Sayt test rejimida ishlamoqda

Dissertatsiya himoyasi haqidagi e’lonlarni hamda ilmiy darajalar va ilmiy unvonlar bo‘yicha attestatsiya ishlarini OAKda attestatsiya@oak.uz elektron manzili orqali, shuningdek, OAK, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari (OTM/ITM) hamda ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar bilan yozishmalar info@oak.uz elektron manzili orqali amalga oshirilmoqda. Mazkur jarayonni tashkil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar sifatini oshirish va test rejimida tegishli dasturiy-texnik tadbirlarni amalga oshirish maqsadida:
1. Dissertatsiya himoyasi haqidagi e’lonlarni hamda ilmiy darajalar va ilmiy unvonlar bo‘yicha attestatsiya ishlarini http://interaktiv.oak.uz manzili orqali tegishli ravishda «Ilmiy  darajalar  kompleks-tahliliy  axborot  tizimi», «Ilmiy  unvonlar  kompleks-tahliliy  axborot  tizimi» va «Dissertatsiya himoyasi haqidagi e’lonlar dasturiy moduli» orqali qabul qilish 2020 yilning 5 avgustidan boshlab yo‘lga qo‘yiladi.
Hujjatlar tegishliligiga ko‘ra OTM/ITM va ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar mas’ul xodimlari (ilmiy kotiblari) tomonidan taqdim etiladi. Hujjatlar dushanba-juma kunlari soat 09.00 dan 18.00 gacha qabul qilinadi.
Izoh: mavjud axborot tizimlari bo‘yicha dasturiy-texnik va profilak-tika ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan 2020 yil 3-4 avgust kunlari hujjatlar qabul qilinmaydi.
2. OAK va OTM/ITM hamda ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar bilan yozishmalar http://interaktiv.oak.uz manzili orqali «Korporotiv   kompleks-tahliliy elektron  hujjatlar  aylanish  axborot  tizimi» orqali qabul qilinishi 2020 yilning 5 avgustidan boshlab yo‘lga qo‘yiladi (joriy yilning 5 avgustiga qadar hujjatlar amaldagi tartibda qabul qilinadi).
Hujjatlar tegishliligiga ko‘ra OTM/ITM hamda ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar mas’ul xodimlari (ilmiy kotiblari) tomonidan taqdim etiladi. Hujjatlar dushanba-shanba kunlari qabul qilinadi.
3. Dasturiy-texnik masalalar bo‘yicha murojaat uchun telefonlar:
91-780-44-66 (Bahodir Mo‘minov, TATU); 90-964-62-41 (Orif Mahmanov).

Yangiliklarga obuna bo‘lish