Bektashev Otabek Qodiralievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Konseptual axborotning faollashuvida «kuch» elementli til birliklarining voqelanishi», 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2 PhD/Fil.63.
Ilmiy rahbar: Umarxo‘jaev Muxtorxon Eshonxo‘jaevich filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qondavlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Hakimov Muxammadxon Xo‘jaxonovich, filologiya fanlari doktori, professor; Xayrullaev Xurshidjon Zaynievich,filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: turli tizimli tillarda ajratilgan til birliklarining funksional-semantik va kognitiv xususiyatlarini, ular tomonidan konseptual axborotning verbal vositalar yordamida faollashuvi jarayonini o‘rganish; ushbu til birliklari ma’nolarining amalda qo‘llanilishi va modifikatsiyasini ta’minlovchi asosiy omillarni aniqlash; turli tizimli tillarda konseptual axborotni faollashtiruvchi til birliklarining kognitiv xususiyatlarini tadqiq qilishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
konseptual axborot faollashuvidagi til birliklarining maqomini aniqlash uchun til birliklari turkumining markaziy va markazdan uzoqdagi birliklarini aniqlash orqaliularning qaysi turkumga tegishlilik mezonlari aniqlangan;
axborotni faollashtiruvchi til birliklarining kommunikativ, lisoniy, konseptual belgilari ochib berilgan;
konseptual axborotni faollashtiruvchi til birliklarining funksional-semantik jihatdan farqlanishi asoslangan;
konseptual axborot faollashuvida kauzativ fe’llarning kontekstda qaysi til birliklari orqali voqelanishi asoslandi va ushbu fe’llarning konsept shakllanishidagi roli aniqlangan;
tadqiq qilinayotgan konseptual axborot mazmunini tashkil qiluvchi konseptual belgilar dalillangan;
nutqda konseptual axborotni faollashtiruvchi til birliklarining tafakkurga xos kognitiv xususiyatlari yoritib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Konseptual axborotni faollashtiruvchi til birliklarining funksional-semantik va kontekstual tahlili, nutqdagi vazifalarini tadqiq qilish jarayonida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
konseptual axborotni faollashuvidagi til birliklarining maqomi, til birliklari markaziy va markazdan uzoqdagi birliklarni aniqlash vositasi orqali ularning qaysi turkumga tegishlilik tadqiqi, tadqiq qilinayotgan konseptual axborot mazmunini tashkil qiluvchi konseptual belgilarni ajratilib, bir tizimga solish masalalari, konseptual axborotni faollashtiruvchi til birliklarining funksional-semantik jihatdan farqlitomonlari, nutqda konseptual axborotni faollashtiruvchi til birliklarining kognitiv jihatdan tahlil qilish haqidagi ilmiy xulosalardan №XID-1-29 raqamli “O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarining nofilologik fakul`tetlarida bakalavr yo‘nalishi uchun nemis tili fanini o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etishga oid darslikni yaratish” mavzusidagi fundamental loyiha, 2017-2018 yillarda bajarilgan574097-EPP-1-2016-1-CYEPPKA2-CBHE-JP “Piloting ECVET to the National VET system of Russia and Uzbekistan” mavzusidagi xalqaro loyihada foydalanilgan.(O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 22 oktyabrdagi №89-03-4093 son ma’lumotnomasi)
konseptual axborotni faollashtiruvchi til birliklarining kontekstual voqelanish iborasidagi taklif etilgan materiallardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tomonidan tayyorlangan «Bedorlik» turkum radio eshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan. Natijada radiotinglovchilar uchun tayyorlangan eshittirishlarda konseptual axborotni faollashuvidagi til birliklarining maqomini aniqlash,ularning qaysi turkumga tegishlilik tadqiqi masalalari, ularning funksional-semantik jihatdan farqli tomonlari, turli tizimli tillardagi konseptual axborotni faollashtiruvchi til birliklarining umumlashtiruvchi (integral) va farqlovchi konseptual belgilari masalalari axborotni mazmunli uzatish omili ekanligi xususida so‘z bordi. Darhaqiqat, nutqda konseptual axborotni faollashtiruvchi til birliklarining kognitiv jihatdan tahlil qilish hozirgi zamon tilshunosligining muhim masalalaridan ekanligi radioeshittirish davomida asoslab berildi. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, «O‘zbekiston» teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2019yil 8 oktyabr`dagiO’z/r-1-171-son ma’lumotnomasi).