Ergashev Muhammadjon Raxmonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Siyosiy diskursda qo‘llanuvchi bog‘lovchi fe’llarning funksional-semantik tadqiqi», 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B 2020.2 PhD/Fil.63.
Ilmiy rahbar: Qo‘ldoshev Akrom Maxmudovich filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Nabieva Dilora Abdulxamidovna, filologiya fanlari doktori, professor; Umarova Nargizaxon Rustamovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: bog‘lovchi fe’llarning siyosiy diskursda namoyon bo‘ladigan funksional-semantik xususiyatlarini tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
siyosiy diskursdagi bog‘lovchi fe’llarning funksional jihatdan barcha siyosiy-publisistik matn turlarida qo‘llanilishi va bog‘lovchi fe’llar bildirayotgan ma’no ko‘lami doirasida ularning keng yoki torroq ishlatilishi kabi farqli tomonlari ochib berilgan;
o‘rganilayotgan tillar materiali asosida siyosiy diskursda qo‘llanilgan bog‘lovchi fe’llarning kontekstual-semantik xususiyatlari tavsiflangan;
tadqiq etilayotgan tillar siyosiy diskursida ishlatilgan uslubiy jihatdan faol hisoblanmoq, sanalmoq, deyilmoq, qilmoq, etmoq, edi, ekan, emish kabi bog‘lovchi fe’llar aniqlangan;
bog‘lovchi fe’llarning sub’ektiv harakat fe’llari bilan kombinatorikasi jarayonidagi semantik, diskursiv, aks ettirish, ifodalash, kuchaytirish, bog‘lash kabi potensial imkoniyatlari yoritib berilgan;
o‘rganilayotgan tillardagi bog‘lovchi fe’llarning maydon sifatidagi yadro (markaz) va periferik chegaralari aniqlangan hamda bog‘lash, leksik ma’noni shakllantirish, predikativlikni ta’minlash funksiyasi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Siyosiy diskursda qo‘llanuvchi bog‘lovchi fe’llarning funksional-semantik tadqiqi bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot asosida:
antropotsentrizm paradigmasi doirasida shakllangan va rivojlangan kognitiv tilshunoslik sohasidagi lingvistik hodisalarning diskurs, xususan, siyosiy diskurs haqidagi ma’lumotlardan Qo‘qon davlat pedagogika institutida “O‘zbekistonda 2004-2009 yillarga mo‘ljallangan maktab ta’limini rivojlantirishning umummilliy davlat dasturining bajarili-shiga muhim hissa qo‘shish”, dasturlar doirasida 2007-2008 yillarda bajarilgan № XID-1-29 “O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarining nofilologik fakul`tetlarida bakalavr yo‘nalishi uchun nemis tili fanini o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etishga oid darslikni yaratish” mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligining 2019 yil 22-oktyabridagi 89/03-4092-son ma’lumotnomasi). Natijada siyosiy diskursda qo‘llanilgan bog‘lovchi fe’llarning funksional jihatdan o‘xshash va farqli tomonlarini ochib berish masalalari, o‘rganilayotgan tillardagi bog‘lovchi fe’llar tabiati, ularning diskursda voqelanish usullari va xususiyatlari muammolarini echish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan;
bog‘lovchi fe’llarning lingvomadaniy va kontekstual, funksional-semantik va kategorial xususiyatlarini tizimli tahlil qilish masalalaridan, bog‘lovchi fe’llar va umumiy bog‘lovchi fe’llarning siyosiy diskursda shakllanadigan semantik-stilistik va kategorial funksional imkoniyatlari haqidagi ilmiy xulosalaridan 2015-2018 yillarda bajarilgan ModeHED-“Institut va universitetlarda sog‘liqni saqlashga oid fanlarni modernizatsiyalash” nomli hamda 2016-2019 yillarda bajarilgan 574097-EPP-1-2016-1-CY-EPPKA2-CBHE-JP raqamli “RUECVET: “Pilotirovanie Evropeyskoy sistemi perevoda zachetnix edinis (kreditov) dlya professional`nogo obrazovaniya i obucheniya (ECVET) v natsional`nix sistemax professional`nogo obrazovaniya i obucheniya Rossii i Uzbekistana (2016-2019 g.g)” nomli xalqaro loyihalarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligining 2019 yil 22-oktyabridagi 89/03-4092-son ma’lumotnomasi). Natijada bog‘lovchi fe’llarning yasalishi, ularning boshqa fe’llardan alohida jihatlari va tillardagi bunday fe’llarning o‘xshash va farqli tomonlari haqida ma’lumot berishda foydalanilgan.
Bog‘lovchi fe’llarning siyosiy diskursdagi funksional-semantik tadqiqiga bag‘ishlangan tahliliy fikrlari va nazariy xulosalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tomonidan tayyorlangan «Bedorlik» turkumi radioeshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, «O‘zbekiston» teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2019 yil 19 oktyabrdagi O’z/R-1-186-son ma’lumotnomasi). Natijada radiotinglovchilarga tillarda mavjud bog‘lovchi fe’llarning strukturasi va ularning siyosiy diskursdagi funksional-semantik jihatlari, bunday fe’llarni boshqa fe’llardan farqlashda muhim ahamiyat kasb etishi radioeshittirish davomida asoslab berilgan.