Axmedova Nilufar Rasulovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda kardiomiopatiyalar: shakllanish, erta tashxislash, bashoratlash mezonlari va korreksiya usullari», 14.00.09 – Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib295.
Ilmiy maslahatchi: Axmedova Dilorom Il`xamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Sharipov Alisher Mirxamidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shamsiev Fazliddin Sayfitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kamalov Zaynitdin Sayfitdinovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda kardiomiopatiyalarni shakllanishini prognostik va tashhisot mezonlarini, kechishi va erta tashhislash, shuningdek, aniqlangan buzilishlarni korreksiyasiga individual yondashishlarni  ishlab chiqish  hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marotaba, keng qamrovli tadqiqotlar asosida, bolalarda KMPva ularning asorati yurak etishmovchiligi rivojlanishi, kechishi va prognoziga yashash xududi (Orolbo‘yi xududi) va tibbiy-biologik omillar bilan bir qatorda ijtimoy omillar (oiladagi noxush muhit, ko‘pfarzandlik va oilada doimiy daromadning yo‘qligi) ishonchli ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi;
Orolbo‘yi mintaqasida bolalarda GKMP og‘ir darajasi va yurak etishmasligini III funksional sinfi, va yaqqol ifodalangan aritmik sindrom bilan rivojlanadi, qulayroq sharoitlarda DKMP va RKMP, ularni kechishida o‘rta og‘irlikdagi yurak etishmasligi va II funksional sinfi bosqichi ustunlik qilishi belgilandi;
bolalarda kardiomiopatiyalar kechishi va oqibatlarini bashorat qilishda zardob biomarkeri endotelin-1ni prognostik ahamiyati, uning kasallikni davomiyligi va rivojlanishi bilan bog‘liq ko‘payishi, troponin-1ni miqdori esa KMP rivojlanishi muhim biokiyoviy markerlari hisoblanmasligi isbotlandi;
immunologik omillar miqdori va qon aylanishni buzilishlari darajasi orasidagi bog‘liqlik aniqlandi: IL-1, IL-6 va TNF-a sitokinlar darajasiqancha yuqori bo‘lsa, bolalarda KMP yurak etishmovchiligi darajasi, ayniqsa, Orolbo‘yi xududida yashaydigan bolalarda yaqqol namoyon bo‘lishi; shuningdek, KMPli bolalarda VEGF tomirlar endoteliysi o‘sish omilining diagnostik va prognostik ahamiyati yuqoriligi aniqlandi; 
chap qorincha dilyatatsiyasi darajasi bilan interleykinlar orasidagi kuchli to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqlik, bu yakuniy-diastolik o‘lcham va IL-1, shuningdek, otilib chiqish fraksiyasi va IL-6 orasidagi teskari aloqa majudligianiqlandi;
barcha xududlardagi KMPli bolalarda mikroelementozlar yuqori chastotasi: Orolbo‘yi xududida yashovchi bolalar sochlarida marganesva brom miqdori ortiqcha, va kal`siy, xlor, xrom, kobal`t, mis, sink, kaliy, yod va selen miqdorini etishmovchiligi; boshqa mintaqalarda yashovchi bolalarda farqli –kal`siy va selen etishmovchiligi fonida kaliy, brom  va yod yuqori miqdorianiqlandi;
KMP li bolalarda kasallik varianti va yashash joyidan qat’iy nazarD vitamini tanqisligi va etishmovchiligining yuqori foizi, bu  ko‘proq Orolbo‘yi hududlarida yashovchi bolalarga xos ekanligi aniqlandi;
rivojlanish omillari, klinik, instrumental, biokimyoviy, immunologik ko‘rsatkichlar, D vitamini holati asosida bolalarda kardiomiopatiyalar va yurak etimovchiligini shakllanishi, diagnostika va bashoratlash mezonlari bo‘yicha matematik dastur ishlab chiqildi, shuningdek, bolalarni yashash joyidan kelib chiqib, makro- va mikroelementlarni zardob biomarkerlari, D vitamini va yurak etishmovchiligi bilan korrelyasiyali bog‘liqligi aniqlandi;
kardiomiopatiyali bolalarda D vitamini va selenni tanqisligi va etishmasligini korreksiya qilishga individul yondashish ishlab chiqildi va uninig samaradorligi baholandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kardiomiopatiyali bolalarda tashhis va prognoz mezonlarini ishlab chiqish, shuningdek, davolash usullarini korreksiyalash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Bolalarda yurak-qon tomir kasalliklari omillari va prognoz qilish mezonlari” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlandi (O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 20 sentyabrdagi 8n-r/141-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyalar bolalarda KMPni erta bosqichlarida shakllanish xavfi omillari va tashhisini aniqlashga, bu bilan ushbu patologiyadan bolalar nogironligi va o‘limini kamaytirishga imkon bergan;
“Bolalarda kardiomiopatiyalarni shakllanishini va tashhisini klinik-funksional mezonlari” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlandi (O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 28 dekabrdagi 8n-r/382-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyalar bolalarda KMPni rivojlanishi, kechishi va oqibatlarini tashhislashva prognozlashga mezonlarini aniqlanishi, aniqlangn buzilishlarni o‘z vaqtida korreksiya qilish va davolash natijalarini yaxshilashga imkon bergan;
Bolalarda kardiomiopatiyalarni shakllanishi, erta tashhislash va prognoz qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Toshkent, Farg‘ona,  Samarqand va Qashqadaryo VBKTTmarkazlarida joriy qilindi (O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 13 iyuldagi 8n-z/81-sonli ma’lumotnomasi). Natijalarni joriy qilish tashhislash, prognoz va davolashni samaradorligi oshirishga yordam berdi, bu esa yurak etishmasligi og‘ir darajasi rivojlanishi va KMPni boshqa asoratlarini rivojlanishini kamaytirishga, shuningdek, KMPli bolalarda kasallikni nojo‘ya oqibatlarini, kasalxonada davolanish soni kamayishiga, davolash natijalarini yaxshilanishiga imkon bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish