Gafurov Aziz Tulkunovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Shisha sanoati mahsulotlarini differensiatsiyalash strategiyalarini ishlab chiqish (O‘zbekiston shisha korxonalari misolida)», 08.00.13 – Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Iqt763. 
Ilmiy rahbar: Yo‘ldoshev Nuritdin Kurbanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01. 
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Nosir Maxmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Isaev Ravshan Abduraxmonovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura va qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi shisha sanoati korxonalarida mahsulotlarni differensiatsiyalash strategiyalarini shakllantirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shisha sanoati mahsulotlarini differensiatsiyalash strategiyasi shisha idishlar rangining tiniqligi va shaklining originalligini ta’minlash jarayonlarini eng muhim omil sifatida yondashuv orqali takomillashtirilgan;
shisha idishlaridan foydalanuvchi muayyan biznes turlarining o‘ziga xos xususiyatlari va shartlariga muvofiq ravishda original shakldagi mahsulotni taqdim etish orqali shisha mahsulotlari ishlab chiqarish jozibadorligini oshirish taklifi asoslangan;
shisha sanoati korxonalari faoliyati samaradorligini oshirishda mahsulotlar sifatiga qo‘yilgan talablar bilan bir qatorda idish sig‘im hajmlari har xilligini tabaqalashtirish strategiyalarini ishlab chiqish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi asoslangan;
shisha mahsulotlari diversifikatsiyasi maqbul darajasini ta’minlash orqali tarmoq ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini oshirish differensiatsiyalash strategiyasining muhim yo‘nalishi sifatida asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Raqobat sharoitlarida shisha sanoati mahsulotlarini differensiatsiyalash strategiyalarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
iqtisodiy jihatdan shisha idishlar rangining tiniqligi va shaklining originalligi ushbu tarmoq muvaffaqiyatining muhim omillari sifatida belgilanishi shisha sanoati korxonalari, xususan “ASL OYNA” MChJ shisha kompaniyasi faoliyatida tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 17 martdagi 6-3-1/22/6-94-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi “ASL OYNA” MChJ tovar mahsuloti hajmini 4% ga oshirish imkonini bergan;
shisha idishlaridan foydalanuvchi muayyan biznes turlarining o‘ziga xos xususiyatlari va shartlariga muvofiq ravishda original shakldagi mahsulotni taqdim etish orqali shisha mahsulotlari ishlab chiqarish jozibadorligini oshirish taklifidan “ASL OYNA” MChJ shisha kompaniyasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 17 martdagi 6-3-1/22/6-94-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalarning “ASL OYNA” MChJda amaliyotga tadbiq etilishi natijasida mahsulot turlari kengaytirilgan va sof foyda hajmi oshgan holda, qo‘shimcha ravishda yangi ish o‘rinlarini yaratish imkonini bergan;
shisha sanoati korxonalari faoliyati samaradorligini oshirish uchun mahsulotlar sifatiga qo‘yilgan talablar bilan bir qatorda idish sig‘im hajmlarining har xilligini tabaqalashtirish strategiyalarini ishlab chiqish taklifi “ASL OYNA” MChJ shisha kompaniyasi faoliyatida tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 17 martdagi 6-3-1/22/6-94-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga tadbiq etilishi natijasida, “ASL OYNA” MChJ 3-shishasozlik pechini ishga tushirish va shisha idish mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini yiliga 17800 ming shartli birlikka oshirish imkoni yaratilgan;
shisha mahsulotlari diversifikatsiyasi maqbul darajasini ta’minlash orqali tarmoq ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini oshirish taklifi  shisha sanoati korxonalari, xususan “ASL OYNA” MChJ shisha kompaniyasi faoliyatida tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 17 martdagi 6-3-1/22/6-94-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi “ASL OYNA” MChJ ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini 29% ga oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish