Ashurova Shaxnoza Almasovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Inglizzabon g‘arb adabiyoti va o‘zbek adabiyotida animalistika janri xususiyatlari (E.Seton-Tompson va N.Norqobilov ijodi misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanalri).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2018.3.PhD/Fil573.
Ilmiy rahbar: Ermatov Baxodir Sodiqovich filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagai O‘zbekiston milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xolbekov Muhammad Nurkasimovich, filologiya fanlari doktori, professor; Umarova Maxliyo, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: inglizzabon G‘arb adabiyoti va o‘zbek adabiyotidagi animalistika janri mohiyatini ochib berishdan iborat.      
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
animalistik adabiyotning turli tarixiy-adabiy qonunlarga bo‘ysungan 
turfa janriy shakllarning omuxtasidan iborat ekanligi, bunday asarlar adabiy ertak, epik poema, realistik hikoya va qissa ko‘rinishida yuzaga chiqayotganligi dalillangan;
animalistik asarlar hayvonlar, qushlar va otlar hayoti haqida hikoya qilsa ham, ularda chuqur falsafiy va axloqiy masalalarni ko‘tarilganligi, ijtimoiy muammoga davr axloqiy mezonlaridan kelib chiqib yondashilganligi aniqlangan;
inglizzabon G‘arb adabiyoti va o‘zbek adabiyotidagi animalistika janrining badiiy xususiyatlari tadqiqida asosiy e’tibor poetikaning peyzaj, muhit, obraz, portret, ichki monolog kabi kategoriyalariga qaratilib, Angliya, Amerika va o‘zbek adabiyotidagi animalistik asarlarining poetikasi,ularda ko‘tarilgan inson va hayvonot olami o‘rtasidagi munosabatlar birinchi marta ilmiy asoslab berilgan;
animalistik adabiyotda realistik uslub XIX asrning oxiridan shakllanganligi, XX asr animalistik adabiyotida esa asosiy uslubiga aylanganligi hamda zamonaviy animalist adiblar ijodi hayvonlarni tasvirlashning “antropologik” va “zoologik” yondashuvning sintezidan iboratligi asoslangan;
inglizzabon G‘arb va o‘zbek animalistik adabiyotida ilgari surilgan bosh mavzu tabiatni asrash, inson va jonivorlarning tinch-totuv yashash g‘oyasi ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Inglizzabon G‘arb adabiyoti va o‘zbek adabiyotida animalistika janri xususiyatlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
animalistik adabiyotning turli tarixiy-adabiy qonunlarga bo‘ysungan 
turfa janriy shakllarning omuxtasidan iborat ekanligi, bunday asarlar adabiy ertak, epik poema, realistik hikoya va qissa ko‘rinishida yuzaga chiqishiga oid materiallardan “Analyzing and translating the story  “Little Warhorse, The History of A Jack-Rabbit”, “Analyzing and translating the story “Arnaux,The Chronicle of A Homing Pigeon” kabi asarlarni ta’limga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 5 noyabrdagi 89-03-4279-son ma’lumotnomasi), hamda F1-02 raqamli “Adabiyotshunoslik tarixining fundamental tadqiqi” fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 4 noyabrdagi 89-03-4252-son ma’lumotnomasi). Natijada Ilmiy tadqiqotning tatbiqi talabalarning mazkur fanlarni o‘zlashtirishi samaradorligini oshirishga, “Adabiyotshunoslik” va “Xorijiy adabiyotlar tarixi” kabi fanlari mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan. Shu bilan bir qatordailmiy natijalar animalistika janrining G‘arb adabiyotida shakllanishi va rivojlanishi bo‘yicha tahlillarning kengayishiga olib kelgan;
animalistik asarlar hayvonlar, qushlar va otlar hayoti haqida hikoya qilsa ham, ularda chuqur falsafiy va axloqiy masalalarni ko‘tarilganligi, ijtimoiy muammoga davr axloqiy mezonlaridan kelib chiqib yondashilganligi chet el va o‘zbek adabiyoti namunalarida animalistika janrini hamda badiiy tarjimada milliy ruhning adekvat berilishiga oid materiallardan YoA-1-06 raqamli “Professional tarjimonlarni tayyorlashda sifat nazoratini tashkillashtirishga komponent yondashuv” (2011-2013 yy.) mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 13 apreldagi 87-03-1429-son ma’lumotnomasi). Natijada so‘zlarning lug‘aviy ma’nosi bilan tarjimadagi ma’nosini tahlil qilish orqali ularni aniq baholashga xizmat qilganligi aniqlangan;
inglizzabon G‘arb adabiyoti va o‘zbek adabiyotida animalistika janrining badiiy xususiyatlari, poetikaning peyzaj, muhit, obraz, portret, ichki monolog kabi kategoriyalari, G‘arb va o‘zbek adiblari asarlarining poetikasi tadqiqi, G‘arb va o‘zbek adiblari asarlarining falsafiy-ahloqiy problematikasi, inglizabon G‘arb va o‘zbek animalistikasi rivojida tutgan o‘rniga oid ma’lumotlardan OT-F8-062 raqamli “Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari”(2007-2011 yy.) fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 17 yanvardagi 89-03-279-son ma’lumotnomasi). Natijada asliyat asarlarini tarjima qilishda hayvonlar obrazining mohiyatini to‘g‘ri talqin qilish imkonini bergan;
animalistik adabiyotda realistik uslub XIX asrning oxiridan shakllanganligi, XX asr animalistik adabiyotida esa asosiy uslubiga aylanganligi hamda zamonaviy animalist adiblar ijodi hayvonlarni tasvirlashning “antropologik” va “zoologik” yondashuvning sinteziga oid materiallardan “Evropa va O‘zbekiston yozuvchilarining badiiy asarlaridan tarjimalar”, “Literary peculiarities of the short stories by Ernest Thompson Seton” va “Analyzing and translating of the short stories by Ernest Thompson Seton”mavzulari Samarqand davlat chet tillar institutining 5120200 – “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” (ingliz tili) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabalari o‘quv jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 03 dekabrdagi 89-03-4691-son ma’lumotnomasi), hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Badiiy tarjima va xalqaro aloqalar bo‘limida “E.Seton-Tompson va Normurod Norqobilov ijodida hayvonlar obrazlari”, “Tog‘ay Murodning tarjimonlik faoliyati” va “Xalqaro adabiy aloqalar” mavzulari bo‘yicha qilgan ma’ruzalaridan asliyat matnidagi animalistika janri bilan bog‘liq o‘rinlarni tarjima tilida berish yo‘llarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining 2019 yil 1 noyabrdagi 01.03.04/1233-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning tarjima nazariyasi va amaliyoti yuzasidan bilimlari takomillashtirilganligi asoslangan, shuningdek ilmiy natijalarning tatbiqi asliyat va tarjima mutanosibligini ta’minlashga imkon bergan;
inglizzabon G‘arb va o‘zbek animalistik adabiyotida ilgari surilgan bosh mavzu tabiatni asrash, inson va jonivorlarning tinch-totuv yashash g‘oyasi ekanligi O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” telekanalining “Tilga e’tibor”, “Assalom O‘zbekiston!” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda tadqiqot natijasi va mulohazalardan foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2019 yil 20 oktyabrdagi 02-35-7680-son ma’lumotnomasi). Natijada animalistika janri bo‘yicha tayyorlangan ko‘rsatuvlarning samaradorligini oshirishga, hamda tomoshabinlarning ushbu ko‘rsatuvlarni aniq anglashiga erishilgan.
 
 
                                 
                                 
                                 
                                 
                                