Tanirbergenov Jenisbay Otepbergenovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpoq tilida fe’l frazeologizmlarning lingvistik tahlili», 10.00.03 – Qoraqalpoq tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Fil721.
Ilmiy rahbar: Qudaybergenov Mambetkerim Sarsenbaevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.20.01
Rasmiy opponentlar: Dusimov Zaribbay, filologiya fanlari doktori, professor; Yusupova Biybisanem Turdibaevna, filologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Hozirgi qoraqalpoq tilida fe’l frazeologizmlarning ma’no turlari, leksik-semantik xususiyatlari, komponent tarkibi, qurilish modellari, paradigmasi, bo‘lishli va bo‘lishsiz shakllarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning  ilmiy yangiligi:
qoraqalpoq tilshunosligida fe’l frazeologizmlar ilk marta ma’no turlariga ajratilib, ularning bir-biridan farqli jihatlari til faktlari yordamida dalillangan;
fe’l frazeologizmlarning leksik-semantik xususiyatlari, ulardagi variantlilik, polisemiya, sinonimiya, antonimiya, omonimiya hodisalarining paydo bo‘lish yo‘llari va qo‘llanishi aniqlangan;
fe’l frazeologizmlar tarkibiga ko‘ra ikki komponentli, uch komponentli va ko‘p komponentli turlarga ajratilib, ularning qurilish modellari aniqlangan;
fe’l frazeologizmlarning tuslanish paradigmasi, bo‘lishli va bo‘lishsiz shakllarda qo‘llanishidagi o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
fe’l frazeologizmlarning struktur-semantik turlari bilan bog‘lik ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar ilmiy-tadqiqot institutida 2012-2016 yillarda bajarilgan FA-F1-G003 raqamli «Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi» mavzusidagi fundamental ilmiy-tadqiqot loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2020 yil 29 iyundagi 103/1-son ma’lumotnomasi). Natijada fe’l frazeologizmlarning qoraqalpoq tilidagi so‘z yasalishi sohasiga bog‘liq va farqli tomanlari aniqlangan;
dissertatsiyaning ilmiy natijalari asosida qoraqalpoq tilida fe’l frazeologizmlarning ma’nosi, leksik-semantik hususiyatlari, qo‘llanilishiga doir ilmiy-nazariy hulosalari umumta’lim maktablarining 6 va 10-sinflarida o‘qitiladigan «Ona tili» fanining mazmunini takomillashtirishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 20 iyundagi 01-01/10-1733-son ma’lumotnomasi). Bu bilan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitiladigan «Ona tili» darslarida frazeologik birliklarga oid mavzularning mazmunini boyitish imkomiyatini bergan;
tadqiqot ishi materiallaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Berdaq milliy muzeyida shoirning hayoti va ijodi bo‘yicha badiiy-adabiy ekskurs darslarini o‘tkazishda va ilmiy-amaliy anjumanlarda ma’ruza shaklida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2020 yil 23 iyundagi 2-03/848-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Berdaq shoirning tili va uslubini o‘rganish, frazeologizmlarni qo‘llashdagi o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berish bo‘yicha tavsiyalar amaliyotga joriy etish imkonini bergan;
frazeologizmlarning yosh avlodning ma’naviy dunyosini boyitishdagi o‘rni bilan bog‘liq mulohazalar Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining «Erkin fikr» ko‘rsatuvi hamda FM–100.4 radiosining «Tilga e’tibor – elga e’tibor» eshittirishini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2020 yil 6 iyuldagi 01-02/140-sonli ma’lumotnomasi). Natijada frazeologik birliklarning tilimizda tutgan o‘rnini ochib berishda hamda keng jamoatchilikning badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishda xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish