Tadjiev Mirxotam Mirxashimovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Umurtqa pog‘onasi o‘qi deformatsiyalaridagi nevrologik buzilishlarni kompleks baholash, davolashni optimallashtirish masalalari», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.DSc/Tib399.
Ilmiy rahbar: Madjidova Yakutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Mirdjuraev Elbek Mirshavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Djurabekova Aziza Taxirovna, tibbiyot fanlar doktori, professor; Irismetov Murodjon Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: S.D. Asfendiyarov nomidagi qozoq milliy tibbiyot universiteti (Qozoqiston Respublikasi)
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Klinik-nevrologik, neyrofiziologik va biokimyoviy ma’lumotlarni o‘rganish asosida umurtqa pog‘onasi o‘qi deformatsiyalari darajasiga bog‘liq holda nevrologik asoratlarini aniqlash, konservativ davolashning samarali usulini ishlab chiqish va joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor har tomonlama kompleks baholash bilan shkalalar asosida (vizual analogli shkala, DN4, VNS-savolnomasi, vertebronevrologik simptomlarni balli baholashning summar klinik shkalasi, Bek shkalasi) deformatsiyaning darajasi va olib borilgan davoga bog‘liq holda umurtqa pog‘onasi o‘qining deformatsiyasi bo‘lgan bemorlarning klinik vertebronevrologik simptomatikasi taqdim etilgan;
ilk bor teri-galvanik chaqirilgan potensiallar yordamida umurtqa pog‘onasi o‘qi deformatsiyasida nevrologik ko‘rinishlari bo‘lgan bemorlarda simpatikotonik belgilari ustin kelishi aniqlangan;
ilk bor umurtqa pog‘onasi o‘qining deformatsiyasi va nevrologik simptomatikasining zo‘rayishida travmatizatsiya va bioximik ko‘rsatkichlarini almashinuvi buzilishlari axamiyatga egaligi aniklandi va “uzviylik aylanasi” modeli taqdim etilgan;
ilk bor qon zardobida glikozaminoglikan konsentratsiyasi umurtqa pog‘onasi o‘qi deformatsiyasi va nevrologik simptomatikasining og‘irlik darajasining prognostik belgisi bo‘lib aniqlangan;
umurtqa pog‘onasi o‘qi deformatsiyasi bulgan bemorlarga taklif etilgan kompleks konservativ davoga metabolik terapiya va kraniovertebral mikropolyarizatsiyani kiritish yo‘li bilan optimallashtirilgan;
umurtqa pog‘onasi o‘qi deformatsiyasi bulgan bemorlarda, asab tizimi funksional og‘irlik darajasining diagnostik mezonlarini ishlab chiqish asosida bemorlarni konservativ va operativ davolashga differensiatsiyalangan yondoshuv taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Umurtqa pog‘onasi o‘qi deformatsiyasi bulgan bemorlarda nevrologik ko‘rinishlarining yangi diagnostik usullari va taklif etilgan davosi samaradorligini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Umurtqa pog‘onasi deformatsiyasining turli darajalari bo‘lgan bemorlarda kuzatiladigan nevrologik simptomatika» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 12 dekabr 2019 yildagi 8n-d/313-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma deformatsiyaning darajasiga bog‘liq holda umurtqa pog‘onasi o‘qi deformatsiyasining barvaqt diagnostikasini, asoratlarni oldini olish va nogironlik rivojlanish xavfini kamaytirish imkonini bergan;
«Umurtqa pog‘onasi o‘qining deformatsiyasi bo‘lgan bemorlarda kraniovertebral mikropolyarizatsiyasi bilan nevrologik ko‘rinishlarni korreksiya qilish» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 12 dekabr 2019 yildagi 8n-d/313-son ma’lumotnomasi). Tavsiya etilgan uslubiy tavsiyanoma umurtqa pog‘onasi o‘qining deformatsiyasi bo‘lgan bemorlarda kraniovertebral mikropolyarizatsiya bilan nevrologik ko‘rinishlarni korreksiya qilish bilan davo samaradorligini oshirish imkonini bergan;
Umurtqa pog‘onasi o‘qi deformatsiyasining nevrologik ko‘rinishlarining yangi diagnostik usullari va taklif etilgan davosi samaradorligini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Ibn Sino nomli 1-Shahar klinik shifoxonasi, Respublika bolalar ortopediya markazi, Toshkent shahar N.M.Madjidov nomli “Neyromed Servis” va "Global Med System” xususiy klinikalarining amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 02 iyul` 2020 yildagi 8n-z/72-sonli ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalari umurtqa pog‘onasi o‘qining deformatsiyasi bo‘lgan bemorlarda nevrologik asoratlarning erta tashxislash, davolash va nogironlikni kamaytirish imkonini bergan.