Ruziev Axror Evatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ilk o‘spirin shaxsida tolerantlikni shakllantiruvchi ijtimoiy-psixologik omillar”, 19.00.05–Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/P143.
Ilmiy rahbar: Karimova Vasila Mamanosirovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Baratov Sharif Ramazanovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Abidova Ziyoda Askarovna, psixologiya fanlari bo‘yicha (PhD) falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ilk o‘spirin shaxsida tolerantlikni shakllantiruvchi ijtimoiy-psixologik omillarni tadqiq qilish hamda tolerantlik madaniyatini shakllantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk o‘spirinlardagi tolerantlik hodisasi ijtimoiy psixologiya fanining predmeti sifatida konkret tadqiqot doirasida o‘rganilgan, unga aloqador tushunchalar banki yaratilgan;
ilk o‘spirinlarda tolerantlikni shakllantiruvchi referent guruhning aniqlanilishi, ya’ni bunda oila muhiti (ota-onalar), kontakt guruhlar, yaqin do‘st, qarindoshlar yoki pedagoglar ta’siri ijtimoiy tasavvurlar konsepsiyasi asosida o‘rganilgan;
ilk o‘spirinlarda tolerantlikni empirik jihatdan o‘rganishda referent guruh model` sifatida asoslanilgan;
ilk o‘spirinlarga xos tolerantlikni samarali shakllantiruvchi omillar ta’sirini kuchaytirishga xizmat qiluvchi korreksion dasturning yaratilishi hamda tolerantlikni baholash mezonlari mexanizmlari, tolerantlik indeksi, tolerantlik darajalari, tolerantlikning sotsiometrik maqomi, kommunikativ tolerantlik tadqiq etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ilk o‘spirin shaxsida tolerantlikni shakllantiruvchi ijtimoiy-psixologik omillarni aniqlash yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
ilk o‘spirinlardagi tolerantlik hodisasi ijtimoiy psixologiya fanining predmeti sifatida konkret tadqiqot doirasida o‘rganilgani va unga aloqador yaratilgan tushunchalar banki taklifi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2019 yil 20 noyabrdagi PM-10a-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari, o‘quvchilari va talabalariga amaliy psixologik xizmat sifatini oshirishga erishilgan;
ilk o‘spirinlarda tolerantlikni shakllantiruvchi – referent guruhning aniqlanilishi, ya’ni bunda oila muhiti (ota-onalar), kontakt guruhlar (yaqin do‘st, qarindoshlar yoki pedagoglar) ta’siri ijtimoiy tasavvurlar konsepsiyasi asosida berilgan tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2019 yil 20 noyabrdagi PM-10a-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim mussasalari uchun tayyorlanadigan amaliyotchi psixologlardagi ijtimoiy tasavvurlar konsepsiyasi asosida tolerantlikni shakllantirish ko‘nikmalarning sifatini oshirishga erishilgan;
ilk o‘spirinlarda tolerantlikni empirik jihatdan o‘rganishda referent guruh model` sifatida asoslanilgan taklif va tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi 2019 yil 20 noyabrdagi №10a-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Jamiyatda dolzarb ijtimoiy muammolarini o‘rganish, tahlil qilish va hal etish bo‘yicha ilmiy psixologik tadqiqotlar o‘tkazish hamda ularda qo‘llaniladigan samarali metodlarni ishlab chiqilishini ta’minlash” metodikasiga tadbiq etilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2019 yil yil 20 noyabrdagi PM-10a-son ma’lumotnomasi). Natijada, Markazda tahsil olayotgan bo‘lg‘usi amaliy psixologlarning ilk o‘spirinlarda tolerantlikka oid qarashlari samaradorligi yanada oshirildi;
ilk o‘spirinlarga xos tolerantlikni samarali shakllantiruvchi omillar ta’sirini kuchaytirishga xizmat qiluvchi korreksion dasturning yaratilishi hamda tolerantlikni baholash mezonlari va mexanizmlari, tolerantlik indeksi, tolerantlik darajalari, tolerantlikning sotsiometrik maqomi, kommunikativ tolerantliliklarni aniqlash bo‘yicha berilgan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi 2019 yil 20 noyabrdagi 10a-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Davlat buyurtmasi hamda ijtimoiy talablar asosida jamiyat hayotidagi shaxs psixologiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan maxsus tizimli muammolar bo‘yicha amaliy psixologik tadqiqotlar o‘tkazib, ularning echimi bo‘yicha takliflar ishlab chiqish” metodikasiga tatbiq etilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2019 yil 20 noyabrdagi PM-10a-son hamda Qashqadaryo viloyati Xalq ta’limi boshqarmasining 2019 yil 14 oktyabrdagi ma’lumotnomalari). Natijada, bo‘lg‘usi amaliy psixologlarning ilk o‘spirinlarda tolerantlikni samarali shakllantirish bo‘yicha imkoniyatlari oshgan.