Axrarova Feruza Maxmudjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Biriktiruvchi to‘qima displaziyasining kardial ko‘rinishlari bo‘lgan bolalarda yurak-qon tomir kasalliklari shakllanishini klinik-patogenetik asoslash», 14.00.09 – Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/TIB813.
Ilmiy rahbar:Muratxodjaeva Akida Valievna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti  DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01
Rasmiy opponentlar:Shamansurova El`mira Amanullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shamsiev Fazlitdin Sayfutdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot:Toshkenttibbiyotakademiyasi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yurakning kichik anomaliyalari bo‘lgan bolalarda yurak-qon tomir patologiyasini shakllanishini klinik va patogenetik mexanizmlarini o‘rganish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yurak-qon tomir patologiyasi bo‘lgan bolalarda YuRKAning tarkibiy jixati aniqlangan va ko‘rsatkichini ortishi bola sog‘lig‘ini shakllanishiga xafv tug‘diruvchi yurak stigmatizatsiyasini chegara darajasi o‘rnatilgan. Aniqlangan BTDning uchta stigmasi kichik yurak anomaliyalari tashxisi uchun yuqori ko‘rsatkich xisoblanadi;
YuRKA bo‘lgan bolalarda yurak-qon tomir patologiyasining shakllanishiga ta’sir etuvchi salbiy omillarning atribut va nisbiy xavfi baholangan;
YuRKA va yurak-qon tomir patologiyasi bo‘lgan bolalarning oilalarida yurak-qon tomir patologiyalarining nasliy xususiyatga egaligi aniqlangan;
YuRKA bo‘lgan bolalarda yurak-qon tomir patologiyasini tashxislashda BTD tashqi fenotipik belgilarining ma’lumotliligi aniqlangan;
ilmiy jihatdan mikroelementlar ko‘rsatkichida disbalansi bor bolalarni aniqlovchi mikroelementlar statusining ahamiyati tasdiqlangan, hamda ularni sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi disbalans darajasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda biriktiruvchi to‘qimaning irsiy kasalliklari (BTIK) va YuRKA tashxislashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Bolalarda biriktiruvchi to‘qimaning irsiy kasalliklarini tashxislash algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlandi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 11.03.2019 yildagi № 8 n-r/86-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma bolalarda BTIKva YuRKAni erta tashxislash, shuningdek, ushbu kasalliklarning asoratini oldini olishga imkon bergan;
bolalarda BTIK va YuRKAni tashxislash algoritmlarini ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash tizimiga, xususan, 4-sonli Shaxar bolalar klinik shifoxonasi va Toshkent pediatriya tibbiyot institutining klinikasi faoliyatiga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 26.09.2019 yildagi № 8 n-d /196-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar BTIKni aniqlash miqdorini ortishiga, kasallik kechishi, kelib chiqadigan asoratlarni prognoz qilishga va korreksiya tadbirlarini o‘z vaqtida qo‘llashga imkon bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish