Pirniyazova Alima Qudiyarovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpoq tili frazeologik sistemasi va uning stilistik imkoniyatlari», 10.00.03 – Qoraqalpoq tili (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.DSc/Fil154.
Ilmiy maslahatchi: Abdinazimov Shamshetdin Najimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti DSc.03/30.12.2019.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlar: Zaripboy Do‘simov, filologiya fanlari doktori, professor; Mag‘ripa Qaynarbay qizi Eskeeva, filologiya fanlari doktori, professor; Qosimjon Pozilovich Sodiqov filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: hozirgi qoraqalpoq tilidagi frazeologizmlarga xos xususiyatlarni, semantik, lingvomadaniy va uslubiy tiplarini aniqlash va frazeologik tizimni tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
qoraqalpoq tili frazeologik sistemasining nazariy asoslari tilshunoslikda shakllangan ilmiy-nazariy qarashlar negizida semantik-lingvomadaniy aspektda ochib berilgan; 
qoraqalpoq tilidagi frazeologizmlarning murakkab etnomadaniy birlik ekanligi, hajmi va chegarasi,  semantikasi mazkur mezonlar asosida inson ongi – sezgisi, idroki orqali ulardagi ma’lumotlarga ega bo‘ladigan har xil nuqtai nazardan aniqlangan;
qoraqalpoq tilshunosligida ilk bor frazeologizmlarni aniqlashda mezonlar, frazeologik tizimning semantik, uslubiy xususiyatlari, matndagi uslubiy vazifalari va qo‘llanilish xususiyatlari asoslab berilgan;
qoraqalpoq tili frazeologiyasiga yangicha – tizimli-vazifaviy, antropotsentrik yondashuv qo‘llanilgan; xalq mentaliteti, milliy xarakterini sifatlovchi frazeologizmlar lingvomadaniy nuqtai nazardan tavsiflangan;
frazeologizmlarning tarixiy-madaniy xususiyatlari qoraqalpoq xalqining lingvomadaniy qarashlari bilan uyg‘un holda izohlangan;
qoraqalpoq tili frazeologizmlarining matnda, og‘zaki so‘zlashuv, fol`klor va nasriy asarlarda qo‘llanishdagi uslubiy imkoniyatlari ochib berilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qoraqalpoq tilidagi  frazeologik sistema va uning stilistik imkoniyatlarining semantik-lingvomadaniy tahlilini amalga oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
frazeologizmlarning badiiy va fol`klor asarlarda ishlatilishiga oid xulosalar «Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish» mavzusidagi (2012-2016 y.y. bajarilgan) F1-FA-0-43429-raqamli fundamental loyihada  foydalanilgan (O‘zR FA QB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2020 yil 13 iyuldagi 115/1 son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning qo‘llanilishi natijasida badiiy va  fol`klor asarlarida frazeologizmlarning to‘g‘ri va ko‘chma ma’nolarda foydalanilish darajasini ochib berish imkonini bergan;
frazeologizmlarning funksional so‘z yasalishiga oid xulosalari «Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi» mavzusidagi (2012-2016 y.y. bajarilgan) FA-F1-G003 raqamli fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zR FA QB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2020 yil 13 iyuldagi 116/1 son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi frazeologizmlarning qoraqalpoq tilidagi so‘z yasalishi sohasiga bog‘liq va farqli tomanlari kabi masalalarni aniqlashga erishilgan. 
frazeologiya, frazeologik ma’no, frazeologik uslub  borasidagi tadqiqot natijalari Qoraqalpoqston Respublikasi 10 sinf maktab darsliklarida o‘quv jarayoniga joriy etilgan. O‘quvchilarning lisoniy kompetentligini rivojlantirishning mazmun-mohiyati dissertant tomonidan nashr etilgan “Sh.Seytovtiң «Ig‘bal soqpaqlari» romaninda frazemalardiң qollanilio‘i» (Uzluksiz ta’lim tizimida til va adabiyotni o‘qitishda innovatsiyalar. Ilmiy maqolalar to‘plami. Toshkent: Fan va texnologiya, 2019) va M.Nızanov shıǵarmalarınıń frazeologizmler sózligi (Nókis: NMPI baspaxanası, 2019) maqola va lug‘atida aks ettirilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining  2020 yil 13 iyuldagi 01-01/01-09-1906 sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy xulosalarning amaliyotda qo‘llanilishi Respublika maktab o‘quvchilarining lingvistik kompetentligini rivojlantirishga, frazeologik uslubiyat eng muhim vositalardan biri ekanligini anglashlariga ko‘maklashgan.  
qoraqalpoq she’riyati va nasrida qo‘llanilgan frazeologizmlarning T.Qayipbergenov, I.Yusupovlar tomonidan ijodiy-semantik o‘zgarishlarga uchrashi, frazeologizmlarni qo‘llash  mahorati Berdaq Milliy muzeyida ma’naviyat darslari va ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazish jarayonida  targ‘ib etilgan (Qoraqolpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2020 yil 2 iyuldagi 2-04/905-son ma’lumotnomasi). Ilmiy xulosalarning amaliyotda qo‘llanilishi anjuman qatnashchilarining badiiy tafakkurini oshirishga xizmat qilgan. 
tilning nodir boyligi bo‘lgan frazeologizmlarning jonli nutqda keng qo‘llanilishi va nutq madaniyatini oshirish maqsadida   Qoraqalpog‘iston telekanalining «Әdebiyat bostani», «Gәo‘har sѳzler» ko‘rsatuvlari orqali namoyish etilgan va Qoraqalpog‘iston radiokanalining «Musiqiy dam olish dasturlari» bosh muharririyati tomonidan tayyorlanadigan «Әdebiyat hәm dәo‘ir», «Tariyxiy shaxslar», «Jaslar ushin», «Miyras» eshittirishlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasining 2020 yil 10 iyuldagi 01-02/ 948 sonli ma’lumotnomasi).   Natijada ko‘rsatuvlar mazmun-mundarijasining ilmiy-ommabopligi ta’minlangan hamda yangi manbalar bilan boyigan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish