniqlikka intilish va til vositalarini iqtisod qilish talabi bilan yuzaga kelgani isbotlangan bo‘lib, bunda 里, 一, 儿 yarimaffikslar reduplikatsiya va konversiya vositasida hosil bo‘lgan so‘zlar tarkibida ham mavjudligi dalillangan;
hozirgi xitoy tilida 不 va 所 morfemalari affikslar qatoriga oidligi aniqlanib, ot turkumiga oid so‘zlarning yasalishida 不 ham prefiks, ham infiks, 所 faqat prefiks sifatida qo‘llanishi dalillangan.
hozirgi xitoy tilida postfiks, interfiks, transfiks va ambifiks yo‘qligi, konfiks va sirkumfikslarning mavjudligi aniqlangan hamda turli xil so‘z turkumlariga oid bo‘lgan affiksatsiya (135 ta), reduplikatsiya (15 ta) va konversiyaning (15 ta) yangi modellari aniqlangan;
hozirgi xitoy tilida reduplikatsiya, affiksatsiya va konversiya boshqa so‘z yasalish usullariga qaraganda so‘z qo‘shish usulidan keyin mahsuldorligi aniqlangan, shuningdek, ma’lum so‘zlarning yasalishi aynan shu uchta so‘z yasalish usuli vositasida amalga oshishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Hozirgi xitoy tilida reduplikatsiya, affiksatsiya va konversiya tadqiqoti yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
tadqiqotda ko‘rsatilgan hozirgi xitoy tilida diaxron so‘z yasalishi tadqiqiga oid ilmiy-nazariy natijalardan OT-A1-018 “O‘zbek tili va uning tarjimasi bilan bog‘liq elektron va bank-moliya terminlarining ko‘p tilli lug‘atlarini yaratish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 15 iyundagi 89-03-2058-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan material lug‘atni boyitishda, terminlar yasalishini o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rib chiqishga xizmat qilgan;
hozirgi xitoy tilida qo‘shma so‘zlar va ularning tasnifi bilan bog‘liq tahlil natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat Test markazida «Chet tilini bilish bo‘yicha davlat sertifikati» taqdim etilishi ko‘zlanilgan «Xitoy tili darajasini bilishga oid bo‘lgan testlar» tuzishda, shuningdek, xitoy tilida kompetentlik darajasini bilishga qaratilgan og‘zaki va yozma vazifalarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat Test markazining 2020 yil 20 martdagi 03-03/15-son ma’lumotnomasi). Natijada, hozirgi xitoy tili so‘z yasalishida diaxron so‘z yasashning sintaktik, morfologik, fonetik, stilistik va sintetik usullari yordamida so‘zlarning yasalish modellari testlarda keng foydalanish imkoni yaratilgan;
tadqiqotda ko‘rsatilgan reduplikatsiya, affiksatsiya va konversiya vositasida so‘zlarni yasalish xususiyatlari, tarjima qilishga oid fikr va xulosalardan PZ-201709134-sonli «Filologiya yo‘nalishi bo‘yicha ingliz tilini o‘rganish baholash sifatining shakl va tamoyillariga yangicha yondashuv» mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 15 iyundagi 89-03-2058-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar chet tilini o‘rganishda intralingvistik va ekstralingvistik omillar ta’sirida hosil bo‘lish usullarining o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rib chiqishga xizmat qilgan;
hozirgi xitoy tilida affiksal so‘z yasalishiga doir ilmiy-nazariy natijalardan Xitoy Xalq Respublikasining Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi Minzu University of China 中央民族大学 oliygohida «Tilshunoslik», «Chet tilida so‘z yasalishi», «Linvokul`turologiya» fani bo‘yicha testlar tuzishda, shuningdek, chet tilida kompetentlik darajasini bilishga qaratilgan og‘zaki va yozma vazifalarda foydalanilgan (Xitoy Xalq Respublikasining Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi Minzu University of China 中央民族大学 oliygohining 2020 yilning 15 martdagi 03-15-son ma’lumotnomasi). Natijada, hozirgi xitoy tilida turli so‘z turkumlariga oid so‘zlarning affiksatsiyaga oid bo‘lgan modellaridan testlarda foydalanilgan;
hozirgi xitoy tilida reduplikatsiya tadqiqiga doir ilmiy-nazariy natijalardan O‘zbek-Xitoy Konfusiy institutining xitoy tili darslari jarayonlarida keng foydalanilgan (O‘zbek-Xitoy Konfusiy institutining 2020 yil 25 yanvardagi 1-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar so‘zlar tarjimasidagi chalkashliklarni echish, o‘zbek tiliga mos bo‘lmagan xitoycha terminlarni tarjima qilish orqali o‘quvchilarga oson etkazish, qolaversa, xitoy tili leksikaning yasalish yo‘llari tushuntirishda xizmat qilgan; 
hozirgi xitoy tilida konversiya haqidagi ilmiy-nazariy xulosalardan Rossiya Federatsiyasining Kazan (Privoljskiy) Federal universitetida «Chet tilini bilish bo‘yicha davlat sertifikati» taqdim etilishi ko‘zlanilgan «Xitoy tili darajasini bilishga oid bo‘lgan testlar» tuzishda, shuningdek, xitoy tilida kompetentlik darajasini bilishga qaratilgan og‘zaki va yozma vazifalarda foydalanilgan (Rossiya Federatsiyasining Kazan (Privoljskiy) Federal universitetining 2020 yilning 22 yanvaridagi 04-09/99-son ma’lumotnomasi). Natijada, hozirgi xitoy tilida konversiya oid bo‘lgan modellari, vujudga kelgan so‘z shakllarini tarjima xususiyatlari testlarda foydalanilgan;
tadqiqotda ko‘rsatilgan hozirgi xitoy tilida reduplikatsiya, affiksatsiya va konversiya yordamida so‘zlarni va so‘z birliklarni tarjima qilishga oid fikr va xulosalardan Xitoy Xalq Respublikasi Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi Shimoliy-G‘arbiy Millatlar universitetining «乌兹别克民族来源历史» «O‘zbek xalqining kelib chiqish tarixi» mavzuidagi xalqaro ilmiy fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Xitoy Xalq Respublikasi Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi Shimoliy-G‘arbiy Millatlar universitetining 2019 yil 4-dekabrdagi 01-01-son ma’lumotnomasi). Natijada, taqdim etilgan material kitob mazmunini boyitishda, leksikani tarjima qilishda foydalanilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish