Abdraimova Barno Baxtiyarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarini tayyorlashda pedagogik diagnostika metodikasini takomillashtirish», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (matematika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped512.
Ilmiy rahbar: Magrupov Abdulla Maxmudovich, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: I.M. Gubkin nomidagi (MTU) Rossiya davlat neft` va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: I.M. Gubkin nomidagi (MTU) Rossiya davlat neft` va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.T/Ped.99.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmanqulova Nargiz Xodjakbarovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Ergasheva Gulruxsor Surxoniddinovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarini tayyorlashda pedagogik diagnostika metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarini tayyorlashda pedagogik diagnostika metodikasi modullik, variativlik, texnologiklik va o‘zini o‘zi boshqarish  prinsiplari asosida takomillashtirilgan; 
bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarini tayyorlash modeli talabalar bilim va malakalarini ekspert baholash parametrlari o‘xshashligini korreksion tahlilni kiritish vositasida takomillashtirilgan; 
biologiya o‘qituvchilarini samarali tayyorlashning o‘zaro kesishadigan diagnostik, axborotli-motivatsiyali va metodik yo‘nalishlarga asoslangan komponentlari  aniqlashtirilgan; 
bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarini tayyorlash texnologiyasi “Biologik madaniyat darajasini tashxislash” va “Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy bilim va malakalarini tashxislash” modullarini ishlab chiqish va joriy qilish asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
 Bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarini tayyorlashda pedagogik tashxis metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar  asosida: 
bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarini tayyorlashda modullik, variativlik, texnologiklik va o‘zini o‘zi boshqarish  prinsiplari asosida takomillashtirilgan pedagogik diagnostika metodikasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 20 iyundagi 89-03-2173 - son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur takliflar 5110400 - «Biologiya o‘qitish metodikasi» ta’lim yo‘nalishi malakaviy talablari va bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha o‘quv dasturlarini takomillashtirishga xizmat qilgan; 
bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarini tayyorlash texnologiyasi komponentlarini aniqlash bo‘yicha tadqiqot natijalaridan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi”ni amaliyotga joriy qilish bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 20 iyundagi 89-03-2173 - son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur texnologiya komponentlari respublika OTMlarida bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarini tayyorlashni takomillashtirishda ko‘maklashgan;
talabalar bilim va malakalarini ekspert baholash parametrlari o‘xshashligini korreksion tahlilni kiritish vositasida takomillashtirilgan bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarini tayyorlash modelining amaliy samaradorligini aniqlash bo‘yicha tadqiqot natijalaridan ITD-1-164 «Kadrlarni tayyorlash va ularni ishga joylashtirishni ta’minlash bo‘yicha sohalararo integratsiya mazmunini ishlab chiqish va joriy qilish» loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 20 iyundagi 89-03-2173 - son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan tashxis vositalari oliy ta’lim tizimida biologiya o‘qituvchilarini attestatsiyalashda qo‘llanishi mumkin; 
ishlab chiqilgan “Biologik madaniyat darajasini tashxislash” va “Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy bilim va malakalarini tashxislash” modullari dasturi va o‘quv-metodik ta’minoti oliy ta’lim tizimi pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari o‘quv jarayoniga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 20 iyundagi 89-03-2173 - son ma’lumotnomasi). Ushbu ishlanmalar biologiya o‘qituvchilarining malakasini oshirish jarayoni, uning o‘quv-metodik ta’minoti, 5110400 va 5A-110400 - «Biologiya o‘qitish metodikasi» bakavlariat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi uchun o‘quv dasturlari va malakaviy talablarni  takomillashtirishga xizmat qiladi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish