Jalilov Tursunpo‘lat Qaxramonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yoqilg‘i energetika korxonalarida innovatsion faoliyatni moliyalashtirishni takomillashtirish masalalari»,  08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2019.2.PhD/Iqt952.
Ilmiy rahbar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Olimjonov Odil Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Jo‘raev Abdug‘affor Safarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yoqilg‘i energetika korxonalarida innovatsion faoliyatni moliyalashtirishni takomillashtirishga doir ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoqilg‘i-energetika korxonalarida innovatsiyalar, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlarga davlat, xususiy mablag‘lar kiritilishini kuchaytirish asoslangan;
yoqilg‘i-energetika korxonalarida innovatsion faoliyatni moliyalashtirish bo‘yicha maxsus institutlar, jumladan, innovatsiya va venchur jamg‘armalarini tashkil etish taklif etilgan;
yoqilg‘i-energetika korxonalarida innovatsion faoliyatni moliyalashtirishni rag‘batlantirish maqsadida yuqori texnologiyali tadbirkorlik loyihalari-startaplarni birgalikda moliyalashtirish uchun tashkil qilinadigan venchur fondlarni barcha turdagi soliq va majburiy to‘lovlarni to‘lashdan ozod qilish taklif etilgan;
yoqilg‘i-energetika majmuasiga kiruvchi korxonalarda innovatsion va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarni moliyalashtirish hamda ularni ishlab chiqarishga tadbiq etish maqsadida sof foydadan 10 foiz miqdoridagi ajratmalar ajratish orqali innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  
Yoqilg‘i energetika korxonalarida innovatsion faoliyatni moliyalashtirishni takomillashtirishga doir olingan ilmiy natijalar asosida: 
energetika sohasida mavjud chuqur ilm talab qiladigan texnologiyalar, dasturiy mahsulotlarni modernizatsiya qilish uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetidan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 iyuldagi PQ-4388-son “Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash, neft`-gaz tarmog‘ini moliyaviy sog‘lomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 4 noyabrdagi DS-06/04-02-01-32/3491-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2020 yil neftegaz tarmog‘ida ushbu maqsadlar uchun 10 mlrd.so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan;
innovatsiyalar, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlarga davlat va xususiy mablag‘lar kiritilishini kuchaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 sentyabrdagi PF-5544-son “2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 4 noyabrdagi DS-06/04-02-01-32/3491-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tadbiq etilishi natijasida Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining 2019 yildagi xarajatlari hajmi 186 mlrd. so‘mni tashkil qilgan;
yoqilg‘i-energetika korxonalarida innovatsion faoliyatni moliyalashtirishni rag‘batlantirish maqsadida yuqori texnologiyali tadbirkorlik loyihalari-startaplarni birgalikda moliyalashtirish uchun tashkil qilinadigan venchur fondlarni barcha turdagi soliq va majburiy to‘lovlarni to‘lashdan ozod qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 maydagi PQ-3697-son “Faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 4 noyabrdagi DS-06/04-02-01-32/3491-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tadbiqi yuqori texnologiyali innovatsion loyihalarni birgalikda moliyalashtirish uchun tashkil qilinadigan venchur fondlarni rag‘batlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
yoqilg‘i-energetika majmuasiga kiruvchi korxonalarda innovatsion va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarni moliyalashtirish hamda ularni ishlab chiqarishga tadbiq etish maqsadida sof foydadan ma’lum bir qismini ajratish orqali innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etish tavsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 martdagi 195-son Qarori bilan tasdiqlangan “Xo‘jalik boshqaruvi organlari va yirik davlat korxonalaridagi Innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risida”gi Nizomda aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 4 noyabrdagi DS-06/04-02-01-32/3491-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiya asosida davlat korxonalarida innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etilgan va jamg‘arilgan mablag‘lar innovatsion faoliyatni moliyalashtirishga yo‘naltirilmoqda.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish