Xomidov Eldor Olimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Davlat oliy ta’lim muassasalarining tadbirkorlik faoliyatini fuqarolik-huquqiy tartibga solish», 12.00.03 – «Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq» (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Yu245.
Ilmiy malahatchi: Muxammadiev Ayub Abduraxmonovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, DSc.32/30.12.2019.Yu.74.01.
Rasmiy opponentlar: Madumarov Talantbek Tolibjonovich, yuridik fanlar doktori, professor; Mexmonov Qambariddin Miradxamovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Sud`yalar oliy kengashi huzuridagi Sud`yalar oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi davlat oliy ta’lim muassasalarining tadbirkorlik faoliyatini fuqarolik-huquqiy tartibga solishni takomillashtirishga oid ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasasining oliy ta’lim dasturlari asosida ta’lim faoliyatini yuritadigan, yo‘nalishlarga muvofiq ilmiy-tadqiqot, ilmiy-uslubiy, innovatsion va boshqa ishlarni amalga oshiradigan ta’lim muassasasi ekanligi asoslangan;
oliy ta’lim muassasalarining bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tishlari uchun davlat tomonidan shart-sharoitlar yaratish, ta’lim muassasalari Ustavida belgilangan vazifalarga muvofiq pullik ta’lim xizmatlari ko‘rsatish, shuningdek, qonun hujjatlari bilan belgilangan tadbirkorlik faoliyatining boshqa turlari bilan shug‘ullanishga haqliligi asoslangan;
davlat oliy ta’lim muassasasining rivojlantirish jamg‘armasiga ajratilgan mablag‘lardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida sarflanishiga doir qoida ishlab chiqilgan;
o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tayotgan oliy ta’lim muassasalarining vazifalari sifatida qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, iqtisodiyot tarmoqlari mutaxassislarining malakasini oshirish va boshqa pullik xizmatlarni joriy etish asoslangan;
oliy ta’lim muassasalarining ilmiy darajaga ega xodimlari uchun qo‘shimcha haq belgilanishi bilan bog‘liq harajatlarni moliyalashtirish tartibi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Davlat oliy ta’lim muassasalari tadbirkorlik faoliyatini fuqarolik-huquqiy tartibga solishni takomillashtirishga bag‘ishlangan tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oliy ta’lim muassasasining oliy ta’lim dasturlari asosida ta’lim faoliyatini yuritadigan, yo‘nalishlarga muvofiq ilmiy-tadqiqot, ilmiy-uslubiy, innovatsion va boshqa ishlarni amalga oshiradigan ta’lim muassasasi ekanligiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni loyihasining 3-moddasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining 2020 yil 25 fevraldagi 04/5-05-6-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi oliy ta’lim muassasasining huquqiy maqomini, tadbirkorlik faoliyatining yo‘nalishlarini aniqlashga xizmat qiladi;
oliy ta’lim muassasalarining bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tishlari uchun davlat tomonidan shart-sharoitlar yaratish, ta’lim muassasalari Ustavida belgilangan vazifalarga muvofiq pullik ta’lim xizmatlari ko‘rsatish, shuningdek, qonun hujjatlari bilan belgilangan tadbirkorlik faoliyatining boshqa turlari bilan shug‘ullanishga haqliligiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni loyihasining 59-moddasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining 2020 yil 25 fevraldagi 04/5-05-6-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi oliy ta’lim muassasasining o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tishi, qo‘shimcha pullik ta’lim xizmatlari ko‘rsatish orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga imkon bergan;
davlat oliy ta’lim muassasasining rivojlantirish jamg‘armasiga ajratilgan mablag‘lardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida sarflanishiga doir takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-son Qarori bilan tasdiqlangan “Byudjet tashkilotlari harajatlarini moliyalashtirish (to‘lash) tartibi”ning 29-bandida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2020 yil 25 fevraldagi 12-18-5-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinganligi davlat oliy ta’lim muassasasining rivojlantirish jamg‘armasiga ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanishga xizmat qilgan;
o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tayotgan oliy ta’lim muassasalarining vazifalari sifatida qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, iqtisodiyot tarmoqlari mutaxassislarining malakasini oshirish va boshqa pullik xizmatlarni joriy etishga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 3 dekabrdagi «Oliy ta’lim muassasalarini bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazish to‘g‘risida»gi 967-son Qarorida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2020 yil 25 fevraldagi 12-18-5-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinganligi o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tayotgan oliy ta’lim muassasalarining vazifalarini aniqlashga xizmat qilgan;
oliy ta’lim muassasalarining ilmiy darajaga ega xodimlari uchun qo‘shimcha haq belgilanishi bilan bog‘liq harajatlarni moliyalashtirish tartibiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 dekabrdagi «Ilm-fan va ta’lim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash tartibi to‘g‘risida»gi 1030-son Qarorida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2020 yil 25 fevraldagi 12-18-5-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinganligi o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tayotgan oliy ta’lim muassasalarining vazifalari, huquq va majburyatlarini belgilashga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish